Qashqadaryo kadastr_press
2.7K subscribers
11K photos
1.53K videos
4 files
6.12K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
#MATBUOT_ANJUMANI_KADASTR

Qarshi shahridagi Jurnalistlar uyida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalari tomonidan OAV vakillari va blogerlar uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

Matbuot anjumanida boshqarma boshliqlari Jasur Usmonov hamda G'ayrat Hamroyev yer va kadastr yo'nalishida bajarilayotgan ishlar hamda sohada amalga oshirilgan kadastr xizmatlari yuzasidan ma'lumotlar berishdi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Қашқадарёдаги 92 фоиз ерларнинг электрон харитаси яратилди. Бунинг қандай афзалликлари бор ?

Давлат кадастрлари палатаси Қашқадарё вилояти бошқармаси бошлиғи Ғайрат Ҳамроев вилоятдаги 2 миллион 634 минг гектар ерларнинг электрон харитаси яратилганини маълум қилди.

Шунингдек бошқарма бошлиғи 2 миллион 458 минг гектар яъни 86 фоиз ерларнинг давлат рўйхатидан ўтказилганига тўхталиб ўтди ва бунинг афзаликллари ҳақида гапирди.

Илгари ер банланси ҳисоботлари фақатгина қоғоз жадвалларидаги рақамларда юритилганлиги боис тегишли ўзгартиришларни киритиб бориш инсон омилига боғлиқ бўлиб, қўлда киритиб келинган.

“Uzkad” ягона интеграциялашган дастурида эса, ер майдонларининг бўлиниши, чегаралари ва ерга оид барча маълумотлар электрон хариталарда шакллантирилганлиги боис барча ердан фойдаланувчиларнинг ҳуқуқлари кафолатланган. Ер ва мулк солиқларининг ҳисобланиши ва тўланишида шаффофлик тамойиллари таъминланган.

🇺🇿ҚАШҚАДАРЁ ХАЛҚИ учун ташкил этилган махсус канал!👇
https://t.iss.one/+UjOf6LoeHTEyZWQy
Qarshi shahar filiali xodimlari uchun o'quv seminari o'tkazildi

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining filiallarida sohaga oid qonunchilik hujjatlari va axborot tizimlaridagi o'zgarishlar bo'yicha o'quv seminarlarini o'tkazib borish yo'lga qo'yilmoqda.

Seminarlar reja asosida bir haftada bir marotaba tashkil etiladi.

Ularning dastlabkisi, Qarshi shahar filialida o'tkazildi. Unda filial bosh muhandisi "Uzkad" integratsiyalashgan axborot tizimi haqida Kadastr muhandislariga atroflicha ma'lumotlarni berib o'tdi.

Navbatdagi huquqiy axborot berish bo'yicha seminar Qamashi tumani filialida bo'lib o'tadi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Davlat tilida ish yuritish

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasida xodimlar uchun “Davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiq ish yuritish” mavzusida seminar tashkil etildi.

Unda boshqarmaning Murojaatlar bilan ishlash sho‘basi mas'ullari mavzuga oid targ‘ibot materiallaridan samarali foydalangan holda O‘zbek tili yozuvining tarixi, uning davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish bo‘yicha qabul qilingan hujjatlar haqida tinglovchilarga ma’lumot berishdi.

Shubhasiz, bu kabi seminarlar davlat xizmatchilarining davlat tilida ish yuritish borasidagi bilimlarini yanada oshirishga muhim hissa qo‘shadi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAVDA_KADASTR_MATBUOT_ANJUMANI

Qarshi shahrida o'tkazilgan matbuot anjumanida 6 oy ichida yer nazorati, kadastr xizmatlarini ko'rsatish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma'lumot berildi.

Jumladan, yanvar-iyun oylari davomida Kadastr xodimlari tomonidan viloyatda o‘tkazilgan monitoringlar davomida 2075 ta holatda 510,7 gektar yer uchastkalarida qonunbuzarlik holatlari aniqlangani ta'kidlandi.

Shuningdek, 6 oy ichida 21 mingdan ziyod jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo'lgan yer uchastkalari va ko'chmas mulklariga kadastr pasportlari tayyorlangani ham ma'lum qilindi.

Tafsilotlar Nasaf telekanalining "XABARLAR" informatsion dasturi lavhasida

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
#Intervyu_Kadastr #Qashqadaryo

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i G'ayrat Hamroyev o'tgan 6 oy ichida Kadastr sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan O'zbekiston 24 telekanaliga intervyu berdi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Matbuot anjumani: Jasur Usmonov va G'ayrat Hamroyev yarim yillik natijalar borasida ma'lumot berishdi

Tafsilotlar bilan batafsil Qashqadaryo gazetasida chop etilgan maqolada tanishing

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Kadastr xalq xizmatida

"Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida" tamoyili asosida Davlat kadastrlar palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Yakkabog' tumani filialida ham muntazam ravishda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Yakkabog' tumani filiali xodimlari tomonidan Oqtosh, Qo'shchinor va Mevazor mahallalarida aholi va tadbirkorlarning Kadastr bilan bog‘liq murojaatlari qonuniy tartibda o‘rganib chiqilib, vakolat doirasidagi murojaatlar ijobiy hal etildi.

❗️Yil boshidan hozirgi kunga qadar Yakkabog' tumani filialiga 140 dan ziyod murojaatlar kelib tushgan.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
#Kadastr #Sayyor_qabul

DIQQAT EʼLON

Hurmatli Nishon tumani aholisi
!

Aholining Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Nishon tumanida sayyor qabul o‘tkaziladi.

Kadastr hujjatini tayyorlash, ko'chmas mulkka oid huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish bo‘yicha va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 30-iyul kuni soat 11:00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

Sayyor qabul Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i G'ayrat Hamroyev boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Nishon tumani, Ibn Sino mfy binosi

☎️ Murojaat uchun telefon: 75-227-51-13

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Qarshi shahar filialida 5 mingdan ziyod ko'chmas mulklarning hujjatlari qayta ko'rib, o'rganib chiqildi

Davlat kadastrlari palatasi Qarshi shahar filiali arxivida jami 72 501 ta ko‘chmas mulkka tegishli hujjatlar saqlanmoqda.

Shundan

➡️ Ko'p qavatli turar joylar arxiv hujjatlari - 31 460 ta

➡️ Yakka tartibdagi uy-joylar arxiv hujjatlari 35 506 ta

➡️ Noturar joylar arxiv hujjatlari -5 535 ta

Bugungi kunga qadar 5000 dan ziyod hujjatlar qayta ko'rib, o'rganib chiqildi.

Qolgan obyektlar hujjatlarini o‘rganish va raqamlar bo‘yicha tartiblashtirish ishlari davom etmoqda

🇺🇿 telegram | instagram | facebook