Qashqadaryo kadastr_press
3.29K subscribers
11.3K photos
1.58K videos
4 files
6.33K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qashqadaryolik kadastr ayollari "Xon atlas" haftaligida faol ishtirok etishmoqda

O‘zbek milliy liboslariga mehr uyg‘otish va ommalashtirish maqsadida Respublika bo‘ylab «Xon atlas» haftaligiga start berilgan.

Yurtimiz bo‘ylab an‘aviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Xon atlas“ haftaligida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi hamda tizimda faoliyat yuritayotgan go‘zal va dilbar  xotin-qizlar ham faol ishtirok etishmoqda.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
#O‘RQ-937-son, 2-modda

Ortiqcha egallangan yer uchastkasi

Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni belgilovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan yer uchastkasi maydonidan ortiq bo‘lgan, yer uchastkasining chegarasidan tashqarida, unga tutash hududda joylashgan yer maydoni.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
RASMIY MUNOSABAT

You tube ijtimoiy tarmog'ida Dehqonobod tumani Torqopchug’ay mahallasida yashovchi fuqaroning murojaati e'lon qilingan.

Video murojaatda fuqaro ko'chmas mulkiga nisbatan kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib olishda muammoga uchrayotgani haqida bildirib, qo'shnisiga kadastr hujjati tayyorlab berilgani, unga esa ko'chmas mulk hujjatlari tayyorlab berilmaganidanidan norozi ekanligini ma'lum qilgan.

Mazkur mavzuda yo'lIangan murojaat 2023-yilning mart oyida Kadastr mutaxassislari tomonidan joyiga chiqqan holda vakolat doirasida o'rganilgan va murojaat muallifiga tegishli tartibda javob berilgan.

O'rganishlar jarayonida, kadastr hujjati tayyorlab berilgani aytilgan Torqopchug’ay qishlog’ida yashovchi Aliqulov. T. ga tegishli bo’lgan turar-joy dastlab 2016- yilda o’zboshimchalik bilan qurilgani aniqlangan.

Keyinchalik Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 21-iyundagi “Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora tadbirlar hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi Prizentining 2018-yil 20-apreldagi PF-5421-sonli farmoni ijrosini ta’minlash chora tadbirlari haqidagi 461-sonli qaroriga asosan vakolatli organlar tomonidan ijobiy xulosa berilgach, 2019-yilda fuqaroga tegishli bo'lgan umumiy yer maydoni 600,00 kv.metr bo'lgan imoratiga mulk huquqi berilgan va ro'yxatdan o'tkazilgan.

Murojaat muallifi Qayumov Nomoz tomonidan egallanib foydalanib kelinayotgan yer maydonining esa huquqiy hujjatlari mavjud emas. Shu boisdan ushbu ko'chmas mulkni soliqqa tortish maqsadida 2016-yilda foydalanuvchi kadastr yig’ma jildi tayyorlab berilgan va turar-joyning maydonlari kadastr yig’ma jildida aks ettirilgan.

Qonunchilikka ko'ra, ko'chmas mulkka nisbatan huquqiy hujjatlar mavjud bo'lmaganda kadastr pasportini rasmiylashtirish imkonsiz.

Shu sababli murojaat muallifi Nomoz Qayumovning ko'chmas mulkiga kadastr pasportini rasmiylashtirish borasidagi murojaati qonuniy tartibda rad etilgan.


🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Kadastr agentligi Koson tuman bo'limi inspektorlari tomonidan tumanning "Mug'jagul" mahallasida nazorat tadbiri o'tkazildi.

O'rganishlar davomida mazkur hududdagi yer maydoni fuqaro tomonidan o'zboshimchalik bilan egallanib olingani holati aniqlandi.

Holat yuzasidan, Koson tuman bo'limi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 60-modda, 2-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ogohlantirish xati berilgan.

Shundan so'ng, fuqaro tomonidan qurib olgan molxona binosi ixtiyoriy ravishda bartaraf etib, yer maydoni davlat zaxirasiga qaytarilishi ta'minlandi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Германия Федерал Канцлери Олаф Шольц Самарқанд шаҳрида икки мамлакатнинг етакчи компания ва банклари вакиллари билан учрашув ўтказдилар.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Федеральный Канцлер Германии Олаф Шольц провели совместную встречу с представителями ведущих компаний и банков двух стран в городе Самарканде.

#Mirziyoyev #tashrif #Samarqand #ishbilarmonlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Hozirda qanday huquqlar tan olinadi va davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi?

❗️
Yer uchastkasini ajratish (realizatsiya qilish) to‘g‘risidagi 2021-yilning 1-avgustiga qadar qabul qilingan hujjatlarda yer uchastkasiga bo‘lgan huquq turi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, quyidagi huquqlar tan olinadi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim:

🔹yakka tartibda uy-joy qurish va uni obodonlashtirish, dehqon xo‘jaliklarini hamda jamoa bog‘dorchiligini va uzumchiligini yuritish uchun foydalaniladigan yer uchastkalariga nisbatan jismoniy shaxslarning meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;

🔹binolar va inshootlar qurilishi uchun berilgan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi;

🔹qishloq va o‘rmon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasini ijaraga olish huquqi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
#Kadastr_Sayyor_qabul #Qashqadaryo

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Mirishkor tumani filiali tomonidan “Do'stlik’” MFY da sayyor qabul o’tkazildi.

Unda tadbirkorlik uchun yer uchastkasi olish, kadastr hujjatini tayyorlash, uy- joyga egalik huquqini olish, meros ishi va boshqa masalalar yuzasidan jami 10 ga yaqin murojaatlar yo'llangan.

O'tkazilgan tadbirda mas'ullar tomonidan murojaatchilarga huquqiy va amaliy yordamlar ko’rsatilib, sohaga doir Qonunchilikdagi o'zgarishlar haqida batafsil ma'lumot berildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📃 Noturar obyektlarini kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun uydan chiqmagan holda my.gov.uz portali orqali ariza berish tartibini bilib oling.

➡️HARAKATLAR KETMA-KETLIGI➡️

1️⃣ Ariza beruvchi YIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi;

2️⃣ Ushbu xizmat kompozit tarzda ko‘rsatiladi;

3️⃣ Vakolatli organ joylardagi o‘lchovlarni amalga oshiradi va YIDXP orqali elektron shaklda talabgorga to‘lov uchun invoys yuboradi;

4️⃣ Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ko‘chmas mulk obyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va yig‘im summasi ko‘rsatilgan xabarnomani arizachiga yuboradi;

5️⃣Ariza beruvchi to‘lovlarni amalga oshiradi;

6️⃣Vakolatli organ kadastr pasportini shaklantiradi va YIDXP orqali arizachiga xabarnoma yuboradi.

Xizmat ko'rsatish muddati:

🔡) kadastr pasportini shakllantirish

🌟Kadastr pasportini tayyorlash obyektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🟢umumiy maydoni 100 kv.m. gacha — 5 ish kunigacha;
🟢umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha — 7 ish kunigacha;
🟢umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha — 10 ish kunigacha;
🟢umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha — 15 ish kunigacha;
🟢umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha — 20 ish kunigacha;
🟢umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq — 25 ish kunigacha;
🟢ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha.

🔡) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

🟢2 ish kunigacha.

🪙 Xizmat narxi: Ko'chmas mulk obyektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlari

▶️ Xizmatdan foydalanish 👇

#onlayn_xizmatlar

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM