Qashqadaryo kadastr_press
2.73K subscribers
11.1K photos
1.55K videos
4 files
6.22K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
#Tanishing #tuman_filiali

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Chiroqchi tumani filialining ish jarayonlari bilan tanishdik.

"Bugungi kunga kelib, filialda 23 nafar xodim faoliyat olib bormoqda. Chiroqchi tumanidan tadbirkorlik qilish uchun yil boshidan bugungi kunga qadar 249 ta ya'ni 4 162 gektar yer uchastkasi auksion savdolariga qo'yilgan" deydi filial rahbari Zokir Safarov.

Fuqarolar murojaati uchun ☎️ 98 110 11 71

Fililallar faoliyati bilan tanishtirishda davom etamiz !

Mavzuga doir: Zamonaviy binodagi ishlar zamon talabidami ? Qarshi shahar filiali faoliyatiga nazar

🇺🇿A'zolik— t.iss.one/Qashkadastrpress
Chiroqchidagi bo'sh turgan 262 ta obyekt ishga tushadigan bo'lsa tumanda bir yarimmingga yaqin yangi ish o'rni yaratiladi.

Qashqadaryo viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari Nodir Erkayev Chiroqchi tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish doirasida amalga oshirilayotgan investision loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Unda Davlat kadastrlari Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshig'i tumandagi bo'sh turgan obyektlar yuzasidan axborot berdi.

"Tumanda 262 ta bo'sh turgan obyektlar bo'lib, agar bu obyektlar to'liq ishga tushsa, 1335 ta yangi ish o'rni yaratiladi" dedi G'ayrat Hamroyev taqdimotda.

Shuningdek, qurulish muddati o'tgan, noqonuniy egallab olingan yer maydonlari haqida ma'lumot berildi.

Yakunda tumandagi bo'sh turgan obyektlar to'liq ishga tushurilganda byudjetga 1,8 mlrd. so'm tushushi, mahalliy ishlab chiqarish va eksport ko'rsatgichlari esa 1,04 mln dollarga oshishi ta'kidlandi.

🇺🇿A'zolik— t.iss.one/Qashkadastrpress
Ўзбекистонда 2017—2021 йиллар давомида Президент Шавкат Мирзиёев ташаббуси билан амалга оширилган кенг кўламли ислоҳотлар янги даврни бошлаб берди.

Жадал ўзгаришлар барча соҳаларни, жумладан давлат ва жамият қурилиши, суд-ҳуқуқ тизими, иқтисодиёт ва ижтимоий соҳа, хавфсизлик, миллатлараро тотувлик ва диний бағрикенглик, ташқи сиёсатни қамраб олди.

"Юксалиш" умуммиллий ҳаракати сўнгги беш йилда мамлакат ҳаётида катта ўзгаришларга сабаб бўлган, энг самарали ташаббус ҳамда ислоҳотларни аниқлаш учун навбатдаги экспертлик сўровини ўтказди.

Экспертлик сўрови натижаларига кўра, Президент Шавкат Мирзиёевнинг тарихий аҳамиятга молик 15 та муҳим ислоҳоти шакллантирилди.

👉Батафсил
Forwarded from Kadastr - Live
#Qonun #Fazoviy_malumotlar #Kadastr

“Фазовий маълумотлар тўғрисида”ги
🇺🇿Ўзбекистон Республикаси Қонуни (ЎРҚ–702-сон, 23.07.2021 й.) Президент томонидан имзоланди.

Ушбу Қонун 5 та боб ва 25 та моддадан иборат бўлиб, Фазовий маълумотларни яратиш, қайта ишлаш ва ривожлантириш ҳамда улардан фойдаланиш соҳасидаги муносабатларни тартибга солиш нормаларини белгилайди.

Қонун билан Давлат солиқ қўмитаси ҳузуридаги Кадастр агентлиги фазовий маълумотлар соҳасидаги махсус ваколатли давлат органи этиб белгиланди.

Telegram Instagram YouTube Facebook
Asqarbek Eshqobilov, Davlat ro'yxatidan o'tkazish bo'limi bosh mutaxassisi 📸

🌐 “Kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish integratsion axborot tizimi” orqali Respublika bo‘yicha soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan 93 487 ta fermer xo‘jaliklari ixtiyoridagi qishloq xo‘jaligi yerlarini joriy yilning 1 mayidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yilgan edi.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Muborak va Dehqonobod tumanlari bo'limi o‘z hududida 100 foizlik natija qayd etib viloyatdagi fermer xo‘jaliklari ixtiyoridagi qishloq xo‘jaligi yerlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlarini yakuniga yetkazdi.

Muborak tumanidagi 479 ta fermer xo‘jaliklari va boshqa yerdan foydalanuvchilarning 30 296 gektar yer maydonlari “Milliy geoaxborot tizimi”ga yuklandi. Dehqonobod tumanidan esa 444 ta fermer xo'jaliklarining shu dastur asosida yer uchastkalariga bo‘lgan ijara huquqlari 100 foiz davlat ro'yxatidan o‘tkazildi.

🇺🇿 t.iss.one/Qashkadastrpress
Auksion o‘tkazish to‘g‘risidagi xabar 30 kun oldin e’lon qilinadi.

Elektron onlayn-auksionlar tartib-taomillarining yagona tartibi joriy etiladi.

“Elektron onlayn-auksionni o‘tkazish tartibini soddalashtirish, uning shaffofligini oshirish hamda ishtirokchilar huquqlarining ishonchli himoyasini kafolatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–5197-son, 24.07.2021 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2021 yil 1 sentyabrdan “E-auksion” elektron savdo platformasidagi elektron onlayn-auksionlar tartib-taomillarining yagona tartibi joriy etiladi.

🔰 Bunda:

ishtirokchilarga, shu jumladan chet el fuqarolariga auksionda qatnashish uchun elektron raqamli imzo kaliti sertifikati masofadan turib, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan bepul taqdim qilinadi;

obyektlarni auksionga chiqarish uchun to‘lanadigan yig‘im bekor qilinadi;

auksion o‘tkazish to‘g‘risidagi xabar u o‘tkaziladigan kundan 30 kun oldin e’lon qilinadi;

xabar e’lon qilingan paytdan boshlab auksion jarayoni yakuniga qadar ishtirokchilarga ob’yektni sotib olish bo‘yicha auksion qadamiga bog‘lanmagan o‘z narx taklifini kiritish huquqi beriladi;

sotilgan obyektning qiymati BHMning 5 ming baravarigacha bo‘lganda, to‘lovlarni 10 ish kuni, 5 ming baravariga teng yoki undan ortiq bo‘lganda to‘lovlarni 15 ish kuni mobaynida to‘lash imkoniyati yaratiladi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno;

auksion g‘olibi to‘lovlarni to‘lashdan bosh tortgan taqdirda, g‘olib hamda uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sischilari auksionlardan chetlatiladi (to‘lovlarni to‘lamaslik holati birinchi marta sodir etilganda bir yil muddatga, ikkinchi marta takrorlansa muddatsiz davrga).

auksionga chiqarilgan obyektlarni sotishga va oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirishga faqat auksionda kamida ikkita ishtirokchi qatnashganda ruxsat beriladi.

❗️Mazkur tartib elektron savdo platformasi orqali sotilishi yoki ijaraga berilishi belgilangan barcha turdagi aktivlarga nisbatan tatbiq etiladi.
#kadastr_xalq_xizmatida

📋 Shahrisabz tumanida yashovchi M. Achilova tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanadi. Tadbirkor oilaviy korxona ochib, uy mehmonxonasi faoliyati yuritib keladi. U faoliyatini kengaytirish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Shahrisabz tumani filialiga yer maydoni so'rab murojaat qiladi.

Fuqaroga yuridik yoki jismoniy shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berish faqatgina “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida elektron auksion orqali amalga oshirilishi tushuntirildi.

Ma'lumot uchun, Qashqadaryo viloyatida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun o'tgan 7 oy mobaynida 970 ta 39,74 gektar yer uchastkalari auksion savdolariga chiqarilgan.

👨‍💼Siz tadbirkorlik faoliyati uchun yer xarid qilmoqchimisiz 👉 https://e-auksion.uz/lots?1

🇺🇿 Boshqarma Axborot xizmati
1 avgustdan qonunchilikda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

👉 https://kun.uz/uz/02274814

🇺🇿 A'zolik— t.iss.one/Qashkadastrpress
🏢 #yer_nazorati

Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Nishon tuman bo‘limi yer inspektorlari tomonidan tumanning Uch Mulla massividagi tuman zaxira yer fondiga tegishli bo‘lgan 0,08 gektar yer maydoniga poydevor qurish ishlari amalga oshirilayotganligi aniqlandi va shu kunning o‘zida fuqaro tomonidan ushbu qurilishlar ixtiyoriy buzib olindi

Nishon tumani bo'limi boshlig'i Yoqub Abdushukurov bergan ma'lumotga ko'ra, bu kabi holat tumanning Navbahor massivida ham aniqlangan.

"Navbahor massividagi Talimarjon Gress tomorqa xizmati fermer xo’jaligiga tegishli bo‘lgan 0,0024 gektar yer maydoniga fuqaro tomonidan chayla qurish ishlari amalga oshirilayotganligi aniqlandi va shu kunning o‘zida fuqaro tomonidan ushbu qurilishlar ixtiyoriy buzib olindi. Natijada yer uchastkasi Talimarjon Gress tomorqa xizmati fermer xo’jaligiga qaytarilishi ta’minlanib, o‘zboshimchalik bilan egallab olish oqibatlari joyida bartaraf etildi." deydi Yoqub Abdushukurov.

🇺🇿 A'zolik— t.iss.one/Qashkadastrpress
#rasmiy_munosabat

🏢 O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan “Yakkabog‘ markazidan o‘tuvchi katta zovur atrofi o‘zboshimchalik bilan egallanmoqda” sarlavhasi ostida ijtimoiy tarmoq orqali qilingan murojaat ishchi guruh tomonidan joyida atroflicha o‘rganib chiqildi.

Batafsil— https://telegra.ph/-07-26-568

🇺🇿 A'zolik— t.iss.one/Qashkadastrpress
#Yer_nazorati #Qashqadaryo

Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan 2021 yilning o‘tgan davri mobaynida jami 407 ta holatda 80,3 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingani aniqlandi.

Bu haqda Yer va kadastr nazorati bo'limi boshlig'i Feruz Toirov boshqarma Axborot xizmatiga ma'lum qildi

"17 ta holatda ya'ni 2,7 gektar yer maydonidagi holat bartaraf etilgan bo'lsa, 390 ta holatda 77,6 gektar yer maydoni bartaraf qilish jarayonida turubdi" deydi Feruz Toirov.

Ma'lumot uchun, yerlarni o'zboshimchalik bilan egallash holatlarining eng ko'pi Qamashi tumanida aniqlangan. Tumanda yer inspektorlari tomonidan 105 ta holatda 31,1 gektar yer maydoni o'zboshimchalik bilan egallab olingani holati aniqlangan.

🇺🇿 A'zolik— t.iss.one/Qashkadastrpress
Qashqadaryoda yetti oyda salkam 40 gektar bo'sh yer uchastkasi auksionlarda tadbirkorlarga sotilgan.

▪️7 oy davomida viloyat bo‘yicha 4 557 ta ya'ni (98,28ga) bo‘sh yer uchastkalari xatlov natijasida aniqlanib "YERELEKTRON" AATga kiritilgan.

Shundan,
970 ta ya'ni (39,74 ga) bo‘sh yer uchastkalari auksion savdolariga chiqarilgan.


716 ta ya'ni (29,70ga) bo‘sh yer uchastkalari auksion savdolari orqali tadbirkorlarga sotilgan.

▪️Ta'kidlash kerakki, eng ko'p bo'sh yer uchastkalarini auksionlarda tadbirkorlarga sotish Qamashi tumani (110 ta 2,82 ga) hissasiga to'g'ri keladi.

▪️Nishon tumani (84 ta 1,15) gektar

▪️Kasbi tumani (71 ta 1,38) gektar.


Umid Xudoyberdiyev— Bosh mutaxassis - "YER-ELEKTRON" AAT dasturi mas’uli.

🇺🇿 a'zolik— t.iss.one/Qashkadastrpress
G'ulomjon Safarov — "Inson resurslarini boshqarish bo'limi boshlig'i"

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasiga 2021-yil boshidan bugungi kunga qadar ishga qabul qilinganlarning umumiy soni 43 nafarni tashkil etadi

Bulardan:

🔹 36 nafari oliy ma'lumotlilar;
🔹 6 nafari o'rta-maxsus ma'lumotlilar;
🔹 1 nafari o'rta ma'lumotlilar.

Ta'kidlash kerakki, yil boshidan buyon 35 nafar 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining tuman,shahar filiallariga ishga qabul qilingan.

Mavzuga doir: Oliygohlarni tamomlagan yoshlar tanlov asosida ishga qabul qilindi

G'ayrat Hamroyev —
"Bugun ishga qabul qilingan yosh xodimlarni kelajakda o'z hududidagi filialning rahbari lavozimida ko'rishni istayman".

🇺🇿 A'zolik— t.iss.one/Qashkadastrpress