Qashqadaryo kadastr_press
2.68K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.04K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
📸 Давлатимиз раҳбари Қоракўл туманидаги Хўжалар маҳалласида аҳолининг яшаш тарзи билан танишди.

Маҳалла Қоракўл тумани марказида жойлашган бўлиб, 2 минг 800 нафардан зиёд аҳоли яшайди. Бу ерда кўплаб савдо шохобчалари, тўқимачилик корхоналари бор.
Давлатимиз раҳбари шу маҳаллада яшовчи Соҳиб Хўжамбердиев хонадонида меҳмон бўлди. Хонадон соҳиблари билан самимий суҳбатда мамлакатимиздаги тинчлик, бугунги имкониятлар, ислоҳотлар натижаси ҳақида сўз борди.

🇺🇿 t.iss.one/Qashkadastrpress
Toshkentda kadastr mutaxassislari uchun seminar o'tkazilmoqda.

Bu haqda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jahon banki ishtirokida “Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish va kadastr integrasiyalashgan axborot tizimi”ni ishlab chiqish loyihasini ishga tushirish oldidan poytaxtimizdagi Kadastr agentli Toshkent shahar boshqarmasi binosida soha mutaxassislari uchun seminar o‘z ishini boshladi.

🔹Trening O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Davlat kadastrlari Palatasi, Geoinfokom DUK mutaxassislari ishtirokida o‘tkazilmoqda.

▪️Kadastr agentligining hududiy boshqarmalari mutaxassislari jalb qilingan seminarda - ular nafaqat yangi tizimni o‘rganmoqdalar, balki uni ilk ishga tushirish davomida yuzaga kelayotgan savollarga ham javob olmoqdalar.

🇺🇿A'zolik— t.iss.one/Qashkadastrpress
#Qashqadaryo #hudud #jarimalar

▪️Joriy yilning uchinchi chorak yakuni bo‘yicha Qashqadaryo viloyatida 1249 ta yuridik va jismoniy shaxslarga "ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaganligi" sababli MJtKning 68¹-moddasiga asosan 307 mln 965 ming so‘mlik ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Shundan,

241 mln 291ming so‘mlik rasmiylashtirilgan bayonnamalar hozirgi kunda undirilgan.

📝Undiruv natijalariga ko'ra, Mirishkor, Qarshi, Yakkabog', Nishon, Chiroqchi tumanlarida yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilgan.

Undirilgan jarimalar hududlar kesimida;

◽️NISHON — 39 812,5
◽️CHIROQCHI — 31 311
◽️MIRISHKOR — 21 535
◽️QARSHI T — 19 085
◽️YAKKABOG' — 18 571


Bundan tashqari undiruv natijalariga ko'ra, Dehqonobod, Muborak, Koson, G'uzor, Kitob, Shahrisabz tumanlari ham 100% li natijani qayd etishdi.

🇺🇿A'zolik— t.iss.one/Qashkadastrpress
📄 Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik javobgarlikka sabab bo‘ladi!

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organga yer uchastkasiga, bino va inshootga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik:

fuqarolarga BHMning 10 baravari (2 mln 700 ming so‘m);

mansabdor shaxslarga esa — 15 baravari (4 mln 50 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.


🇺🇿A'zolik— t.iss.one/Qashkadastrpress
#Qashqadaryo #kadastr_xizmatlari

▪️Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasiga Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 29 dekabrdagi 1060-son qaroriga asosan Jismoniy va Yuridik shaxslar tomonidan DXM va YIDXP portal orqali Ko’chmas mulk obyektlariga kadastr pasportini shaklantirish uchun yil boshidan buyon 28 439 ta ariza kelib tushgan.

Shundan:

📊 Yangi arizalar 18 ta;
Bepul xizmat turlari bo‘yicha 6 952 tani ;
🕗 To’lov jarayonida turgan arizalar 2 089 tani;
✔️ijobiy hal etilgan arizalar 21 857 tani;
Rad etilgan arizalar 4 475 tani tashkil etadi.

Kadastr— xalq bilan, xalq orasida

🇺🇿A'zolik—
t.iss.one/Qashkadastrpress
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI O'TKAZILDI

Bugungi majlisda Saylovlarni tashkillashtirishda hamkor tashkilotlardan vakillarning hisobotlari ham eshitildi:

1)O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari Oleg Andreyevich Pekos;

2)O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Najmiddin Sadirovich To‘raxo‘jayev;

3)O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori Fazliddin Karimovich Umarov;

4) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi direktori Ulug‘bek Shuhratovich Toshxodjayev ishtirok etmoqdalar.

🇺🇿 A'zolik— t.iss.one/Qashkadastrpress
#Бугун_туғилган_кун 📣📣

UBAYDULLO AHMEDOVNI tabriklaymiz !


Bugun 14 OKTABR Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari UBAYDULLO AHMEDOVNING tavallud ayyomi.

🔰BOSHQARMA BOSHLIG'I O'RONBOSARI bugun 42 yoshga to‘ldi.

UBAYDULLO AHMEDOVNI bugungi tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sihat-salomatlik, uzoq umr va baxt-saodat tilaymiz.

👉📹 Mazkur taronani boshqarma xodimlari nomidan sovg'a o'rnida tuhfa etamiz. Qabul qiling

🇺🇿A'zolik— t.iss.one/Qashkadastrpress
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#BILASIZMI

VIDEO: Qanday hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi ?

Batafsil javob videoda

Kadastr— xalq bilan, xalq orasida

🇺🇿A'zolik—
t.iss.one/Qashkadastrpress
​​#kadastr #hamkorlik #xalqaro_uchrashuv

#LIVE Ayni damda Geodeziya, kartografiya, kadastr va Yerni masofadan turib zondlash bo‘yicha davlatlararo Kengashning Qirg‘izistondagi 43-sessiyasi virtual formatda o‘z ishini boshladi.

Kun tartibida:

1. Davlatlararo kengashning 42-sessiyasi qarorlarining bajarilishi;

2. Kotibiyat va Davlatlararo kengash ishchi guruhlari faoliyati natijalari;

3. MDHga aʼzo davlatlarning bazaviy tashkiloti geodeziya, kartografiya, kadastr va Yerni masofadan zondlash sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha faoliyati natijalari- Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti (MIIGAiK);

4. Davlatlararo kengash faoliyati doirasida loyiha pasportlarini ko‘rib chiqish.

5. MDHga aʼzo davlatlarning geodeziya, kartografiya, kadastr sohasidagi asosiy ilmiy -texnik tashkiloti to‘g‘risidagi nizom loyihasi;

6. MDHga aʼzo davlatlarning geodeziya, kartografiya, geoinformatsion texnologiyalar, Yerni masofadan zondlash, kadastr va huquqlarni ro‘yxatga olish sohasida 2025 yilgacha hamkorlik konsepsiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha Harakatlar rejasi ("Yo‘l xaritasi") va boshqa masalalar ko‘rib chiqishi ko'zda tutilgan.

Telegram Instagram YouTube Facebook
#Бугун_туғилган_кун 📣📣

DONIYOR QURBONOVNI tabriklaymiz !


▪️Bugun 14 OKTABR Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Qarshi tuman bo'limi YETAKCHI INSPEKTORI DONIYOR QURBONOVNING tavallud ayyomi.

🔰Hodimimiz bugun 25 yoshga to‘ldi.

DONIYOR QURBONOVNI bugungi tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sihat-salomatlik, uzoq umr va baxt-saodat tilaymiz.

👉📹 Mazkur taronani boshqarma xodimlari nomidan sovg'a o'rnida tuhfa etamiz. Qabul qiling

🇺🇿A'zolik— t.iss.one/Qashkadastrpress
#Qashqadaryo #sayyor_qabul

#LIVE Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning Shahrisabz shahri va tumani aholisi uchun sayyor qabuli o'tkazilmoqda.

Mazkur qabulda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i G'ayrat Hamroyev ham ishtirok etib tuman, shahar aholisining kadastrga doir murojaatlariga e'tibor qaratmoqda.

📸YASHIN ISMOILOV

Kadastr— xalq bilan, xalq orasida

🇺🇿A'zolik—
t.iss.one/Qashkadastrpress