Qashqadaryo kadastr_press
2.73K subscribers
11K photos
1.54K videos
4 files
6.15K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

🇺🇿 "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli Qonunda nazarda tutilgan tartib-taomillar infografika ko'rinishida.

#Kadastr_agentligi #infografika

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kadastr xodimlari mahallalarda

"Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida" tamoyili asosida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Ko'kdala tumani  filialida ham muntazam ravishda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Ko'kdala tumani filiali xodimlari tomonidan "Oltin boshoq", "Utamayli" va "Uymovut" mahallalarida aholi va tadbirkorlarning Kadastr bilan bog‘liq murojaatlari qonuniy tartibda o‘rganib chiqilib, vakolat doirasidagi murojaatlar ijobiy hal etildi.

❗️Ma‘lumot o‘rnida, yil boshidan hozirgi kunga qadar Ko'kdala  tumani filialiga 300 ga yaqin murojaatlar kelib tushgan

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
#LIVE

Ayni paytda Kitob tumanidagi "Hamid Olimjon" mahallasida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan sayyor qabul o'tkazilmoqda

Telegram | Instagram | Facebook
DIQQAT E'LON ❗️❗️❗️

Hurmatli fuqarolar hamda tadbirkorlar

Aholining kadastr sohasi bo'yicha muammolarini hal qilish, ko'maklashish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Kasbi tumani filiali tomonidan ochiq muloqot o'tkazilmoqda.

📍Manzil: Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Kasbi tumani filiali binosi

🕔 Ochiq muloqot 19-avgust kuni soat 11:00 da bo'lib o'tadi.

☎️ Aloqa raqami: 75-642-21-39

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Aholi bilan yaqindan muloqot qilish, ularning muammolarini tinglash va hal etish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining navbatdagi sayyor qabuli Kitob tumanida o‘tkazildi.

Muloqotda aholi tomonidan bildirilgan muammo va takliflarga mas'ullar bilan birgalikda yechim izlandi. Aytish kerak, bu kabi qabullar natijasida ko'plab fuqarolarimizning asosli murojaatlari yechim topmoqda.

Bugungi sayyor qabulda noqonuniy qurilish, kadastr hujjatini tayyorlash, kadastr bazasidagi holat, uy-joyga egalik huquqini olish masalalarida qilingan murojaatlar ko'rib chiqildi hamda ularga mas'ullar tomonidan huquqiy va amaliy yordamlar ko'rsatildi.

Telegram | Instagram | Facebook
#bilasizmi #qonunchilikda_yangilik

⚡️Ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim!

Ko‘chmas mulkka taqiq qo‘yish yoki taqiqni olib tashlash to‘g‘risidagi hujjat ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga kelib tushgan kundan e’tiboran 1 ish kuni ichida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.

‼️Ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiq uni qo‘ygan vakolatli mansabdor shaxsning yoki sudning qaroriga binoan olib tashlanadi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Yangi Qonun yuzasidan huquqiy seminarlar o'tkazilmoqda

🇺🇿Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonuni e'lon qilindi.

Qonunning mazmun-mohiyatini xodimlarga to'liq tushuntirish, ijrosi yuzasidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalardan xabardor qilish maqsadida Qashqadaryodagi kadastr filiallarida Adliya bo'limi mas'ullari bilan hamkorlikda seminarlar o'tkazilmoqda.

Bu galgi seminarlar Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Qarshi va Shahrisabz shahri, Shahrisabz tumani,Qamashi,Yakkabog',Kitob, Ko'kdala va Dehqonobod tumani filiallarida o'tkazildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook