Qashqadaryo kadastr_press
2.69K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.03K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Xususiy mulk huquqini himoya qilish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:

🟢xususiy mulk huquqini tan olish;

🟢xususiy mulk huquqi buzilishidan oldingi holatni tiklash va xususiy mulk huquqini buzadigan yoki uning buzilishi xavfini tug‘diradigan harakatlarning oldini olish;

🟢bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash;

🟢davlat organining va boshqa organning hujjatini haqiqiy emas deb topish;

🟢xususiy mulk huquqini mulkdorning o‘zi himoya qilishi;

🟢burchni aslicha (natura) bajarishga majbur qilish;

🟢zararning o‘rnini qoplash, neustoyka undirish, maʼnaviy ziyonni qoplash;

🟢xususiy mulk huquqi munosabatlarini tartibga solishda qonunchilik barqarorligini taʼminlash;

🟢davlat organining va boshqa organning qonunga zid bo‘lgan hujjatning sud tomonidan qo‘llanilmasligi;

🟢mol-mulkning ayrim turlariga bo‘lgan xususiy mulk huquqining vujudga kelganligini, o‘zgarganligini va bekor qilinganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

Telegram | Instagram | Facebook
937-SONLI QONUNGA KO‘RA

Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun quyidagi miqdorlarda bir martalik to‘lov undiriladi:

➡️ Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida;

➡️ Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida
;
➡️ Viloyatlar bo‘ysunuvidagi boshqa shaharlarda — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida;

➡️ Boshqa aholi punktlarida — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida.

#Kadastr #Qonun_937

Telegram | Instagram | Facebook
Mirishkor tumani filialida profilaktik tadbir o'tkazildi

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalari ma'sullari tomonidan Mirishkor tumani filialida davra suhbati tashkil qilindi.

Unda xodimlarga “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi O‘RQ 937-sonli Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga toʻxtalib oʻtildi.

Uning ijrosini amalga oshirish jarayonida kadastr xodimlarining ta’magirlik, korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi kabi holatlarga yo‘l qo‘ymasligi yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Qanday holatlar kadastr pasporti berishni rad etish uchun sabab bo‘lishi mumkin?

• Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qaroriga asosan, quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:

• noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;

• ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;

• ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;

• vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.

• Kadastr pasportini rasmiylashtirishni ushbu bandda ko‘rsatilmagan asoslar bo‘yicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
#LIVE

Ayni paytda Koson tumanidagi 24-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi binosida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan sayyor qabul o'tkazilmoqda

☎️ Murojaat uchun telefon: 75-227-51-13
75-227-51-14

Telegram | Instagram | Facebook
#Qashqadaryo #yer_nazorati

Ko'kdala tumanidagi Xarduri mahallasida fuqaro tomonidan o'zboshimchalik bilan qurib olingan noqonuniy qurilma bartaraf etildi

❗️Eslatma, O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonuniga asosan hujjatsiz uy-joylarga egalik huquqini berish 2018-yil 1-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o'zboshimchalik bilan egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar nisbatan ko'rib chiqiladi.

O'zingizga huquqiy jihatdan tegishli bo'lmagan yer uchastkalarida noqonuniy qurilishlarni amalga oshirmang.

❗️ Unutmang yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilishlarni amalga oshirishganlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarliklar belgilangan.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi orqali jami  kelib tushgan murojaatlar soni – 1168 tani tashkil etadi

🔹Yer uchastkalari, bino va inshootlarga kadastr hujjatlarini tayyorlash masalasida  153 ta

🔹Yer maydonini o‘zboshimcha egallab olish, noqonuniy qurilish bo‘yicha 560 ta

🔹Kadastr xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan bo‘yicha 157 ta

🔹Kadastr ma’lumotlar bazasi bilan bog‘liq holatlar bo'yicha — 142 ta

🔹Boshqa masalalar bo‘yicha— 156 ta

Shu jumladan, murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha jami 1 168 ta murojaatdan 1 112 ta murojaat ijobiy hal qilingan. 20 tasi o'rganish jarayonida, 36 ta murojaatga huquqiy tushuncha berilgan .

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Ikki fuqaro o‘rtasidagi servitut qanday belgilanadi?

- Servitut uni belgilashni talab qilgan shaxslar bilan o‘zga yer uchastkasining egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi, ijarachisi va mulkdori o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qaroriga binoan belgilanadi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
⚡️Kadastr xizmati: Ko‘chmas mulk tarixi

Hukumat qarori bilan DXM, my.gov.uz yoki davreestr.uz portali orqali “Ko‘chmas mulk tarixi”ga oid maʼlumotlarini aniqlash xizmati yo‘lga qo‘yildi.

Bunda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan so‘rovnomada so‘ralayotgan ko‘chmas mulkning kadastr raqami ko‘rsatiladi.

💰 Xizmat narxi - BHMning 50 foizi (187 500 so‘m)
🗓 Muddat - uch ish kuni

Ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risidagi maʼlumotda quyidagilar aks ettiriladi:

🔹obyektga nisbatan huquq turi va unga asos bo‘lgan hujjat;
🔹obyekt yoki yerning umumiy maydonlari;
🔹obyektning qurilgan yili.

‼️Maʼlumotnoma shaxsga doir maʼlumotlar oshkor etilmagan holda beriladi.

Maʼlumotnoma axborot xususiyatiga ega bo‘lib, kelgusida rasmiy harakatlarni amalga oshirish uchun asos bo‘lmaydi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
#Eslatma

🗓
5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun — 14 dekabr (shanba) rasmiy ish kuni hisoblanadi.

📌Bunda xodimlar shanba kuni ishlaganliklari hisobiga, dam olish kuni 30 dekabr (dushanba) kuniga ko'chirilgan.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Qamashi tumani filiali xodimlari davlat fuqarolik xizmatchilari uchun tashkil etib kelinayotgan navbatdagi "Siyosiy-maʼrifat soati"da ishtirok etishdi.

Haftaning har juma kunida tashkil etilayotgan "Siyosiy-ma'rifat soati" yurtimizda amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlarning mohiyatini xodimlarga keng va batafsil tushuntirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
#Qashqadaryo_Kadastr

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurash bo’limi mutaxassislari tomonidan Qamashi tumanidagi kadastr filialida davra suhbati tashkil qilindi.

Unda filial xodimlariga O'zbekiston Respublikasining "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli Qonuniga muvofiq hamda Davlat kadastrlari palatasi raisining “Ko‘chmas mulklarni xatlov yo‘li bilan texnik inventarizatsiyadan o‘tkazish va elektron yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi uslubiy qo‘llanmani tasdiqlash haqida”gi buyrug'i talablari ijrosini ta'minlash maqsadida xatlov jarayonlarida korrupsion holatlarga yo'l qo'ymaslik yuzasidan tushunchalar berildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook