Qashqadaryo kadastr_press
2.68K subscribers
10.9K photos
1.53K videos
4 files
6.07K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Qarshida o'tkazilgan Bo'sh ish o'rinlari yarmarkasida uch nafar talaba ishga qabul qilindi.

Bugun Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida "Karyera kuni" va "Bo'sh ish o'rinlari" yarmarkasi o'tkazildi.

Unda mazkur oliygohning "Geodeziya kartografiya va kadastr" yo'nalishini tamomlayotgan uch nafar talaba Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va boshqarmaning Qarshi shahar filialiga kadastr muhandisi vazifasiga ishga qabul qilinishdi.

Ro'yiddin G'oyimov — Geodeziya kartografiya va kadastr yo'nalishi talabasi

Asliddin Halimov — Geodeziya kartografiya va kadastr yo'nalishi talabasi

Sunnat Rashidov — Geodeziya kartografiya va kadastr yo'nalishi talabasi

Mazkur tadbir yakunida talaba yoshlarga ishga qabul qilinganlik to'g'risidagi SERTIFIKATLAR topshirildi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida turizm sohasini yanada rivojlantirish, ichki turizm bozorini kengaytirish, turizm ob’yektlarini ko‘paytirish hamda muzeylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
O‘zbekistonliklar Ramazon hayiti munosabati bilan 5 kun dam oladi

Shavkat Mirziyoyev 26-aprel kungi videoselektor yig‘ilishida Ramazon hayiti munosabati bilan fuqarolarga dam olish kunlari belgilanishini ma’lum qildi.

Haftasiga 5 kun ishlovchilar uchun may oyida qo‘shimcha dam olish kuni belgilanmagan. Biroq ular ham 3–4 may (dushanba–chorshanba) kunlari dam olishadi. Aniqrog‘i, 5 kun ishlovchilarning 7 may (shanba) va 14 may (shanba)dagi dam olish kunlari Hayit bayramidan keyingi kunlarga ko‘chiriladi.

2022 yil may oyi boshidagi dam olish kunlari – haftasiga 5 kun ishlaydiganlar uchun

🔹 (30 aprel, shanba – odatiy dam olish kuni)

🔹 1 may, yakshanba – odatiy dam olish kuni

🔹 2 may, dushanba – Ramazon hayiti – ishlanmaydigan bayram kuni

🔹 3 may, seshanba – 7 may, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni

🔹 4 may, chorshanba – 14 may, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni

🔹 8 may, yakshanba – odatiy dam olish kuni

🔹 9 may, dushanba – Xotira va qadrlash kuni – ishlanmaydigan bayram kuni

* Ramazon hayiti Oy chiqishiga qarab 1 may yoki 2 may kuni nishonlanadi. 7 va 14 maydan ko‘chirilgan dam olish kunlari shunga muvofiq surilishi mumkin.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Mehnat insonni ulug'laydi

Xolmo'min Jovliyev Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida tug'ilgan.

Sohadagi faoliyatini 1992-yilda yer tuzuvchi muhandis sifatida boshlagan Xolmo'min aka bugungi kunda Kadastr agentligi Qamashi tumani bo'limi boshlig'i lavozimida faoliyat yuritadi.

U 30 yildan ziyodroq umrini kadastr sohasiga sarflab kelmoqda.

Qahramonimizning sohaga qo'shgan ko'p yillik xolis mehnatlari bejiz ketmadi. Xolmo'min Jovliyev 2021-yilda Prezident farmoniga binoan ta'sis etilgan🏅"O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 30 YILLIGI" estalik ko‘krak nishoniga munosib ko'rildi.

"Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani bo'limi inspektorlari tomonidan joriy yilning 1-choragida 31 ta holatda 9,51 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingani holati aniqlangan. 11 ta holatda esa ya’ni 2,99 gektar yer uchastkalaridagi o‘zboshimchalik bilan egallanish holati joyida bartaraf etilgan" deydi Qamashi tumani bo'limi boshlig'i Xolmo'min Jovliyev

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
💼 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalarining tuman shahar bo'limlari va filillari faoliyati haqida tayyorlangan 📹 video lavhalarni tomosha qiling !

📸 Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi (video)

📸 Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi (video)

📸 KASBI TUMANI (video)

📸 SHAHRISABZ TUMANI (video)

📸 SHAHRISABZ SHAHRI (video)

📸 QARSHI SHAHRI (video)

📸 QARSHI TUMANI (video)

📸 KOSON TUMANI (video)

📸 MIRISHKOR TUMANI (video)

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
◽️Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni o'z vaqtida rasmiylashtirmaslik javobgarlikka sabab bo'ladi.

➡️ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi.

Tegishli huquq paydo bo‘lgandan keyin 1 oy ichida ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.

🖥 Ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoxud ko‘chmas mulk ob’yektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga murojaat qilinadi.

💰 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (2 mln 700 ming so‘m), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (4 mln 50 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Yakkabog' tumani filialiga tashakkur izhor etildi

🔹Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Yakkabog' tumani filialiga Davlat xizmatlariga bo'lgan ishonchni yuqori darajaga olib chiqishda qo'shayotgan hissasi uchun Davlat xizmatlari markazining tashakkurnomasi topshirildi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
‼️Yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun quyidagi hujjatlar asos bo‘ladi:

🔹davlat hokimiyati organlarining yer uchastkasini berish to‘g‘risidagi qarori;

🔹meros qilib olish huquqi to‘g‘risidagi notarial idora tomonidan berilgan guvohnoma;

🔹auksion asosida sotib olinganligi to‘g‘risidagi davlat orderi.

Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.12.2018 yildagi 1060-son

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Yer maydonlarini o'zboshimchalik bilan egallab olish qonun bilan taqiqlanadi va ushbu holat ma'muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi.

◽️Batafsil videoda

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
🔹Kadastr agentligi xodimlari Ramazon oyi munosabati bilan “Saxovat” uyida bo'lib, keksa va nogironligi bo'lgan shaxslar holidan xabar olishdi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
🔹​​Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati vakillari ham shunday ulug‘ kunlarda muxtojlar holidan xabar olishdi. Fuqarolarning muammolari o‘rganildi

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
VIDEO: Kadastr hujjatini tayyorlash uchun qayerga murojaat qilish kerak ?

Aholining bu boradagi bilimlarini bilish maqsadida ijtimoiy so'rov o'tkazdik.

🔰Batafsil videoda

Mavzuga oid: KADASTR HUJJATI NIMA UCHUN KERAK?

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Surxondaryodan so'ng Qashqadaryo viloyatida ham Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishga bag'ishlangan seminar-trening o'tkazildi

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 fevraldagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida»gi 71-sonli qarori qabul qilingan.

Mazkur qarorning mazmun-mohiyati va unda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasida seminar tashkil etildi.

Unda Davlat kadastrlari palatasi Yerlarni auksionga chiqarish bo‘limi yetakchi mutaxassisi R.Madaliyev ham ishtirok etdi.

Mutaxassis tomonidan "YERELEKTRON" avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ulangan vakolatli organlarning mas'ul xodimlariga ko'nikmalar berildi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
⁉️MAY OYIDA NECHA KUN DAM OLAMIZ?

2022-yil may oyi boshidagi dam olish kunlari – haftasiga 5 kun ishlaydiganlar uchun

🔹 1 may, yakshanba – odatiy dam olish kuni

🔹 2 may, dushanba – Ramazon hayiti – ishlanmaydigan bayram kuni

🔹 3 may, seshanba – 7 may, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni

🔹 4 may, chorshanba – 14 may, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni

🔹 8 may, yakshanba – odatiy dam olish kuni

🔹 9 may, dushanba – Xotira va qadrlash kuni – ishlanmaydigan bayram kuni

🌙
Ramazon hayiti Oy chiqishiga qarab 2 may yoki 3 may kuni nishonlanadi. Hayit 2 mayga to‘g‘ri kelgan taqdirda, qo‘shimcha dam olish kunlari 3–4 - may kunlariga belgilanishi mumkin.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kitobda tuman hokimligi zaxirasidagi yer maydoniga o'zboshimchalik bilan qurilgan poydevor bartaraf etildi.(video)

Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan tuzilgan ishchi guruh a’zolari fuqaro tomonidan Kitob tuman hokimligi zaxirasidagi Qashqaryo MFY qishloq xo‘jaligi xaritasining 1aq-konturidagi lalmi yer maydoniga o‘zboshimchalik bilan jami 0,15 gektar, shundan 20,0 kv.metr poydevor va tosh bo‘laklari to‘kilganligi holatini aniqlashdi.

Shundan so'ng fuqaro yer maydonini dastlabki holatga keltirishi lozimligi to‘g‘risida ogohlantirildi.

Tushuntirish ishlari olib borilgandan so‘ng, ushbu qurilishlar fuqaroning o'zi tomonidan ixtiyoriy buzildi.

Mazkur holatda kadastr xodimlari tomonidan yer uchastkasining tuman yer zaxira fondiga qaytarilishi ta’minlandi va o‘zboshimchalik bilan egallab olish oqibatlari joyning o‘zida bartaraf qilindi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook