Qashqadaryo kadastr_press
2.71K subscribers
11K photos
1.54K videos
4 files
6.13K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
#Qashqadaryo #Kadastr

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Chiroqchi tuman bo‘lim va filiali xodimlari bilan "🇺🇿O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risidagi O'RQ-937-sonli qonuni mazmun-mohiyati hamda qonun ijrosi doirasida korrupsiya holatlarga yo‘l qo‘ymaslik" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Tadbirda xodimlarni o‘z xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarilishiga alohida to‘xtalib o'tildi.

Huquqbuzarliklarni oldini olish, ularni keltirib chiqaradigan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, uning oqibatlari alohida misollar bilan tushuntirildi.

Telegram | Instagram | Facebook
#Kadastr #Qashqadaryo

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Yakkabog' tumani filiali rahbari boshchiligida ochiq muloqot tadbiri o‘tkazildi.

Aholi hamda tadbirkorlarni qiynab kelayotgan kadastr masalasidagi murojaatlari yechimi yuzasidan choralar ko‘rish, shuningdek bugungi kunda hukumatimiz tomonidan sohaga oid qabul qilinayotgan Qaror va Farmonlarning mazmun mohiyati bo‘yicha kerakli tushunchalar berish maqsadida o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan ochiq muloqot tadbirlarida aholi roziligiga erishish maqsad qilingan.

Tadbirlar davomida fuqarolarning sohaga oid murojaatlari o‘rganildi. Kelib tushgan murojaatlarni qonun doirasida ijobiy hal qilish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
#Kadastr #Qarshi_tumani

🔹 Kadastr agentligining Qarshi tumani bo'limi tomonidan "Lagandi" mahallasida yer nazorati o'tkazildi

O'rganishlar davomida fuqaro hech qanday huquqiy hujjatlarsiz 5 sotix yer maydonini  o’zboshimchalik bilan egallab olib, qurilish ishlarini amalga oshirgani aniqlandi.

Huquqbuzarga nisbatan MJTKning 60-moddasi 3-qismiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va jarima jazosi belgilandi.

❗️Eslatma, O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonuniga asosan hujjatsiz uy-joylarga egalik huquqini berish 2018-yil 1-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o'zboshimchalik bilan egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar nisbatan ko'rib chiqiladi.

O'zingizga huquqiy jihatdan tegishli bo'lmagan yer uchastkalarida noqonuniy qurilishlarni amalga oshirmang.

❗️ Unutmang yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilishlarni amalga oshirishganlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarliklar belgilangan.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kadastr ayollari sport musobaqasi

⛹‍♀ Bahslarning eng qiziqarli jarayonlarini mazkur videoda tomosha qiling

🔥🔥👍👍

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
  Yo‘qolgan kadastr pasporti qanday tartibda tiklanadi ?

Javob:
- Buning uchun ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki my.gov.uz portalida (YAIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

✉️ Ariza beruvchilar o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazlari xodimi — ariza beruvchi nomidan, YAIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, belgilangan shakldagi so‘rovnomani elektron shaklda mustaqil to‘ldiradi.

📄 Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, so‘rovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.

📎 So‘rovnomaga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.

❗️Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Kadastrda "Rahbar va yoshlar uchrashuvi"

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasida  "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" tashkil etildi.

Boshqarma boshlig'i G'ayrat Hamroyev boshqarmaning tuman, shahar bo'limlarida faoliyat olib borayotgan 30 yoshgacha bo'lgan xodimlar bilan muloqot qildi.

Uchrashuv davomida yosh xodimlarni qiziqtirayotgan savollar, yuzaga kelgan kamchiliklar va ish faoliyatini yanada samarali tashkil etish borasidagi takliflari tinglandi va ushbu berilgan takliflar hamda savollar yechimi yuzasidan mutasaddi xodimlarga topshiriqlar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook
Kadastr xalq xizmatida

"Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida" tamoyili asosida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Shahrisabz shahar filialida ham muntazam ravishda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Shahrisabz shahar filiali xodimlari tomonidan Ammag'on, Kesh, Uychilik, Bo'ston mahallalarida aholi va tadbirkorlarning Kadastr bilan bog‘liq murojaatlari qonuniy tartibda o‘rganib chiqilib, vakolat doirasidagi murojaatlar ijobiy hal etildi.

❗️Ma‘lumot o‘rnida, yil boshidan hozirgi kunga qadar Shahrisabz shahar filialiga 240 dan ziyod murojaatlar kelib tushgan.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
KADASTR MANZILLARI !!!

📍Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining QARSHI tumani filiali

💼 Filial rahbari - PRIMOV JAMOLIDDIN HAYITBOYEVICH

🏢Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani, Bunyodkor MFY Mustaqillik ko'chasi

Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish, yerni xususiylashtirish shu va shu kabi sohaga doir murojaatlaringiz bormi ?

Sohaga doir murojaatlarga vakolat doirasida huquqiy tushuncha va amaliy yordam berishga tayyormiz.

☎️Murojaat uchun telefon: 75-572-19-69

🇺🇿 telegram | instagram | facebook‌‌
#Qashqadaryo_Kadastr

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari tomonidan G'uzor tumani filialida tashkil etilgan davra suhbatida ham xodimlarning o‘ziga yuklatilgan vazifalarga mas’uliyat bilan yondashishi, murojaatlarni vaqtida va sifatli ko‘rib chiqishi, korrupsiya kabi salbiy holatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishi kabi muhim masalalarga to‘xtalib o‘tildi.

◼️Shuningdek, 🌏“Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi 937-sonli Qonun ijrosini amalga oshirish jarayonida kadastr xodimlarining ta’magirlikka, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymasligi yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Dehqonobod tumani filialida 9 mingdan ziyod ko'chmas mulklarning hujjatlari qayta ko'rib, o'rganib chiqildi

Davlat kadastrlari palatasi Dehqonobod tumani filiali arxivida jami 31 574 ta ko‘chmas mulkka tegishli hujjatlar saqlanmoqda.

Shundan

➡️ turar joylar arxiv hujjatlari - 28265 ta

➡️ noturar joylar arxiv hujjatlari -3053 ta

➡️xonadonlar arxiv hujjаtlari - 256 ta

Bugungi kunga qadar 7 ming 470 dan ziyod turar joy hujjatlari, 1900 taga yaqin noturar joy hujjatlari qayta ko'rib, o'rganib chiqildi.

Qolgan obyektlar hujjatlarini o‘rganish va raqamlar bo‘yicha tartiblashtirish ishlari davom etmoqda

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kadastr xodimlari mahallalarda

"Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida" tamoyili asosida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Koson tumani filialida ham muntazam ravishda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Koson tumani filiali xodimlari tomonidan "Alachabob", "Jizzalik" va "Mash'al" mahallalarida aholi va tadbirkorlarning Kadastr bilan bog‘liq murojaatlari qonuniy tartibda o‘rganib chiqilib, vakolat doirasidagi murojaatlar ijobiy hal etildi.

❗️Ma‘lumot o‘rnida, yil boshidan hozirgi kunga qadar Koson tumani filialiga 500 dan ziyod murojaatlar kelib tushgan.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook