Qashqadaryo kadastr_press
2.7K subscribers
11K photos
1.53K videos
4 files
6.11K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Forwarded from Qashqadaryo xalqi📌
Олийгоҳларни тамомлаган ёшлар танлов асосида ишга қабул қилинди.

Давлат кадастрлари палатаси Қашқадарё вилояти бошқармасининг туман, шаҳар филиалларига ишчи-ходимлар танлов асосида саралаб олинди.

Мазкур танловда 18 ёшдан 30 ёшгача бўлган жами 30 нафарга яқин ёшлар иштирок этди.

Унда тест жараёнларидан юқори натижани қайд этган, суҳбатдан муваффақиятли ўтган жами 11 нафар ёш кадрлар бошқарманинг туман,шаҳар филиалларига кадастр муҳандиси лавозимига ишга жойлашишди.


Мавзуга доир: Вилоят кадастр ташкилоти раҳбари барча туманларда сайёр қабул ўтказади

🇺🇿 ҚАШҚАДАРЁ ХАЛҚИ энг тезкор хабарлар канали👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAE214yp2aWLnbIYwkg
#MUNOSABAT

Telegram messenjiridagi "Ozodlik radiosi" telegram kanalida e'lon qilingan Shahrisabzlik fuqaroning videomurojaati yuzasidan rasmiy munosabat

"Besh farzandim bor. Shahrisabz shahri hokimining menga nisbatan adolatsizligidan charchadim. Qurgan imoratimni buzdirib tashladi...” deyiladi videomurojaatda.

Aytish kerakki, Shahrisabz shahar Fayzobod MFY Quruvchilar ko‘chasi 13 uyda yashovchi fuqaro Omonova Nazokatga Guliston jamoa xo‘jaligining 1995 yil 30-yanvardagi №1 sonli qaroriga asosan, 0,06 ga yer maydoni yakka tartibda uy-joy qurish uchun ajratilgan. Mazkur qarorga asosan 1996 yilda sobiq “BTI” idorasi tomonidan fuqaroga uy-joyning kadastr pasporti ya’ni texnik hisoboti tayyorlab berilgan. Fuqaroning hozirgi kundagi egallab turgan uy-joyning yer maydoni 0,1685 ga, qurilish maydoni esa 473,57 kv/metrni tashkil etadi.

2020 yilda xatlov ishlari olib borilganda Omonova Nazokatning uy-joylariga qo‘shimcha qurilishlar bo‘lganligi sababli Shahrisabz shahar “YERMULKKADASTR” DK tomonidan kadastr texnik hisoboti qayta tayyorlab berilgan. Ma'lumot uchun ushbu uy-joyga nisbatan egalik huquqi e’tirof etilmagan va davlat ro'yxatidan o‘tmagan.

A'zolikt.iss.one/Qashkadastrpress
FOTO: Kadastr agentligida Matbuot kotiblarning malakasini oshirish maqsadida “Axborot xizmati faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan zamonaviy PR yondashuvlar” mavzusidagi seminar-trening o‘z ishini boshladi.

Mazkur seminar-trening 16-iyunga qadar davom etadi.

📸 Jur'atbek Aslonov

🇺🇿 A'zolik—
t.iss.one/Qashkadastrpress
Shavkat Mirziyoyev shu haftada Andijonga boradi

Batafsil— https://uza.uz/posts/275992

🇺🇿A'zolik— t.iss.one/Qashkadastrnews
Vazirlar Mahkamasi 2021 yil 1 avgustdan boshlab, istisno tariqasida, faqat quyidagi hollarda yer uchastkalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijaraga berishga haqli:

qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba sinovlar amalga oshirish uchun davlat ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalariga — Qishloq xo‘jaligi vazirligining taklifiga asosan;

agrosanoat klasterlariga — yer uchastkasi normativ qiymatining ikki baravari miqdoridagi pul mablag‘i depozitga qo‘yilganda, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimining taklifiga asosan;

eng yaxshi taklifni tanlash orqali aniqlanadigan, qiymati kamida 10 million AQSH dollari ekvivalentida (yer maydoni hajmiga ko‘ra ortib boradi) bo‘lgan yirik investisiya loyihasini amalga oshirish uchun — loyiha qiymatining kamida 10 foiziga teng mablag‘ avvaldan maxsus hisobraqamga joylashtirilganda;

chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarga — ijaraga olish huquqini olganlik uchun bozor qiymatida haq to‘lagan holda (xalqaro birlashmalar va tashkilotlardan tashqari).

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlariga oid bir qator vakolatlari, ular yuzasidan qaror, farmoyish yoki boshqa turdagi hujjat qabul qilish huquqi 2021 yil 1 avgustdan bekor qilinadi.

🇺🇿 a'zolik— t.iss.one/Qashkadastrpress
Forwarded from Kadastr - Live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #seminar #trening #matbuot_kotiblar

Кадастр агентлигида Матбуот котибларнинг малакасини оширишга қаратилган семинар-тренинг биринчи иш кунини якунлади.

14 та ҳудуддан келган матбуот котибларга Медиа тренерлар Беруний Алимов, Гулнора Нишонова ва Гулмира Шукуровалар томонидан:

🔹 Матбуот котиби, ташкилот раҳбарининг индивидуал имижи ва корпоратив имиж компонентлари.

🔹 Шахсий имижни яратиш.

🔹 Мақсадли аудиторияни аниқлаш ва у билан ишлаш усуллари.

🔹 Замонавий медиа муҳитида кризис коммуникациялар ва уларни бошқариш.

🔹 Замонавий антикризис технологиялар. Спиндокторинг – янгиликлар менежменти
мавзулари бўйича тушунчалар берилди.

Семинар-тренинг 16 июнга қадар давом этиши режалаштирилган.

Telegram Instagram YouTube Facebook