Qashqadaryo kadastr_press
2.69K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.03K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Hamroyev G'ayrat Sultonovich— Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i.

Qabul kuni juma. Soat 09:00-12:00

☎️ +998 75 227 50 25


🇺🇿 telegram/facebook/instagram
Президент Шавкат Мирзиёев 12 апрель куни Тошкент шаҳрида амалга ошириладиган инвестиция лойиҳалари тақдимоти билан танишди.
Йил якунигача пойтахтда қиймати 30 триллион сўмдан зиёд 847 та лойиҳани амалга ошириш ва қарийб 36 мингта иш ўрни яратиш кўзда тутилгани таъкидланди.
Тақдимотда, шунингдек, Андижон шаҳри яқинида қурилиши режалаштирилган “Янги Андижон” турар жой массивининг бош режаси ҳақида ҳам маълумот берилди.

Президент Шавкат Мирзиёев 12 апреля ознакомился с презентацией инвестиционных проектов, которые будут реализованы в городе Ташкенте.
До конца года планируется реализовать 847 проектов на сумму более 30 триллионов сумов и создать около 36 тысяч рабочих мест.
В ходе презентации главе государства также представили мастер-план жилищного массива «Янги Андижон», который планируется построить недалеко от города Андижана.

#Mirziyoyev #taqdimot #Toshkent #investitsiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
❗️Кадастр паспортини шакллантирганлик учун нега ҳар хил тўлов қилишининг сабабини биласизми?
Бу тўлов миқдори қандай ҳисобланади?

Кадастр паспортини шакллантирганлик учун тўлов миқдори Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2014 йил 10 июлдаги "Давлат кадастри соҳасида давлат хизматлари нархларини белгилашда табақалаштирилган ёндашув тартибини такомиллаштириш тўғрисида"ги 186-сон қарорга асосан кўчмаси мулк объектининг умумий майдонидан келиб чиқиб ҳисобланади.

📈📊📉Кўчмаси мулк объектининг умумий майдонига қараб тўлов миқдори ҳам ўзгаради.

НАРХЛАР БАТАФСИЛ

Telegram|Instagram | YouTube|Facebook
#BILASIZMI

Qonunchilik hujjatlarini buzishga da’vat qilganlik uchun javobgarlik belgilangan.


30 mart kuni prezident tomonidan imzolangan qonun bilan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks va Jinoyat kodeksiga qo‘shimcha kiritildi.

Unga ko‘ra, qonunchilik hujjatlari talablarini jamoat tartibiga va jamoat xavfsizligiga tahdid soladigan tarzda bajarmaslikka yoki buzishga, shu jumladan OAV, telekommunikatsiya tarmoqlari, Internetdan, shuningdek matnni ko‘paytirishning bosma yoki boshqa usullaridan foydalangan holda omma oldida da’vat qilish BHMning 60 baravaridan 80 baravarigacha (hozirgi BHM miqdoriga ko‘ra 14 mln 700 ming so‘mdan 19 mln 600 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Qonun 31 martdan kuchga kirdi.

🇺🇿 t.iss.one/Qashkadastrpress
#SAVOL

O‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joy va boshqa bino va inshootlarga kadastr hujjatlari tayyorlanib davlat ro'yxatidan o‘tkaziladimi?

O‘zboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootlar shuningdek qurilish davrida foydalanish uchun qurilgan vaqtinchalik imoratlarga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi.

❗️Bino va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqining sud tomonidan tan olinishi hollari bundan mustasno

🇺🇿 t.iss.one/Qashkadastrpress
#SAVOL

🔵Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti qanday hollarda rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtiriladi ?

🔷ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda;
🔷ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda (bunda ikki qismga alohida kadastr pasporti shakllantiriladi)
🔷qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda;
🔹yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda;
🔷ko‘chmas mulk obyektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda;
🔷ko‘chmas mulk obyektining toifasi o‘zgarganda;
🔷o‘z yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlar mavjud bo‘lganda


🇺🇿 t.iss.one/Qashkadastrpress
Forwarded from Demokrat.uz | Ахборот портал
Kadastr pasporti fuqarolarga nega kerak bo’ladi ?

https://demokrat.uz/?p=2054

🌐 www.Demokrat.uz | Telegram
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Кадастр соҳасида фазовий маълумотлардан фойдаланилмоқда
#14apr #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram
#BILASIZMI
Kadastr pasportini tayyorlash ob’yektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda tayyorlanadi.


A) ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha:
ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha;
yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha;
b) ko‘chmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:
umumiy maydoni 100 kv.m. gacha — 5 ish kunigacha;
umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha — 7 ish kunigacha;
umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha — 10 ish kunigacha;
umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha — 15 ish kunigacha;
umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha — 20 ish kunigacha;
umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq — 25 ish kunigacha;
ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha.

🇺🇿 t.iss.one/Qashkadastrpress
SAVOL

Kadastr hujjatini har 5 yilda yangilab turish majburiymi ?
Anonymous Quiz
32%
Ha, majburiy
68%
Yo'q, bunday norma qonunchilikda mavjud emas
Shavkat Mirziyoyev Samarqandga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlardagi o‘zgarishlar, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Samarqand viloyatiga jo‘nab ketdi.

Ta'kidlanishicha, tashrif davomida Shahar va tumanlardagi sanoat korxonalari, turizm majmualari, transport infratuzilmasi, yangi uylarni borib ko‘rish rejalashtirilgan.

Shuningdek, safarning ikkinchi kunida xalq deputatlari, aholi vakillari bilan yig‘ilish o‘tkazilib, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollari belgilanadi.

🇺🇿
t.iss.one/Qashkadastrpress
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Elektron onlayn auksion savdolarida qanday qatnashish mumkinligini bilasizmi ?

🎥 Batafsil videoda

🇺🇿
t.iss.one/Qashkadastrpress
SAVOL

Qanday hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi ?

▪️ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki ob’yektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

▪️ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;
▪️kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk ob’yekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan).

Ushbu hollarda kadastr pasporti uch ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.

🇺🇿 Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
E-IJRO AUKSION

G'uzor tumanida tadbirkorlarga 6 gektarga yaqin yer maydoni elektron auksion savdolari orqali sotilgan.

Bu haqda Davlat kadastrlari palatasi G'uzor tumani filiali rahbari Baxtiyor Hasanov ma'lum qildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, tumandagi 37 mahalla hududidan bo'sh turgan 255 ta ya'ni 13,45 gektar yer maydonilari "YERELEKTRON" avtomatlashtirilgan axborot tiizimiga kiritilgan.

208 ta ya'ni 11,09 gektar yer maydonlariga vakolatli tashkilotlardan
ijobiy xulosalar berilgan bo'lib, ular elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markaziga yuborilgan.

Bugunga kelib, E-IJRO AUKSION savdolari orqalo tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash maqsadida 72 ta ya'ni 5,33 gektar yer maydonlari tadbirkorlarga sotilgan.

🇺🇿 Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
🔰QASHQADARYO VILOYATI

▪️Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasida sinov tariqasida yer uchastkalari va ko'chmas mulk obyektlariga bo'lgan huqquqlari hamda ko'chmas mulkka oid tuzilgan bitimlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish ishlari olib borilmoqda.

📋📩Ayni paytda viloyat markaziga yaqin bo'lgan Qarshi shahri, Qarshi tumani, Nishon tumanlaridan Davlat xizmatlar markazi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali kelib tushgan murojaatlar ijrosi ta'minlanib kelinmoqda.

🇺🇿 Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati