Qashqadaryo kadastr_press
2.72K subscribers
11K photos
1.54K videos
4 files
6.13K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha mutaxassislari tomonidan Yakkabog' tumanidagi Kadastr boʻlim(filial)i xodimlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.

Unda xodimlarga “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi O‘RQ 937-sonli Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga toʻxtalib oʻtilidi.

Uning ijrosini amalga oshirish jarayonida kadastr xodimlarining ta’magirlik, korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi kabi holatlarga yo‘l qo‘ymasligi yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🟦🟦

DIQQAT E’LON!

▶️Hurmatli Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🇺🇿 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

🗓Sayyor qabul kuni: 2024-yil, 19-sentabr, soat 11:00 da

📍 Manzil: Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani, Mushqoqi MFY, Buyuk Turon ko’chasi, 4-uy, Qishgi madaniyat saroyi binosi.

📃 Qabulga yozilish uchun (75) 227-51-13, (75) 642-30-24 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kadastr agentligining Shahrisabz shahar bo'limi hamda ishchi guruhi a'zolari tomonidan shaharning markaziy Ipak yo'li, Fayzulla Xo'jaеv ko'chalarida nazorat tadbiri o'tkazildi.

Aniqlangan noqonuniy qurilish holatlari bo'yicha qurilish egalariga qonunchilik talablari tushuntirilib,ogohlantirish xatlari berib borilmoqda.

Eslatma, O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonuniga asosan hujjatsiz uy-joylarga egalik huquqini berish 2018-yil 1-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o'zboshimchalik bilan egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar nisbatan ko'rib chiqiladi.

O'zingizga huquqiy jihatdan tegishli bo'lmagan yer uchastkalarida noqonuniy qurilishlarni amalga oshirmang.

❗️ Unutmang yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilishlarni amalga oshirishganlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarliklar belgilangan.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
DIQQAT E'LON ❗️❗️❗️

🔰 Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi o‘zbek tilini o'rganish istagida bo'lgan aholi qatlami vakillari uchun bepul kurslar tashkil etmoqda.

🌐 Ushbu ma'lumotni o'zbekcha gapirishga qiynalayotgan hamkasbingiz, do'stingizga yetkazishni unutmang!

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'tgan 8 oy ichida Qashqadaryoda...

🔹29 mingdan ziyod bino inshootlarga kadastr pasportlari shakllantirildi.

🔹38 694 ta ko'chmas mulklarga bo'lgan huquqlar davlat ro'yxatidan o'tkazildi

Viloyat bo‘yicha 183 gektardan ziyod  4 844 ta  bo‘sh yer uchastkalari xatlov natijasida aniqlandi.

🔹4 mingdan ziyod  murojaatlar xodimlar tomonidan ijobiy hal etildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Aholi bilan muloqot qilish, ularning muammolarini tinglash va hal etish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi

Kasbi tumanida Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari Ravshan Nishanov boshchiligida fuqaro va tadbirkorlar uchun sayyor qabul o'tkazildi.

Shuningdek, qabulga yig'ilgan fuqarolarga eng avvalo hozirgi kundagi dolzarb mavzu: “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun boʻyicha asosiy tushunchalar berildi.

Muloqotda aholi tomonidan bildirilgan muammolarga viloyatdagi mas'ullar bilan birgalikda yechim izlandi.

Bugungi sayyor qabulda kadastr hujjatini tayyorlash, tadbirkorlik uchun yer olish, uy-joyga egalik huquqini olish masalalarida qilingan murojaatlar ko'rib chiqildi hamda ularga mas'ullar tomonidan huquqiy va amaliy yordamlar ko'rsatildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook