Qashqadaryo kadastr_press
2.68K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.04K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
#Xodimlar #Qashqadaryo_viloyati #Mehnat_kodeksi

Xodimlarimiz muomala madaniyati bo'yicha namuna bo'lishi kerak. Fuqaro hamda tadbirkorlar murojaatlari bilan ishlashda yanada mas'uliyat bilan yondashishimiz shart.


Qashqadaryo viloyatida boshqarma boshlig'i barcha xodimlarga tegishli ko'rsatmalar berib o'tdi.

Batafsil
Forwarded from Kadastr - Live
#MAHALLABAY

QARSHI SHAHRIDAGI 35 ta mahallalar hududlaridagi 244 ta ya’ni 15,99 gektar yer maydonlari "YER ELEKTRON" avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritilgan.

81 ta ya’ni 2,77 gektar yer maydonlari haqida vakolatli tashkilotlar tomonidan ijobiy xulosa berilgan bo‘lib, " Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markaziga yuborilgan.

64 ta ya’ni 2,06 gektar bo‘sh yer uchastkalari "E-IJRO AUKSION" savdolarida sotilgan bo‘lsa, 13 ta ya'ni 0,5 gektar yer maydonlari belgilangan savdo kunlari orqali sotish uchun "E-IJRO AUKSION" onlayn savdolar maydonchasida turibdi."

Bu haqda Boshqarma Axborot xizmati ma'lum qildi.

Telegram|Instagram | YouTube|Facebook
Forwarded from Kadastr - Live
Жорий йилнинг 3 ойи давомида Қашқадарё вилояти бўйича жами 95 та ҳолатда 18,07 гектар ер майдони ноқонуний эгаллаб олинган ҳолати аниқланган.

Шундан 12,53 гектар суғориладиган, 2,16 гектар лалми экин ер, 1,5 гектар кўп йиллик дарахтзорлар, 0,93 гектар яйлов ва 0,94 гектар бошқа ер майдонлари фуқаролар томонидан ўзбошимчалик билан эгаллаб олинган.

https://uza.uz/uz/posts/qashqadaryoda-uch-oyda-1807-gektar-er-maydoni-ozboshimchalik-bilan-egallab-olingani-aniqlandi_255198
🏠📝 Кўчмас мулк объекти(КМО)га бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказишни рад этиш асослари:

🏢давлат рўйхатидан ўтказувчи органда ушбу КМОнинг мансублиги масаласида 🕵🏻 низолар борлигидан далолат берувчи ⚖️ суд ҳужжатларининг мавжудлиги;

🏠🚫 ваколатли орган томонидан КМОга тақиқ ёки хатлов қўйилганлиги;

📒 тақдим этилган ҳужжатларда нотўғри, қарама-қарши ёки бузилган маълумотлар топилиши;

📗💳 бирламчи кадастр йиғмажилдининг (кадастр паспорти) мавжуд эмаслиги;

‼️давлат рўйхатидан ўтказувчи органда ушбу ер участкаси қонун ҳужжатларида белгиланган тартибда олиб қўйилганлиги ҳақидаги маълумотларнинг мавжудлиги;

📑⌛️рўйхатдан ўтказувчи томонидан ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказиш тўхтатиб турилган ҳолларда, тақдим этилган материаллардаги камчиликларнинг уч иш куни мобайнида бартараф этилмаслиги;

🇺🇿 ер участкасига бўлган ҳуқуқларнинг қонун ҳужжатларида назарда тутилган ҳолларда ва тартибда бекор қилинганлиги;

🔴 ҳуқуқларнинг вужудга келишини белгиламайдиган ҳужжатларнинг тақдим этилиши.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASINING RASMIY TELEGRAM KANALINI KUZATIB BORING.

👉 t.iss.one/Qashkadastrpress
#Bilasizmi

📝KO‘CHMAS MULK OBYEKTIGA BO‘LGAN HUQUQNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH VA REYESTRDAN KO‘CHIRMA TAQDIM ETISH XIZMATI

🔹Ushbu xizmat turi bo‘yicha arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi va natijasi bo‘yicha Davlat reyestridan ko‘chirma taqdim etiladi.

🔹Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish va reyestridan ko‘chirma berish 2 kun muddatda amalga oshiriladi.

🔹Ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha bitimlar notarial tartibda rasmiylashtirilganida (oldi-sotdi, xadya, ayriboshlash va
b.sh) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish va reyestrdan ko‘chirma taqdim etilishi ushbu notarial idoraning o‘zida elektron tizim orqali kadastr korxonalariga murojaat yuborilib amalga oshiriladi.


Davlat kadastrlari palatasining rasmiy sahifalari
👇👇👇

Telegram | Facebook | Instagram
Forwarded from MUROJAAT UZ (...)
Qarshida jurnalistlar malakasini oshirish kursi boshlandi.

Qashqadaryo viloyati Adliya boshqarmasida "Axborot olish, uni qayta ishlash va tarqatishda jurnalistning huquq va majburiyatlari" mavzusida malaka oshirish kursi boshlandi.

Mazkur dars jarayonlari 8-apreldan 10- aprelga qadar davom etadi.

Malaka oshirish kursi jurnalistlarning huquqiy sohadagi bilimlarini oshirish maqsadida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Murojaat uz telegram kanali

👉
t.iss.one/murojaatkarshi
QASHQADARYO. 1- CHORAK

🏢DAVLAT KADASTRLARI PALATASI Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan 2021-yilning 1-choragida jami 4532 ta turar va noturar joylarga kadastr pasporti tayyorlab berilgan bo'lsa, 5559 ta Ko'chmas mulk obyektiga bo'lgan huquqlar va ular bo'yicha tuzilgan bitimlar davlat ro'yxatidan o'tkazildi.

Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tadbirkorlarga 352 ta ya'ni 16,99 gektar qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan bo'sh yer uchastkalari "YERELEKTRON" avtomatlashgan axborot tizimi orqali elektron auksion savdosida sotildi.

Bundan tashqari viloyatda yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun fuqarolarga 186 ta ya'ni 7,44 gektar bo'sh yer uchastkalari "YERELEKTRON" avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali elektron auksion savdolarida sotilgan.

Aytish kerakki, yuqorida ko'rsatilgan xizmat turlari elektron tarzda amalga oshirib kelinmoqda.

🇺🇿 Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
9 aprel - Sohibqiron Amir Temur tug‘ilgan kun.

t.iss.one/Qashkadastrpress
Ushbu so‘rovnomada faol ishtirok eting !

SIZ QUYIDAGI TOIFALARNING QAYSI BIRIGA KIRASIZ?
Anonymous Poll
64%
Kadastr tashkilotida ishlayman
11%
Boshqa davlat idorasida ishlayman
18%
Oddiy fuqaroman
8%
Tadbirkorman
12%
Jurnalist, blogerman
Qashqadaryoda matbuot kotiblari, jurnalist va blogerlar malaka oshirmoqda.

Bugun o'quv kursining ikkinchi kuni.

Mazkur dars jarayonlari 10-aprelga qadar davom etadi.

👉 BATAFSIL
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
FUQAROLAR VA TADBIRKORLAR DIQQATIGA!

‼️ Kadastr sohasida muammolarga duch kelsangiz, bizga xabar bering.


VIDEO. Agar sizda kadastr xizmatlari bo‘yicha muammolaringiz, hal etilmagan ishlaringiz bo‘lsa yoki byurokratik to‘siq va g‘ovlarga duch kelayotgan bo‘lsangiz Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining ☎️ +998 75 227 81 95

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining ☎️ +998 75 227 51 13 telefon raqamlariga murojaat etishingiz mumkin ❗️❗️

🇺🇿 t.iss.one/Qashkadastrpress
​​🏢 Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalarning asosiy vazifalari.

▶️ (Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 fevraldagi 66-son qarori)

🟢Davlat kadastrlar palatasi, hududiy boshqarmalar, tuman(shahar) filiallariga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta’minlash;

🟢 ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ;

🟢 hududlar davlat kadastrining yuritilishini tashkil etish va amalga oshirish;

🟢 foydalanuvchilarni belgilangan tartibda kadastr axborotlari bilan ta’minlash;


🇺🇿 Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
🔴KO‘CHMAS MULK OBYEKTIGA BO‘LGAN HUQUQLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISHNI RAD ETISH ASOSLARI (2-QISM)

🔺davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda ushbu yer uchastkasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib qo‘yilganligi haqidagi ma’lumotlarning mavjudligi;

🔺ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tomonidan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘xtatib turilgan hollarda, taqdim etilgan materiallardagi kamchiliklarning uch ish kuni mobaynida bartaraf etilmasligi;

🔺yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda bekor qilinganligi;

🔺huquqlarning vujudga kelishini belgilamaydigan hujjatlarning taqdim etilishi.

(1-QISM)

‼️KO‘CHMAS MULK OBYEKTLARIGA BO‘LGAN HUQUQLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISHNI BOSHQA ASOSLAR BO‘YICHA RAD ETISHGA YO‘L QO‘YILMAYDI.