Qashqadaryo kadastr_press
2.72K subscribers
11K photos
1.54K videos
4 files
6.14K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
#Kadastr #Qarshi_tumani

🔹 Kadastr agentligining Qarshi tumani bo'limi tomonidan "Lagandi" mahallasida yer nazorati o'tkazildi

O'rganishlar davomida fuqaro hech qanday huquqiy hujjatlarsiz 5 sotix yer maydonini  o’zboshimchalik bilan egallab olib, qurilish ishlarini amalga oshirgani aniqlandi.

Huquqbuzarga nisbatan MJTKning 60-moddasi 3-qismiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va jarima jazosi belgilandi.

❗️Eslatma, O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonuniga asosan hujjatsiz uy-joylarga egalik huquqini berish 2018-yil 1-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o'zboshimchalik bilan egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar nisbatan ko'rib chiqiladi.

O'zingizga huquqiy jihatdan tegishli bo'lmagan yer uchastkalarida noqonuniy qurilishlarni amalga oshirmang.

❗️ Unutmang yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilishlarni amalga oshirishganlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarliklar belgilangan.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
#Kadastr #Sayyor_qabul

DIQQAT EʼLON

Hurmatli Mirishkor tumani aholisi !

Aholining Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Mirishkor tumanida sayyor qabul o‘tkaziladi.

Kadastr hujjatini tayyorlash, ko'chmas mulkka oid huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish bo‘yicha va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 18-oktabr kuni soat 12-00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

Sayyor qabul Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i G'ayrat Hamroyev boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Mirishkor tumani, Chandir mfy, Chandir madaniyat markazi binosi

☎️ Murojaat uchun telefon: 75-227-51-13

Telegram | Instagram | Facebook
#Qashqadaryo #Kadastr

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalari mas'ullari tomonidan Ko'kdala tumanida davra suhbati tashkil qilindi.

Suhbat davomida xodimlar o‘z vazifasiga vijdonan yondoshgan holda faoliyat yuritishini, vazifasini suisteʼmol qilmasligi o'qtirildi.

Korrupsiya nafaqat har bir tizimni balki uni sodir qilgan insonning yaqinlari va oilasini ham yemirishi mumkinligi alohida  taʼkidlandi.

Xodimlarning huquqiy ongini oshirish maqsadida sohada yangi joriy qilingan qaror va qonunlar haqida atroflicha tushunchalar berildi va har bir  noqonuniy qilingan xatti-harakatiga jazo muqarrarligi to‘g‘risida ogohlantirildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑

📌 Noturar joyni turar joy toifasiga o‘tkazishda nimalarga e’tibor qaratish kerakligini bilasizmi?

📹 Batafsil videoda.

#Kadastr_agentligi #Ijtimoiy_rolik

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#KADASTR #OAV #Muloqot

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Qarshi shahar filiali mas'ullari Qashqadaryo telekanalining MULOQOT ko'rsatuvida ishtirok etishdi.

Xodimlarimiz jonli efirda sohaga doir savollarga javob berishdi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
#Kadastr #Qashqadaryo

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Kasbi va Mirishkor tumani filiallari xodimlari bilan "O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risidagi O'RQ-937-sonli qonuni mazmun mohiyati hamda qonun ijrosi doirasida korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Yig‘ilishda Davlat kadastrlari palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi bosh mutaxassisi X.Nasirov ishtirok etdi.

◼️ Suhbat davomida har bir xodim o‘z vazifasiga vijdonan yondoshgan holda faoliyat yuritishini, vazifasini suiisteʼmol qilmasligi, korrupsion faoliyat uchun jazo muqarrarligi hayotiy misollar orqali tushuntirildi.


🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
❗️❗️❗️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎤🎤🎤🎤

🇺🇿O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarida qurilgan qurilmalarga huquqlarni e’tirof etish jarayonlarida yigirmaga yaqin davlat idoralari orasida o‘zaro elektron hujjat aylanishi hamda jarayonlarni shaffofligini ta’minlash maqsadida 🌟Kadastr agentligi tomonidan “E’TIROF” AAT dasturi ishlab chiqildi.

5-noyabr kunida soat 11:00 da 🌟Kadastr agentligining markaziy apparati binosida dasturning taqdimoti bo'lib o'tadi.

🎤Taqdimotga ommaviy axborot vositalari hamda jurnalistlarni taklif etamiz.

📍 Manzil:  Chilonzor-S, Cho'ponota ko'chasi 6 V uy. 🌟Kadastr agentligi binosi.

‼️Shu bilan birgalikda Qonunga muvofiq respublikamizning barcha hududlarida mahalla kesimida bosqichma-bosqich o'tkaziladigan xatlovlar reja-grafigi ham e'lon qilinadi.

#Kadastr_agentligi #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM