Qashqadaryo kadastr_press
2.73K subscribers
11K photos
1.54K videos
4 files
6.17K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
25-oktyabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni

HURMATLI ICHKI ISHLAR TIZIMI XODIMLARI!

Sizlarni “25-oktyabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” bayrami bilan Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz.

Fidokorona mehnatingiz, mamlakatimizda jamoat xavfsizligini ta’minlash, osoyishtalik va barqarorlikni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissangiz alohida e’tirofga loyiqdir.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Kadastr pasportini shakllantirish qaysi holatlarda bepul rasmiylashtirilishi haqida bilasizmi?

Hukumatning 535-son qaroriga asosan quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:

🏠 Ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

🏠 Ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

📖 Kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan).

📱 Mazkur davlat xizmatidan Davlat xizmatlari markaziga borgan holda yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron tarzda foydalanishingiz mumkin.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Bir harakatda noturar obyektlarni kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mumkin!

Buning uchun:
Jismoniy yoki yuridik shaxs Davlat xizmatlari markazlariga yoki onlayn - my.gov.uz orqali murojaat qilishi lozim.

Shu o'rinda davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun BHMning 1 barobaridan 80,5 barobarigacha yig‘im undiriladi.

🔹 Ariza 5-25 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi.

📄
Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha kadastr pasporti (qog‘oz yoki plastik shaklda) taqdim etiladi.

Keyingi qadamda ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) DXMga yoki ariza beruvchiga YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.

Xizmatdan foydalanish: https://my.gov.uz/oz/service/692

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Mirishkor tumani filiali rahbari M.Tursunov tomonidan sayyor qabul o’tkazildi.

Obodon va Mirobod mahallalari aholisi ishtirok etgan sayyor qabulda auksionda tadbirkorlik uchun yer uchastkasi olish, kadastr hujjatini tayyorlash, uy- joyga egalik huquqini olish, meros ishi va boshqa masalalar yuzasidan jami 10 ga yaqin murojaatlar yo'llangan.

O'tkazilgan tadbirda mas'ullar tomonidan murojaatchilarga huquqiy va amaliy yordamlar ko’rsatilib, sohaga doir Qonunchilikdagi o'zgarishlar haqida batafsil ma'lumot berildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Kadastr xodimlari mahallalarda

"Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida" tamoyili asosida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Qamashi tumani filialida ham muntazam ravishda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Qamashi tumani filiali xodimlari tomonidan "Changak ", "Chim" va "Qiziltepa" mahallalarida aholi va tadbirkorlarning Kadastr bilan bog‘liq murojaatlari qonuniy tartibda o‘rganib chiqilib, vakolat doirasidagi murojaatlar ijobiy hal etildi.

❗️Ma‘lumot o‘rnida, yil boshidan hozirgi kunga qadar Qamashi tumani filialiga 260 dan ziyod murojaatlar kelib tushgan.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalari mas'ullari tomonidan Qarshi shahri va Qarshi tumanida davra suhbati tashkil qilindi.

Unda xodimlarga “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi O‘RQ 937-sonli Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga toʻxtalib oʻtildi.

Uning ijrosini amalga oshirish jarayonida kadastr xodimlarining ta’magirlik, korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi kabi holatlarga yo‘l qo‘ymasligi yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Kadastr filialida ochiq muloqot

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Yakkabog' tumani filiali rahbari boshchiligida ochiq muloqot tadbiri o‘tkazildi.

Aholi hamda tadbirkorlarni qiynab kelayotgan kadastr masalasidagi murojaatlari yechimi yuzasidan choralar ko‘rish, shuningdek bugungi kunda hukumatimiz tomonidan sohaga oid qabul qilinayotgan Qaror va Farmonlarning mazmun mohiyati bo‘yicha kerakli tushunchalar berish maqsadida o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan ochiq muloqot tadbirlarida aholi roziligiga erishish maqsad qilingan.

Tadbirlar davomida fuqarolarning sohaga oid murojaatlari o‘rganildi. Kelib tushgan murojaatlarni qonun doirasida ijobiy hal qilish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish  uchun bir martalik to‘lovni to‘lashdan quyidagi shaxslar ozod etiladi:

🔹bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida bir martalik yig‘imni to‘liq to‘lagan shaxslar;

🔹I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.

❗️“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan shaxslardan bir martalik to‘lov belgilangan to‘lovning 50 foizi miqdorida undiriladi.

Manba: O‘RQ-937-son, 13-modda

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Kadastr xodimlari mahallalarda

"Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida" tamoyili asosida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Koʻkdala tumani filialida ham muntazam ravishda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Koʻkdala tumani filiali xodimlari tomonidan  "Oltin dala", "Xoʻjaobod" va "Guliston" mahallalarida aholi va tadbirkorlarning Kadastr bilan bog‘liq murojaatlari qonuniy tartibda o‘rganib chiqilib, vakolat doirasidagi murojaatlar ijobiy hal etildi.

❗️Ma‘lumot o‘rnida, yil boshidan hozirgi kunga qadar Koʻkdala tumani filialiga 300 dan ziyod murojaatlar kelib tushgan.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
KADASTR MULOQOTDA

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Qarshi shahar filiali mas'ullari Qashqadaryo telekanalining MULOQOT ko'rsatuvida ishtirok etishdi va jonli efirda savollarga javob berishdi

TO'LIQ VIDEO

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
📌Kadastr bilan bog‘liq quyidagi 8 turdagi xizmatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlashni talab etmaydi:

🔹 Fuqaroning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma berish;

🔹 Bino va inshootlarning ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🔹 O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🔹 Yakka tartibda uy-joy qurishga (rekonstruksiya qilishga) loyiha-smeta hujjatlarini kelishish;

🔹 Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish;

🔹 Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibdagi uy-joy qurish obyekti uchun);

🔹 Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibda uy-joy qurish obyekti bo‘lmagan obyekt uchun);

🔹 Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
KADASTR MANZILLARI !!!

📍Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Koson tumani filiali

💼 Filial rahbari - Haitov Uktam Urinovich

🏢Manzil: Qashqadaryo viloyati, Koson tumani,Mug'jagul MFY. "Nasaf" ko'chasi 3-uy

Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish, yerni xususiylashtirish shu va shu kabi sohaga doir murojaatlaringiz bormi ?

Sohaga doir murojaatlarga vakolat doirasida huquqiy tushuncha va amaliy yordam berishga tayyormiz.

☎️Murojaat uchun telefon: 75-592-46-86

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Qanday hollarda yer uchastkalari mulk huquqi asosida auksionga qo‘yiladi ?

Javob:
- Agar yer uchastkalari aholi punktlarining bosh rejalariga, aholi punktlari qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalariga yoki hududlarni kompleks rivojlantirish va rejalashtirish bo‘yicha boshqa hujjatlarga, xususan, master-reja talablariga yoxud yer uchastkalaridan foydalanishning ruxsat berilgan turlariga muvofiq bo‘lsa, ular mulk huquqi asosida auksionga qo‘yiladi

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
#Kadastr #Qashqadaryo

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Kasbi va Mirishkor tumani filiallari xodimlari bilan "O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risidagi O'RQ-937-sonli qonuni mazmun mohiyati hamda qonun ijrosi doirasida korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Yig‘ilishda Davlat kadastrlari palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi bosh mutaxassisi X.Nasirov ishtirok etdi.

◼️ Suhbat davomida har bir xodim o‘z vazifasiga vijdonan yondoshgan holda faoliyat yuritishini, vazifasini suiisteʼmol qilmasligi, korrupsion faoliyat uchun jazo muqarrarligi hayotiy misollar orqali tushuntirildi.


🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Davlat xizmatchisining tashqi ko‘rinishida rasmiylik va kamtarlik bo‘lishi lozim

Davlat xizmatchilarining xizmat faoliyatidagi tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubi fuqarolarning davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga hurmatini, shu jumladan davlat xizmatining nufuzini oshirishga xizmat qilishi kerak.

Davlat xizmatchisining tashqi ko‘rinishi mehnat sharoitlari va xizmat turiga qarab, xizmat majburiyatlarini bajarishi vaqtida fuqarolarning davlat tashkilotiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishiga ko‘maklashishi, umumiy qabul qilingan ish uslubiga muvofiq bo‘lishi va rasmiylik, xolislik, kamtarlik va intizomni namoyon etishi lozim.

Davlat xizmatchilarining ish joyida tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubiga oid qo‘shimcha talablar idoraviy odob-axloq qoidalari hamda ichki mehnat tartibida belgilanishi mumkin.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook