Qashqadaryo kadastr_press
2.68K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.04K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Qashqadaryoda ilk marotaba kadastr ayollari uchun Shahrisabz shahriga sayohat uyushtirildi.

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va uning tuman(shahar) filiallarida ishlab kelayotgan 40 nafarga yaqin xotin-qizlar uchun Shahrisabz shahridagi tarixiy majmualarga sayohat tashkil etildi.

Shuningdek, xotin-qizlar Yakkabog',Shahrisabz shahri va Shahrisabz tumani filiallari faoliyati bilan ham yaqindan tanishishdi.

Sayohat tafsilotlari haqidagi maxsus reportajni tez orada e'tiboringizga havola qilamiz

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
Kasbida kadastr hujjatlari yo'q xonadonlarni aniqlash bo'yicha ishchi guruh tuzildi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan aholi xonadonlarini mahallabay tahlil qilish, avvaldan fuqarolarning foydalanishida bo‘lgan yakka tartibdagi uy-joyga egalik huquqini e’tirof etishga asos bo‘luvchi hujjatlarni to‘plash orqali xatlovdan o‘tkazish hamda ushbu ma'lumotlarni elektron bazaga kiritish ishlarini tashkil etish yuzasidan kuni kecha Kasbi tumani hokimligida yig‘ilish o‘tkazildi.

Mazkur yig'ilishda joylarga chiqqan holda egalik huquqini tasdiqlovchi va kadastr hujjatiga ega bo‘lmagan yakka tartibdagi uy-joylarni mahallabay xatlovdan o‘tkazish va ularning elektron ro‘yxatini shakllantirish bo‘yicha tuman ishchi guruhi tarkibi tasdiqlandi.

Ishchi guruhga ro‘yxat to‘liq va sifatli shakllantirilganligini o‘rganib, aniqlangan kamchiliklar va noaniqliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qashqadaryoda kadastr ayollari uchun sayohat tashkil etildi.(VIDEO)

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
🇺🇿 Qashqadaryoda mustaqillik tantanalari boshlandi

Qarshi shahridagi Amfiteatrda erkimiz tantanasining 31 yilligiga bag'ishlangan bayram tadbiri bo'lib o'tmoqda.

Mazkur bayram tantanalarida kadastr xodimlari ham ishtirok etishmoqda.

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
Qashqadaryo viloyatining 7 ta tumanidagi ko'p qavatli uylarga oid ma'lumotlar "Uz kad" dasturiga 100 foiz kiritib bo'lindi.

Ayni paytda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining tuman(shahar) filiallarida faoliyat olib borayotgan xodimlar tomonidan ko'p qavatli uylarni "Uz kad"tizimiga kiritish ishlari davom etmoqda.

Ma'lumot uchun, Mirishkor, Shahrisabz, Koson tumanlaridan so'ng Qamashi,Muborak,Yakkabog' va Kitob tumanlari filiallari xodimlari ham o'z hududidagi obyektlar haqidagi ma'lumotlarni elektron tizimga 100 foiz kiritib bo'lishdi.

Quvonarlisi,Dehqonobod,G'uzor,Shahrisabz shahri va Qarshi tumanlarida ham ko'p qavatli uylar haqidagi ma'lumotlarni dasturga kiritish bo'yicha yakuniy ishlar olib borilmoqda.🏢

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
Bayram kunlari o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam oladi

Yaqinlashayotgan davlat mustaqilligi bayrami kuni munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

2 sentabr — juma, ish haftasi turidan qat’iy nazar barcha xodimlar uchun;

3 sentabr — shanba, olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni hisoblanadi.

3-4 sentabr (shanba va yakshanba kunlari) besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun odatdagi dam olish kunlaridir.

5 sentabr barcha uchun ish kuni bo‘ladi.

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
Muborakda 2022-yilning 8 oyida kadastr masalasida kelib tushgan 60 ga yaqin murojaatlar ijobiy hal etilgan

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Muborak tumani filialida fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganib chiqish va hal etish yuzasidan qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Filialning murojaatlar bilan ishlashga mas’ul bosh mutaxassisi Qunduz Xusainova bergan ma’lumotiga ko‘ra, Muborak tumani filialiga 8 (sakkiz) oy davomida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 91 ta murojaatlar kelib tushgan.

"Kelib tushgan murojaatlarning 59 tasi filial mutaxassislari tomonidan ijobiy hal etilgan. 12 tasiga filial xodimlari tomonidan joyida koʼrib chiqilib, murojaat egalariga huquqiy tushunchalar berilgan" deydi mas'ul xodim.

Ta'kidlanishicha, MUROJAATLARNING

📄 56 tasi yer uchastkasi ajratish

📔 8 tasi kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

📚 20 ta SO’ROVNOMA

📜 7 tasi mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish masalasida

https://t.iss.one/Qashkadastrpress
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yer ajratish masalasida firibgarlarga aldanib qolmang❗️

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qashqadaryo viloyatida ishchi-xodimlar o'rtasida korrupsion holatlarini oldini olish borasida tizimli harakatlar davom etmoqda.

◽️Joriy yil boshida viloyat boshqarmasida Korrupsiya holatlari haqida xabar berish qutisi tashkil etilgan bo'lsa, yanvar fevral oylarida har bir bo'lim va filiallarda xodimlar bilan korrupsiya holatlarini oldini olishga qaratilgan davra suhbatlari tashkil etildi.


📹 Hozir esa yana bir video targ'ibot materiali...

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalari xodimlari ishtirokida tayyorlangan videorolikni tomosha qiling !

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
VIDEO: Ko‘chmas mulkka egalik huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi📹

🇺🇿A'zolik— t.iss.one/Qashkadastrpress