Qashqadaryo kadastr_press
2.69K subscribers
10.9K photos
1.53K videos
4 files
6.09K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Kadastr xodimlari xalq xizmatida

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining tuman, shahar filiallari mutaxassislari tomonidan aholi bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqot qilish, muammolarni aniqlab, ularga aniq choralar ko'rish, fuqarolarga kadastr sohasida huquqiy tushunchalar berish maqsadida murojaatlarni "Mahallabay", "Xonadonbay" o'rganish ishlari muntazam ravishda amalga oshirilmoqda.

1.Qarshi shahri
2.Qarshi tumani
3.Qamashi tumani
4.Nishon tumani
5.Muborak tumani
6.Chiroqchi tumani
7.Ko'kdala tumani
8.Dehqonobod tumani
9.Kasbi tumani
10.Kitob tumani
11.Mirishkor tumani
12.Koson tumani
13.Shahrisabz shahri

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Qamashi tumanida aholi va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Qamashi tumani filialida ochiq muloqot tadbiri o‘tkazildi.

Aholi hamda tadbirkorlarni qiynab kelayotgan kadastr masalasidagi murojaatlari yechimi yuzasidan choralar ko‘rish, shuningdek bugungi kunda hukumatimiz tomonidan sohaga oid qabul qilinayotgan Qaror va Farmonlarning mazmun mohiyati bo‘yicha kerakli tushunchalar berish maqsadida o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan ochiq muloqot tadbirlarida aholi roziligiga erishish maqsad qilingan.

Tadbirlar davomida fuqarolarning sohaga oid murojaatlari o‘rganildi. Kelib tushgan murojaatlarni qonun doirasida ijobiy hal qilish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara hamda mulk huquqi xalq deputatlari Kengashlarining qarorlari bilan eʼtirof etiladi

Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarorlari bilan eʼtirof etiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qaroridan norozi bo‘lgan shaxslar ushbu qaror ustidan sudga qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda shikoyat qilishi, prokuratura va adliya organlari esa qarorni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida sudga ariza (shikoyat) berishi mumkin.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
⚡️Hujjatlarni qalbakilashtirish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi

Soxtalashtiruvchining o‘zi yoki boshqa shaxs foydalanishi maqsadida muayyan huquq beradigan yoki muayyan majburiyatdan ozod etadigan rasmiy hujjatlar tayyorlashi yoki rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirishi yoxud bunday hujjatlarni sotishi, shunday maqsadlarda korxona, muassasa yoki tashkilotning qalbaki shtamplari, muhrlari, blankalarini tayyorlash yoxud sotish —

🔹BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki
🔹uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud
🔹uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.


❗️O‘sha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —

🔹ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki
🔹uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki
🔹uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun to'lovlarni to'lashda nogiron yoki nafaqaxo'rlarga imtiyozlar bormi?

Javob: Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun to'lovlarni to'lashda nogiron yoki nafaqaxo'rlarga imtiyozlar Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 186-son qarori bilan tartibga solinadi. I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar yoki Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi)

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
❗️Yer uchastkalarining bino va inshoot bo‘lmagan bo‘sh qismini alohida qismlarga bo‘lishga yo‘l qo‘yilmaydi

Jismoniy va yuridik shaxslarga ijara, doimiy foydalanish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqlarida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarining bino va inshoot bo‘lmagan bo‘sh qismini alohida qismlarga bo‘lishga yo‘l qo‘yilmaydi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Sizning mahallangiz 2024-2025 yillar xatlov reja-jadvaliga kiritilganmi ?
Anonymous Poll
26%
Ha
48%
Yo‘q
26%
Xabarim yo‘q
BIZNING MANZILLARI !!!

📍Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Ko'kdala tumani filiali

💼 Filial rahbari - Eshniyozov Baxtiyor Elmurotovich

🏢Manzil: Qashqadaryo viloyati, Ko'kdala tumani, Nurafshon ko'chasi 41-uy

Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish, yerni xususiylashtirish shu va shu kabi sohaga doir murojaatlaringiz bormi ?

Sohaga doir murojaatlarga vakolat doirasida huquqiy tushuncha va amaliy yordam berishga tayyormiz.

☎️Murojaat uchun telefon: 55-406-01-50

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
⚡️Mulkka bo‘lgan taqiqni tasdiqlovchi hujjatlar

Binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqining cheklanishini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:

🔸binolar va inshootlar xatlab qo‘yilgani to‘g‘risidagi xabarnoma;

🔸binolar va inshootlarning boshqa shaxsga o‘tkazilishini taqiqlash to‘g‘risidagi xabarnoma;

🔸binolar va inshootlar ipotekasi to‘g‘risidagi shartnoma.

🔸tasarruf etish huquqisiz berilgan davlat orderi;

❗️Huquqlarning cheklanishi binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarning cheklanishi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni Reyestrga kiritish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Ko‘chmas mulk hisoblangan kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish majburiydir

Ko‘chmas mulk hisoblangan kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlar qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.

Kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yuridik va jismoniy shaxslarning kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlari davlat tomonidan eʼtirof etilishi hamda tasdiqlanishining yuridik hujjatidir.

Kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotni davlat reyestrlariga kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

❗️Ko‘chmas mulk hisoblangan kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kadastr obyektlarining barcha mulkdorlari va kadastr obyektlariga doir boshqa huquqlarning egalari uchun majburiydir.

Huquqiy asos: O‘RQ-171-II-son, 15.12.2000 yil

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
#Qashqadaryo #yer_nazorati

Yakkabog' tumanidagi Turon mahallasida fuqaro tomonidan Turon massivi qishloq xo'jalik xaritasi konturidan 0.04 gektar sug'oriladigan yer maydoniga o'zboshimchalik bilan tosh to'kilganligi holati anqilandi. Qonun buzilishi holatini ixtiyoriy bartaraf etish, yer maydonlaridan belgilangan maqsadlarda foydalanish yuzasidan fuqaroga ko'rsatmalar berildi.

❗️Eslatma, O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonuniga asosan hujjatsiz uy-joylarga egalik huquqini berish 2018-yil 1-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o'zboshimchalik bilan egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar nisbatan ko'rib chiqiladi.

O'zingizga huquqiy jihatdan tegishli bo'lmagan yer uchastkalarida noqonuniy qurilishlarni amalga oshirmang.

❗️ Unutmang yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilishlarni amalga oshirishganlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarliklar belgilangan.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#VIDEO

Kadastr ayollari xatlovda faollik ko‘rsatishmoqda.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
⚡️Yer uchastkalari quyidagi shakllarda xususiylashtiriladi:

umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yerni sotib olish;

yerni elektron onlayn-auksion orqali sotib olish.

📝 Ariza DXM yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali beriladi.

🧾 Ariza ko‘rib chiqilib xabarnoma shaklda ijobiy yoki salbiy qaror qabul qilinadi.

❗️Salbiy qaror asoslantirilgan shaklda bo‘lishi shart.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
❗️Hech kim sudning qarorisiz uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas

Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi.

Huquqiy asos: O‘RQ-950-son, 29.08.2024 yil

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
⚡️Uyim buziladimi ?

Oldi-sotdi jarayonida ko‘chmas mulk obyektining buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida maʼlumotga ega bo‘lish zarar qilmaydi.

💻Buning uchun siz onlayn tarzda – my.gov.uz yoki offlayn tarzda – Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilib, maʼlum bir ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida maʼlumotnoma olishingiz mumkin.

❗️Xizmatdan foydalanish uchun faqatgina ko‘chmas mulk obyektining kadastr raqami kerak bo‘ladi.

🔹Xizmat narxi BHMning 0,045 foizi miqdorida;
🔹Xizmat ko‘rsatish muddati - 3 ish kuni.


🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
BIZNING MANZILLAR !!!

📍Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Nishon tumani filiali

💼 Filial rahbari - Holatov Bobir Sevarqul o'g'li
🏢Manzil: Qashqadaryo viloyati, Nishon tumani, Paxtakor MFY, O'zbekiston ko'chasi, 44-uy

Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish, yerni xususiylashtirish shu va shu kabi sohaga doir murojaatlaringiz bormi ?

Sohaga doir murojaatlarga vakolat doirasida huquqiy tushuncha va amaliy yordam berishga tayyormiz.

☎️Murojaat uchun telefon: 75-220-01-28

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
#Qashqadaryo_Kadastr

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurash bo’limi mutaxassisi va Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish shu'basi boshlig'i tomonidan Shahrisabz shahar hamda Shahrisabz tumanidagi kadastr filialida davra suhbati tashkil qilindi.

Unda filial xodimlariga O'zbekiston Respublikasining "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli Qonuniga muvofiq hamda Davlat kadastrlari palatasi raisining “Ko‘chmas mulklarni xatlov yo‘li bilan texnik inventarizatsiyadan o‘tkazish va elektron yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi uslubiy qo‘llanmani tasdiqlash haqida”gi buyrug'i talablari ijrosini ta'minlash maqsadida xatlov jarayonlarida korrupsion holatlarga yo'l qo'ymaslik yuzasidan tushunchalar berildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook