Qashqadaryo kadastr_press
2.69K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.03K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Kadastr xodimlari umumxalq xayriya hasharida faol

Bugun yurtimizda umumxalq xayriya hashari o'tkazilmoqda. Qadimiy va boqiy qadriyatlarimizdan bo'lgan hashar ishlarida qashqadaryolik kadastr xodimlari ham faol ishtirok etishdi.

Hashar davomida Kadastr boshqarmasi binosi va uning atrofida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Jumladan yo'l chetidagi to'siqlar oqlanib, bino atrofida ekilgan daraxtlarga ishlov berildi.Yer maydonlaridan begona o'tlar olib tashlandi. Atrof yanada orasta holatga keltirildi.

🔹Siz ham yurtimizni obod qilishga o'z hissangizni qo'shing!

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
#QASHQADARYO_KADASTR_HASHAR

📸Umumxalq xayriya hashari Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining tuman, shahar filiallarida ham uyushqoqlik bilan tashkil etildi

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 33 YILLIGI MUNOSABATI BILAN TANLOV EʼLON QILINADI!

Kadastr agentligi  Davlat kadastrlari palatasining Eng faol va ilg'or hududiy boshqarmasiga OVOZ BERING!

Eng koʻp ovoz toʻplagan hududiy boshqarmalar mustaqillik bayrami arafasida “ENG FAOL VA ILGʻOR HUDUDIY BOSHQARMA - 2024” nominatsiyasi boʻyicha taqdirlanadi. 

Soʻrovnoma 2024-yil 25-avgust soat 23:00 ga qadar davom etadi.

Quyida Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari:

OVOZ BERING!
#Seminar #Sud_va_Kadastr

Qashqadaryo viloyat Sudida seminar-trening o'tkazildi.

Seminarda Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi ham ishtirok etdi.

Unda kadastr bilan bilan bog‘liq nizolarni ko‘rib chiqishdagi sud amaliyoti haqida gapirib o'tildi.

Shuningdek, “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun haqida ma'lumot berildi.

Sudyalar va kadastr  mutaxassislari mavjud muammolarning yechimi bilan bog‘liq taklif-mulohazalarini o'rtaga tashlashdi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Aholi_uchun_yana_bir_qulaylik Kadastr filiali mas'ullari ham savollaringizga javob berishadi

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi aholining ko'chmas mulkka kadastr hujjati tayyorlash, davlat ro'yxatidan o'tkazish va kadastrga doir boshqa savol va murojaatlariga #tezkor javob qaytarish maqsadida, Boshqarma va uning shahar-tuman filiallarida o'rnatilgan ishonch telefon raqamlarini e'lon qiladi.

🔹Boshqarma 75-227-51-13, 75-227-51-14

G'uzor tumani 75-552-11-63
Dehqonobod tumani 75-612-20-10
Kasbi tumani 75-642-30-24
Kitob tumani 95-506-34-24
Koson tumani 75-592-46-86
Ko'kdala tumani 55-406-01-50
Qamashi tumani 75-532-54-00
Qarshi tumani 75-572-19-69
Mirishkor tumani 75-652-13-13
Muborak tumani 75-672-16-66
Nishon tumani 75-220-01-28
Chiroqchi tumani 75-562-18-31
Shahrisabz tumani 75-522-15-89
Yakkabog' tumani 75-582-22-47
Qarshi shahri 75-230-12-19
Shahrisabz shahri 75-522-15-81

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
"E-auksion" platformasida xalqaro yo'llar bo'yidagi xizmat ko'rsatish joylarini sotib oling!


🔹 Qashqadaryo viloyatida 220 ta (ko'rish)

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Yangi Qonun bo'yicha seminarlar

Nishon tumanidagi Kadastr filialida "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi Qonunning mazmun-mohiyatini xodimlarga to'liq tushuntirish maqsadida seminar tashkil etildi.

Unda Davlat kadastrlari palatasining bosh yuriskonsulti Nodir Xodjamov Qonunning asosiy jihatlari, tartib-taomillari haqida taqdimotlar orqali Nishon,Qamashi, G'uzor va Dehqonobod tumani filiallari xodimlariga batafsil ma'lumotlar berdi.

Har bir tuman bo'yicha savollarga birma-bir javob berilib, o'rtaga tashlangan takliflarni o'rganib chiqish uchun inobatga olindi.

Bu kabi seminarlar viloyatdagi barcha shahar, tuman filiallari xodimlari uchun joylarda tashkil etiladi

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook