Qashqadaryo kadastr_press
2.67K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.05K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев ҳузурида ер ҳисоби ва давлат кадастрларини тўлиқ шакллантириш, соҳага рақамли технологияларни жорий этиш масалалари юзасидан кенгайтирилган йиғилиш бошланади.

Кескин танқидий руҳда ўтиши кутилаётган йиғилишда янги ташкил этилган Кадастр агентлиги томонидан ерларни ялпи хатловдан ўтказиш ва электрон рўйхатга олиш ишларининг бориши, хатлов жараёнида аниқланган муаммолар, ер ажратиш ва ҳисобини юритишдаги коррупция ҳолатлари эътибор марказида бўлади.
#Onlayn: Prezident huzuridagi yig‘ilish boshlandi.

Yig'ilishda yangi tashkil etilgan Kadastr agentligi joriy yildan boshlab O‘zbekiston tarixida ilk bor qishloq xo‘jaligi yerlarini yalpi xatlovdan o‘tkazib, elektron ro‘yxatdan o‘tkazishni boshlagani va 23 million gektar qishloq yerlarining elektron xaritalari yaratilgani ta’kidlandi deya xabar bermoqda Prezident matbuot kotibi

Shundan, bugungi kunga qadar 22 million gektari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Bundan tashqari, hisobga olinmagan 412 mingta ko‘chmas mulk kadastr bazasiga kiritildi, 478 mingta obyektda qo‘shimcha qurilmalar aniqlanib, kadastr bahosi qayta ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, xatlovda ko‘plab muammolar ham aniqlandi.

Misol uchun, elektron hisobga olinayotgan qishloq xo‘jaligi yerlari qog‘oz shaklida yuritib kelingan Yer fondi hisoboti amaliyot bilan farq qilmoqda.

Jumladan, haqiqatda aholi yashash punktiga aylanib ketgan 830 ming gektar maydon boshqa yer toifalarida hisobda turibdi.

Yig‘ilishda yo‘l, elektr, gaz ta’minoti, suv xo‘jaligi, obodonlashtirish ob’yektlari, ko‘p qavatli uylarga tutash hududlar kadastrida ham ko‘plab muammolar mavjudligi qayd etildi.

"Bu juda katta va muammoli masala, janob hokim va prokurorlar. Buning orqasida pora va korrupsiya turibdi.

Yuqoridagi natijalar yer kadastri sohasida boshlagan ishlarimizning 50 foizi, xolos. Hali oldimizda qilinadigan ishlar ko‘p.

Bir narsani aniq tushunib olish lozim. Biz kelgusi yilda 80 ming gektar paxta va g‘alladan bo‘shagan yerlarni aholiga bo‘lib berishni reja qilganmiz.

Agar yerning hisobi, aniq chegarasi bo‘lmasa, bu ishlarni amalga oshirib bo‘lmaydi", dedi Prezidentimiz.

Qayerda bo‘sh yer borligi to‘g‘risida ham aniq ma’lumot yo‘qligi, bu bilan 30 yil hech kim shug‘ullanmagani qayd etildi. Oqibatda kadastr hujjati bo‘lmagani bois 2 milliondan ziyod oilalar uy-joylarini na kredit garovi sifatida qo‘ya oladi, na uni sota oladi.

Shu bois, mutasaddilarga ishni quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etishga topshiriq berildi:

- kelgusi yil 1 aprelga qadar qishloq xo‘jaligi yerlarini hisobga olish ishlarini yakuniga yetkazish;

- yer balansidagi farq bo‘yicha yer maydonlarining egasi va aniq toifasini belgilab berish;

- 38 mingta sub’yektga tegishli yer ajratish hujjatlari to‘liq bo‘lmagan 1 million gektar maydonning ijara shartnomalarini rasmiylashtirish;

- yer ajratish to‘g‘risidagi barcha qarorlarni xatlovdan o‘tkazib, ularning egasi, manzili va chegarasini aniq belgilab, kadastr idoralariga berish;

- dehqon xo‘jaliklarini kadastr ro‘yxatidan o‘tkazish ishlariga 20 milliard so‘m ajratish.
YIG'ILISHDA

"Hokimlar bir narsani o‘ziga yozib olsin. Dehqon xo‘jaligi uchun yerlar faqat tanlov asosida ushbu mahallada yashaydiganlarga, “daftarlar”ga kirganlarga, dehqonchilik tajribasiga ega bo‘lganlarga ustuvorlik asosida beriladi" - dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

Shu bois, viloyat hokimlariga bir oy muddatda kelgusi yilda aholiga ijaraga beriladigan 80 ming gektar yerni, eng avvalo, zaxiraga qaytargan holda davlat ro‘yxatidan o‘tkazib, lotlarga bo‘lib, tanlovga chiqarish topshirig‘i berildi.
#Onlayn: Davlatimiz rahbari kelgusi yildan 7 ta vazirlik va idora foydalanishida bo‘lgan 13 million gektar, hokimliklar zaxirasidagi 3,3 million gektar yerning elektron xaritasini tuzish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish shartligini ko‘rsatib o‘tdi.


Tegishli rahbarlar oldiga kelgusi yil 1 iyunga qadar haqiqatda egallab turgan yerlarni xatlovdan o‘tkazish ishlarni yakunlash va natijasi bo‘yicha hisobot berish vazifasi qo‘yildi.
#ONLAYN: Yer balansida aholi yashash punkti yerlari 223 ming gektar bo‘lsada, amalda 1 million gektardan oshib ketgani ta’kidlandi.

"Masalan, Asaka va Shahrixon tumanlarida o‘tkazilgan xatlovda 74 mingta xonadonning (jami xonadonlarning 65 foizi) yer ajratish qarorlari yo‘qligi, 4,5 mingtasi (4 foiz) muhofaza zonalarda qurilgani ma’lum bo‘ldi"dedi Prezident

Demak, ushbu tumanlar yer balansida aholi punkti yerlari 2 ming gektar deb ko‘rsatilgan bo‘lsada, haqiqatda 10 ming gektar yerlar uy-joy bilan band bo‘lib turibdi (bunga yo‘l, ariq, xiyobon va boshqa ob’yektlar kiritilmagan).

Shu munosabat bilan kelgusi yil yakuniga qadar 6 millionta ko‘chmas mulk obyektlarini “xonadonbay” xatlovdan o‘tkazish topshirildi. Bunda, har bir mahalladagi hokim yordamchilari o‘z hududidagi holatni tahlil qilib, kadastr idoralariga beradi.

Xatlov natijasi bilan bino-inshootlarning elektron xaritasi yaratilib, aholi uchun qulay va ochiq-oshkora onlayn platformaga joylashtiriladi.
Qashqadaryo kadastr_press
#ONLAYN: Yer balansida aholi yashash punkti yerlari 223 ming gektar bo‘lsada, amalda 1 million gektardan oshib ketgani ta’kidlandi. "Masalan, Asaka va Shahrixon tumanlarida o‘tkazilgan xatlovda 74 mingta xonadonning (jami xonadonlarning 65 foizi) yer ajratish…
#Onlayn: Yuqoridagi topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etish maqsadida kadastr idoralarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash zarurligi qayd etildi.

Bugungi kunda kadastr idoralari tomonidan foydalanilayotgan geodeziya o‘lchov uskunalarining asosiy qismi ma’nan eskirgan (20 yildan ziyod).

Mavjud 50 ta geodeziya stansiyalari iqtisodiy faol hududlarning atigi 50 foizini qamragan (12 million gektar). Vaholanki, barcha hududlarni to‘liq qamrab olish uchun qo‘shimcha 80 ta stansiya zarur.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Ilk bor 23 million gektar qishloq xo‘jaligi yerlari elektron xaritaga kiritildi." — SHAVKAT MIRZIYOYEV

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ахборот 24 | Кадастр соҳасидаги ишлар таҳлил қилинди
#21dec #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
#Qashqadaryo_yer_nazorati

Kadastr agentligi Qarshi shahar bo‘limi inspektorlari tomonidan Kamandi MFY, Adolat ko‘chasida yashovchi fuqaro A.A tomonidan 423,2 kv metr yer maydonda noqonuniy ravishda qurilma qurilganligi holati aniqlandi.

Ushbu noqonuniy qurilmalarni 15 kun muddat ichida ixtiyoriy ravishda buzib olish yuzasidan Kadastr agentligi Qarshi shahar bo‘limi tomonidan fuqaroga yozma ravishda tushuntirish targ'ibot ishlari olib borilib, qonunbuzarlikning yuzaga kelishi mumkin bo'lgan oqibatlari tushuntirildi.

Natijada, noqonuniy qurilma fuqaroning o'zi tomonidan ixtiyoriy bartaraf etildi.


🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Forwarded from Qashqadaryo xalqi📌
Қишлоқ хўжалигига мўлжалланмаган ерларни хусусийлаштириш мумкинми ?

“Қишлоқ хўжалигига мўлжалланмаган ер участкаларини хусусийлаштириш тўғрисида”ги Қонунга кўра,

Қуйидаги ерлар хусусийлаштирилиши мумкин:

🔹юридик шахсларга тадбиркорлик ва шаҳарсозлик учун берилган ерлар;

🔹фуқароларга якка тартибда уй-жой қуриш ва уй-жойни ободонлаштириш, тадбиркорлик ва шаҳарсозлик учун берилган ерлар (илгари ЯТТларнинг хусусийлаштирилиши назарда тутилмаган);

🔹хусусийлаштириладиган давлат обектлари жойлашган ерлар (илгари бу рухсат берилмаган);

🔹бўш турган ерлар.

Ер участкалари қуйидаги шаклларда хусусийлаштирилади:

📝 умрбод эгалик қилиш ҳуқуқи асосида тегишли бўлган ерни сотиб олиш;

💻ерни электрон онлайн-ауцион орқали сотиб олиш.

Умид Худойбердиев— Давлат кадастрлари палатаси Қашқадарё вилояти бошқармаси Ерларни аукционга чиқариш сектори бўлими бошлиғи.

🇺🇿 ҚАШҚАДАРЁ ХАЛҚИ энг тезкор хабарлар канали👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAE214yp2aWLnbIYwkg
Forwarded from Kadastr - Live
#Kadastr #IT_texnologiyalari

🧑‍💻Kadastr agentligi hamda Qurilish vazirligi axborot tizimlari o‘rtasida elektron hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

🔰Bu bilan qurilish sohasida korrupsiya va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali qurilish jarayonlarining barcha bosqichida jamoatchilik uchun shaffoflikni ta’minlashdan iborat.

🔹Kadastr agentligining ma’lumotlar bazasidan foydalangan holda qurilish sohasida mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish, hamkorligini ta’minlash va joylarda samarali ishlarni ta’minlash imkoniyatini yaratishi bilan ahamiyatga sazovor.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
2021- yilda Kasbi tumanidagi obyektlarga nechta kadastr hujjati tayyorlab berildi ?

2021- yilning o'tgan davri mobaynida Davlat kadastrlar palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Kasbi tuman filialida tomonidan jami 46 721 ta turar va noturar joy obyektlar xatlovdan o'tkazilgan.

Shundan,

🔹1405 ta obyektga nisbatan Kadastr hujjatlari tayyorlab berilgan.

🔹8026 ta obyekt davlat ro'yxatidan o'tkazilgan (shundan 2328 ta obekt noturarjoy obyektlari).

🔹Filial tomonidan jami 388 ta (10,98 gektar) yer uchastkalari auksion savdosiga chiqarilgan.

Natijada, shundan 279 tasi (8,81 gektari) auksion savdolarida sotilgan.

🔹843 ta qishloq xojalik yerlari davlat ro'yxatidan o'tkazilgan.

Ta'kidlash kerakki, yer uchastkalarining auksion savdolarida sotilish ko'rsatgichlari bo'yicha viloyatda yetakchi tuman filialidir.

Sherzod MAHMUDOVDAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI KASBI TUMANI FILIALI RAHBARI.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
FUQAROLAR VA TADBIRKORLAR DIQQATIGA!

‼️ Kadastr sohasida muammolarga duch kelsangiz, bizga xabar bering.


VIDEO. Agar sizda kadastr xizmatlari bo‘yicha muammolaringiz, hal etilmagan ishlaringiz bo‘lsa yoki byurokratik to‘siq va g‘ovlarga duch kelayotgan bo‘lsangiz Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining ☎️ +998 75 227 81 95

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining ☎️ +998 75 227 51 13 telefon raqamlariga murojaat etishingiz mumkin ❗️❗️

🇺🇿 t.iss.one/Qashkadastrpress
Muborakda fermer xo'jaligi yerida qurilgan qurilma bartaraf etildi.

Kadastr agentligi Muborak tuman bo’limi tomonidan tumanning Alisher Navoiy hududida faoliyat yuritib kelayotgan «Cho’l burguti» fermer xo’jaligi raisi fermer xo’jaligiga ajratilgan 199-konturnning bir qismidan ya’ni 0,06 gektar sug’oriladigan yer maydonida o’zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda tegishli hujjatlarsiz “molxona” binosi qurib olganligi aniqlandi.

Shundan so'ng, fuqaroga yozma ravishda tushuntirish targ'ibot ishlari olib borilib, qonunbuzarlikning yuzaga kelishi mumkin bo'lgan oqibatlari tushuntirildi.

Natijada «Cho’l burguti» fermer xo’jaligi raisi tomonidan noqonuniy qurilgan “molxona” binosi ixtiyoriy ravishda buzib olindi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
2021- yilda Yakkabog' tumanida 1800 dan ziyod ko'chmas mulklar davlat ro'yxatidan o'tkazildi.

2021- yilning o'tgan davri mobaynida Davlat kadastrlar palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Yakkabog' tuman filiali tomonidan jami 5482 ta turar va noturar joy obyektlar xatlovdan o'tkazilgan.

Shundan,

🔹1791 ta obyektga nisbatan Kadastr hujjatlari tayyorlab berilgan.

🔹1818 ta obyekt davlat ro'yxatidan o'tkazilgan.

🔹Filial tomonidan jami 153 ta (3,02 gektar) yer uchastkalari auksion savdolarida sotilgan.

🔹1949 ta qishloq xo'jalik yerlari davlat ro'yxatidan o'tkazilgan.

Uyg'un TURDIYEV DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI YAKKABOG' TUMANI FILIALI RAHBARI.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️⚡️⚡️Yil sarhisobi

🇺🇿 Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi yil davomida sohada faol va samarali mehnat qilgan tashabbuskor ishchi-xodimlarni taqdirlaydi.

📹 Batafsil videoda tanishing.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
🌲🌲 #YIL_SARHISOBI_2021

Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi yil davomida sohada muvaffaqiyatli ish faoliyatini olib borgan, tashabbuskor ishchi-xodimlarni taqdirlaydi.

Yilning eng yaxshilari quyidagi nominatsiyalarda aniqlanadi

👨‍💻👩‍💼 Yilning eng yaxshi Bo'lim boshlig'i

👨‍💻👩‍💼 Yilning eng yaxshi Bosh inspektori

👩‍💻🧑‍💻Yilning eng yaxshi Yetakchi inspektori

👨‍💼🧑‍💼 Yilning eng yaxshi Tuman kotibi

Taqdirlash marosimi 28-dekabr soat 11-00 da Viloyat boshqarmasida bo'lib o'tadi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
G'uzorda fermer xo'jaligi yeridagi noqonuniy qurilish barataraf etildi.

Kadastr agentligi G'uzor tumani bo'limi tomonidan Gʻuzor tumani "Xalqabot" MFY "Xalqabot" qishlog‘ida yashovchi uch nafar fuqarolar tumanda faoliyat kursatib kelayotgan "Shoxmalik Shermurod o'g‘li" f/x ga tegishli bo'lgan qishloq xo'jalik xaritasining 170k-konturidagi 0.30-gektar sug‘oriladigan yer maydonida o‘zboshimchalik bilan qurilish ishlarini amalga oshirganligi holati aniqlandi.

Yer inspektorlari tomonidan fuqarolarga tushuntirish targ'ibot ishlari olib borilib, qonunbuzarlikning yuzaga kelishi mumkin bo'lgan oqibatlari tushuntirildi.

Shundan so'ng fuqarolar o‘z ixtiyorlari bilan qurilishlarni bartaraf etgan holda qishloq xo‘jalik yer maydonini daslabki holatiga qaytarishdi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook