Qashqadaryo kadastr_press
2.95K subscribers
12.2K photos
1.72K videos
4 files
6.92K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
#kadastr_xizmatlari

⚡️Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

✉️Vakolatli organ so’rovnoma kelib tushgan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida QR-kod qo’yilgan ma’lumotnomani rasmiylashtiradi hamda uni arizachiga YIDXP orqali elektron ravishda yuboradi.

Xizmatdan foydalanish hech qanday hujjat talab etilmaydi;

Xizmat ko‘rsatish muddati - 3 ish kuni;

🪙 Xizmat narxi:
🔹BHMning 0,03 baravar miqdorida (10 200 ming so‘m);

🔹my.gov.uz portalidan yuborganda BHMning 0,027 baravari (9 180 ming so‘m).

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
👍2
O'zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarda noqonuniy qurilish qilish javobgarlikka sabab bo'ldi

🔹 Kadastr agentligining Nishon tumani bo'limi tomonidan "Kimyogar" mahallasi hududida yer nazorati tadbiri o'tkazildi.

O'rganishlar davomida fuqaro hech qanday huquqiy hujjatlarsiz 36 kv metr yer maydonini o’zboshimchalik bilan egallab olib, noqonuniy qurilish ishlarini amalga oshirayotgani holati aniqlandi.

Huquqbuzarga nisbatan MJTKning 60-moddasi 3-qismiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va 51 million so'm miqdorida jarima jazosi belgilandi.

Ushbu noqonuniy qurilishni 15 kun muddat ichida o'z hisobidan bartaraf etishi fuqaroga tushuntirildi va  yozma ko'rsatma berildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qarshi tumanidagi Kadastr filiali arxivida 71 mingdan ziyod ko'chmas mulk hujjatlari saqlanmoqda

Davlat kadastrlari palatasi Qarshi tumani filialining Arxiv ishi muhandisi Normurod Poyonov mazkur yo'nalishdagi ishlar haqida ma'lumot berdi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
👍4
❗️Endi turar joyingiz maydoni to‘g‘risidagi ma’lumotnomani uydan chiqmagan holda oling

💻 my.gov.uz portalida "Turar joyning maydoni to'g'risida ma'lumotnoma olish" xizmati ishga tushirildi.

Arizani dam olish va bayram kunlaridan qatʼiy nazar, istalgan kunda, 24 soat davomida yuborishingiz mumkin.

📱 Mazkur xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul, yana hech qanday hujjat ham talab qilinmaydi. Xizmat natijasi esa bir zumda taqdim etiladi.

🏠 Fuqaroga tegishli turar joyning maydoni to‘g‘risidagi ma’lumotlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining axborot tizimlaridan elektron shaklda ko'chmas mulkning kadastr raqami orqali tekshiriladi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
👍5
Sayyor qabullar. Kadastr filiali mas'ullari hududlarda aholi murojaatlarini o'rganib borishmoqda

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Ko'kdala tumani filiali tomonidan Sho'rbozor va Yakkabog' tumani filiallari tomonidan Ishkent mahallasida aholi murojaatlarini o‘rganish yuzasidan sayyor qabullar o‘tkazildi.

Unda fuqarolarning kadastr hujjatini tayyorlash va uy-joylariga egalik huquqi olish, tadbirkorlik uchun yer maydoni ajratish yuzasidan qilgan murojaatlari o'rganildi va ularga mas'ullar tomonidan huquqiy va amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
👍7
🔹 Kadastr agentligining Shahrisabz tumani bo'limi tomonidan "Xontepa" mahallasi hududida yer nazorati tadbiri o'tkazildi.

O'rganishlar davomida fuqaro hech qanday huquqiy hujjatlarsiz 0,05 gektar yer maydonini o’zboshimchalik bilan egallab olib, noturar bino qurish maqsadida poydevor qurganligi holati aniqlandi.

Huquqbuzarga nisbatan MJTKning 60-moddasi 3-qismiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va 51 million so'm miqdorida jarima jazosi belgilandi.

Ushbu noqonuniy qurilishni 15 kun muddat ichida o'z hisobidan bartaraf etishi fuqaroga tushuntirildi va  yozma ko'rsatma berildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
👍2
Davlat kadastrlari palatasi Koson tumani filialiga yanvar-iyun oylari oralig‘ida jami 129 ta murojaatlar kelib tushdi.

O'rganib chiqilgan murojaatlarning 90 tasi kadastr xodimlari tomonidan ijobiy hal etilgan.

O'tgan davr mobaynida, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, mulkni davlat ro'yxatidan o'tkazish, so'rovnomalar, nizoli holatlar va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar bo'lgan. 39 ta murojaat egalariga  filial xodimlari tomonidan huquqiy tushunchalar berilgan.

📄 MUROJAATLARNING

📔 11 tasi kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

📔 16 tasi mulkni davlat ro'yxatidan o'tkazish

📚  32 tasi SO‘ROVNOMA

📚  6 tasi nizoli holatlar bo'yicha

📜 67 tasi  boshqa masalalar yuzasidan

Eng ko'p murojaatlar "Arabxona" va "Paxtazor" mahallasi aholisidan kelib tushgan.

Joriy yilning olti oyi davomida kelib tushgan murojaatlar 2023-yilning olti oyi davomida kelib tushgan murojaatlar soni bilan tahlil qilinganida murojaatlar soni 40 foizga kamayganligini ko‘rish mumkin.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
👍1
Forwarded from Ne'mat Atamuratov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️❗️❗️ ❗️❗️❗️❗️

⁉️ “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni imzolandimi?

⁉️Qonunda aynan nimalar nazarda tutilmoqda?

⁉️ Qo'shimcha qurib olingan ko'chmas mulk obyektlarining barchasiga mulk huquqi e'tirof etiladimi?

➡️Ushbu savollarga video orqali javob olishingiz mumkin.

📩 Telegram kanalga a'zo bo'ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Qamashilik Kadastr xodimlari mahallalarda

"Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida" tamoyili asosida Davlat kadastrlar palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Qamashi tumani filialida ham muntazam ravishda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Qamashi tumani filiali xodimlari tomonidan Qiziltepa, Chuqur qishloq va O'rtadara mahallalarida aholi va tadbirkorlarning Kadastr bilan bog'liq murojaatlari qonuniy tartibda o‘rganib chiqilib, vakolat doirasidagi murojaatlar ijobiy hal etildi.

❗️Ma'lumot o'rnida, yil boshidan hozirgi kunga qadar Qamashi tuman filialiga 300 ga yaqin murojaatlar kelib tushgan.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAVDA_KADASTR

Qashqadaryoda yer nazorati tadbirlari davom etmoqda

Kadastr agentligining Qarshi tumani bo'limi tomonidan "Bog'obod" mahallasida o'tkazilgan nazorat tadbirida yerga oid qonunbuzarlik holatlariga yo'l qo'ygan shaxslarga vakolat doirasida chora ko'rildi.

O'rganishlar davomida ma'lum bo'ldiki, fuqarolar hech qanday huquqiy hujjatlari mavjud bo'lmasada yer maydonlarini o’zboshimchalik bilan egallab olib, noqonuniy qurilish ishlarini amalga oshirishgan.

Batafsil Nasaf telekanalining "Xabarlar" informatsion dasturi lavhasida

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
👍6
Qarshida yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Mehnat yarmarkasida viloyatdagi 60 dan ortiq davlat va nodavlat korxona va tashkilotlari hamda tadbirkorlik subyektlari va chet elning nufuzli kompaniyalari o‘zlaridagi 300 dan ziyod yo‘nalishlarda 30 000 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad mahallalardagi otaliqqa olingan yoshlar bandligi va daromadlarini oshirishga har tomonlama ko‘maklashish, ishsizlar, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar, mehnat bozoriga ilk bor kirib kelayotgan bitiruvchilar bandligini ta’minlashdan iborat.


Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi ham tadbir ishtirokchilariga o'zida mavjud bo'lgan bo'sh ish o'rinlarini taklif etdi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
👍4🔥1