Qashqadaryo kadastr_press
2.68K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.04K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
#Qashqadaryo #kadastr #ishlar_muhokamasi

🔹Ayni kunlarda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi mas'ullari Qashqadaryo viloyatida bo'lib, sohada qilinayotgan ishlar bilan tanishishmoqda.

Bugun Qashqadaryo viloyati boshqarmasida yig'ilish o'tkazildi.

Unda "Ko'chmas mulk 3(1-C)" va "UzKad" dasturida ma'lumotlarning joylab borilishi,mavjud kamchiliklar va kamchiliklarning bartaraf etish holatlari muhokama qilindi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
SAVOL: Yer maydonini xususiylashtirishni qanday afzallik tomonlari bor ?

JAVOB: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2022-yil 14-fevralidagi 71-sonli qaroriga asosan yer maydonlarini xususiylashtirishni quyidagicha afzallik tomonlari bor.

🔷 Mulk huquqiga ega bo'lish, yer uchastkasini bir qismini sotish yoki hadya qilish.

🔷 Davlat tomonidan yer uchastkalari olib qo'yilmaydi faqat sotib olinishi mumkin.

🔷 Yer maydonini mustaqil qo'shish, taqsimlash va ajratish huquqini beradi.

🔷 Yer uchastkasidan garov sifatida foydalanish huquqini beradi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#Kadastr #matbuot_anjumani

MATBUOT ANJUMANIGA TAKLIF ETAMIZ !

📢 Joriy yilning 13-aprel kuni Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan OAV vakillari va blogerlar uchun matbuot anjumani tashkil etiladi.

🔰Matbuot anjumanida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilning 1-choragida ishchi-xodimlar o'rtasida korrupsiya illatining oldini olish maqsadida bajarilgan ishlar yuzasidan ma’lumot beriladi.

▪️OAV vakillari va blogerlarni ushbu anjumanga qatnashishga taklif etamiz.

▪️Matbuot anjumani 13-aprel kuni soat 11-00 da Qarshi shahridagi Jurnalistlar uyida bo‘lib o‘tadi.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun telefon: +998934248565

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
💼 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalarining tuman shahar bo'limlari va filillari faoliyati haqida tayyorlangan 📹 video lavhalarni tomosha qiling !

📸 Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi (video)

📸 Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi (video)

📸 KASBI TUMANI (video)

📸 SHAHRISABZ TUMANI (video)

📸 SHAHRISABZ SHAHRI (video)

📸 QARSHI SHAHRI (video)

📸 QARSHI TUMANI (video)

📸 KOSON TUMANI (video)

📸 MIRISHKOR TUMANI (video)

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Soliq va Kadastr boshqarmasi boshliqlari kichik sanoat zonasiga borishdi

🔹Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Alisher Qodirov hamda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i G'ayrat Hamroyev Qarshi shahrining “G‘afur G‘ulom” mahallasida joylashgan kichik sanoat zonasida bo‘lishdi.

◽️Mas'ullar mazkur hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan yaqindan tanishib, ularni qiynayotgan masalalarni eshitishdi.

◽️Shuningdek, tashrif davomida tadbirkorlarga o'z egaligidagi yer va bino-inshootlardan samarali foydalanish bo‘yicha zarur tavsiyalar ham berildi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#Qashqadaryo #kadastr #matbuot_anjumani

Qarshi shahridagi Jurnalistlar uyida matbuot anjumani boshlandi.

🔹Ayni paytda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i G'ayrat Hamroyev joriy yilning 1-choragida Kadastr sohasida korrupsiya holatlarini oldini olish maqsadida amalga oshirilgan ishlar bo'yicha ma'lumot bermoqda.

Matbuot anjumanida viloyatda faoliyat olib borayotgan jurnalist va blogerlar, Xalq deputatlari viloyat kengashi kotibiyati, Korrupsiyaga qarshi kurashish viloyat kengashi a'zolari, "Yuksalish" umummilliy harakati viloyat kengashi rahbariyati ishtirok etmoqda.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook