Qashqadaryo kadastr_press
2.96K subscribers
12K photos
1.67K videos
4 files
6.74K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Kadastrda tanlov

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasida “Eng faol kitobxon davlat fuqarolik xizmatchisi” ko'rik tanlovi o'tkazildi.

Unda boshqarma hamda uning tuman,shahar filiallarida faoliyat yuritib kelayotgan davlat fuqarolik ximatchilari faol ishtirok etishdi.

Tanlovning birinchi bosqichida faxrli 1-o'rinni olgan Qarshi shahri filiali xodimi— Mehriniso Anvarovaga tanlovning keyingi bosqichiga yo'llanma berildi.

“Eng faol kitobxon davlat fuqarolik xizmatchisi” tanlovi davlat fuqarolik xizmatchilari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, davlat xizmatchilarida ma’rifiy va mafkuraviy tushunchalarni singdirib borish, ularda milliy va axloqiy tarbiyani, boy adabiy merosimizga bo‘lgan hurmatni kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Mahallalarda Kadastr filiallari tomonidan sayyor qabullar o'tkazildi

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining filiallari tomonidan shahar, tuman hududlaridagi mahallalarda sayyor qabullar o'tkazilib, sohaga doir murojaatlar o'rganildi.

Jumladan bu kabi qabullar noyabr oyida Qarshi va Shahrisabz shahri, Ko'kdala, G'uzor, Chiroqchi, Kasbi,Shahrisabz, Koson, Yakkabog', Muborak va Mirishkor tumani filiallari tomonidan o'tkazilishi ta'minlandi.

Tadbirda mas'ullar tomonidan murojaatchilarga huquqiy va amaliy yordamlar berildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
⚡️Servitut yuzaga kelganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladigan hujjatlar

🔹Yer uchastkasiga nisbatan servitut belgilanishini nazarda tutuvchi shartnoma yoki sudning qarori servitut yuzaga kelganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.

🔹Servitut yuzaga kelganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjatda
▪️ yer uchastkasi ko‘rsatiladi
▪️ chegaralar belgilanadi
▪️ amal qilish muddati va to‘lov miqdori ko‘rsatiladi.

Asos: O‘RQ–803, 28.11.2022 y.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
⚡️O‘zingizga tegishli yer uchastkangizni masofadan turib xususiylashtirish imkoniga egasiz

🖥Endilikda yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun jismoniy va yuridik shaxslar my.gov.uz orqali murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.

✉️Ariza Kadastr agentligi va Qurilish bo‘limlariga yo‘naltiriladi. Xususiylashtirishga monelik qilmaydigan tomonlari tekshirilgach, fuqaroga xususiylashtirish haqida xabarnoma yuboriladi va talabgor to‘lovni amalga oshiradi.

💰Xizmat uchun to‘lov miqdori:
Arizani ko‘rib chiqish uchun - 27 000 so‘m

Xususiylashtirish to‘lovi
viloyat markazlarida yer solig‘ining 10 baravari,
boshqa hududlarda 5 baravari miqdorida

➡️To‘lov amalga oshirilgach, yer uchastkasiga bo‘lgan davlat orderi beriladi. Ushbu order asosida kadastr organlari yer uchastkasiga nisbatan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Qarshi tumani filialida profilaktik tadbir o'tkazildi

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalari ma'sullari tomonidan Qarshi tumani filialida davra suhbati tashkil qilindi.

Unda xodimlarga “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi O‘RQ 937-sonli Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga toʻxtalib oʻtildi.

Uning ijrosini amalga oshirish jarayonida kadastr xodimlarining ta’magirlik, korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi kabi holatlarga yo‘l qo‘ymasligi yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook
937-SONLI QONUNGA KO‘RA

Yakka tartibdagi uy-joy qurilgan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi quyidagi o‘lchamlarda e’tirof etiladi:

➡️ Agar yer uchastkasi 1998-yil 1-iyulga qadar egallangan bo‘lsa, — barcha hududlarda 0,24 gektardan ko‘p bo‘lmagan o‘lchamda;

➡️ Agar yer uchastkasi 1998-yil 1-iyuldan 2018-yil 1-mayga qadar egallangan bo‘lsa, — Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida 0,06 gektardan, qolgan hududlarda 0,12 gektardan ko‘p bo‘lmagan o‘lchamda.

Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Sayyor_qabul

DIQQAT EʼLON

Hurmatli Koson tumani aholisi !

Aholining Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Koson tumanida sayyor qabul o‘tkaziladi.

Kadastr hujjatini tayyorlash, ko'chmas mulkka oid huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish bo‘yicha va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 12-dekabr kuni soat 12-00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

Sayyor qabul Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i G'ayrat Hamroyev boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Koson tumani, Surxon ko'chasi, 3-uy. 24-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi binosi

☎️ Murojaat uchun telefon: 75-227-51-13
75-227-51-14

Telegram | Instagram | Facebook
⚡️Mol-mulkdan foydalanishda atrof-muhitga zarar yetkazmaslik kerak

➡️ Mulkdor o'ziga tegishli mol-mulkdan o'z xohishicha foydalanadi.

Ammo, mol-mulkdan foydalanish atrof-muhitga zarar yetkazmasligi, boshqa shaxslarning, jamiyat va davlatning huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak.

❗️Shuningdek,
fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdir.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
#Qashqadaryo #KADASTR

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo  viloyati boshqarmasida Davlat yer kadastrini yuritish  sho‘basi tomonidan  tuman (shahar) filiallarining yer hisoboti bo'yicha mutaxassislaridan iborat shtab tashkil etildi.

Mazkur shtabda yer hisobini yurituvchi mutaxassislarning “UzKad” dasturiga kiritilgan Qishloq xo'jalik tashkilot va fermer xo'jalik yerlarini bir xillashitirib yerdan foydalanuvchilarni nomma nom ro'yxatini shakllantirib o‘z muddatida O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslarining holati to‘g‘risidagi 2025-yil 1-yanvar holatida tuziladigan Milliy yer hisobotni  tayyorlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Xususiy mulk huquqini himoya qilish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:

🟢xususiy mulk huquqini tan olish;

🟢xususiy mulk huquqi buzilishidan oldingi holatni tiklash va xususiy mulk huquqini buzadigan yoki uning buzilishi xavfini tug‘diradigan harakatlarning oldini olish;

🟢bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash;

🟢davlat organining va boshqa organning hujjatini haqiqiy emas deb topish;

🟢xususiy mulk huquqini mulkdorning o‘zi himoya qilishi;

🟢burchni aslicha (natura) bajarishga majbur qilish;

🟢zararning o‘rnini qoplash, neustoyka undirish, maʼnaviy ziyonni qoplash;

🟢xususiy mulk huquqi munosabatlarini tartibga solishda qonunchilik barqarorligini taʼminlash;

🟢davlat organining va boshqa organning qonunga zid bo‘lgan hujjatning sud tomonidan qo‘llanilmasligi;

🟢mol-mulkning ayrim turlariga bo‘lgan xususiy mulk huquqining vujudga kelganligini, o‘zgarganligini va bekor qilinganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

Telegram | Instagram | Facebook
937-SONLI QONUNGA KO‘RA

Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun quyidagi miqdorlarda bir martalik to‘lov undiriladi:

➡️ Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida;

➡️ Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida
;
➡️ Viloyatlar bo‘ysunuvidagi boshqa shaharlarda — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida;

➡️ Boshqa aholi punktlarida — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida.

#Kadastr #Qonun_937

Telegram | Instagram | Facebook