Qashqadaryo kadastr_press
2.69K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.02K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Kosonda sayyor qabul

Koson tumani Xalq qabulxonasida Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomondan aholining kadastr sohasiga oid murojaatlarini o‘rganish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.

Unda qatnov yo'lini noqonuniy egallab olinishi, uy-joyga egalik huquqini olish, noqonuniy qurilishlar va boshqa masalalar yuzasidan jami 14 ta murojaatlar yo'llandi.

🔹Sayyor qabulda yig'ilgan jismoniy va yuridik shaxslarning muammolari birma-bir ko'rib chiqilib, yechimi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
30-iyun - Yoshlar kuni

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tashkilotimizda faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan bir qatorda yurtimizning jamiyki jonkuyar yoshlarini samimiy muborakbod etadi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Ўзбекистон ёшларига байрам табриги

Праздничное поздравление молодежи Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini shakllantirish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

🔹 yer uchastkalarining berilganligi (realizatsiya qilinganligi);

🔹 binoning, inshootning qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;

🔹 belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida qurilishi tugallanmagan obyektning mavjudligi;

🔹 ko‘chmas mulkning bo‘linganligi;

🔹 ko‘chmas mulkning birlashtirilganligi.

‼️Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra ham shakllantirilishi mumkin.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
🔹Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari tomonidan Chiroqchi tumanida tadbir o‘tkazildi.

🔹 Har bir xodim bilan individual tarzda o‘tkazilgan suhbatda xodimlar o‘z vazifasiga vijdonan yondoshgan holda faoliyat yuritishi, vazifasini suiisteʼmol qilmasligi uqtirildi

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kasbiy bilimlarni mustahkamlash yo'lida

🌟Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) filiallarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumi "Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi"da bir qancha yo'nalishlarda o'quv kurslari davom etmoqda.

🗓 24-28-iyun kunlari "Ko'chmas mulk obyektlarini texnik inventarizatsiyadan o'tkazish" hamda "Tashkiliy nazorat va murojaatlar bilan ishlash" yo'nalishlari bo'yicha malaka oshirgan hududiy boshqarma xodimlari uchun yakuniy test sinovlari o'tkazildi.

📃 Shuningdek, hafta so'nggiga qadar Topografiya-geodeziya va kartografiya sohasi bo‘yicha faoliyat yuritayotgan xodimlar hamda Ko‘chmas mulk obyektlarini texnik inventarizatsiyadan o‘tkazish yo'nalishi bo'yicha navbatdagi guruh xodimlari uchun ham test sinovlari o'tkazilishi rejalashtirilgan.

◼️1-5-iyul kunlari esa kadastr muhandislari uchun keyingi guruh malaka o'quv kurslari boshlab yuborilgan. O'quv dasturi va mutaxassislarga berilayotgan kasbiy ko'nikma va bilimlar haqida yana batafsil ma'lumot beriladi.

#DavKadastrPalata #malaka_oshirish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaganlik uchun qanday javobgarlik mavjud ?
Anonymous Quiz
21%
fuqarolarga BHMning 25 baravari miqdorida jarima
12%
fuqarolarga BHMning 15 baravari miqdorida jarima
67%
fuqarolarga BHMning 10 baravari miqdorida jarima
Kadastr filiallari mahallalarda sayyor qabullar o'tkazmoqda

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Shahrisabz shahar, G'uzor va Muborak tumani filiallari tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish yuzasidan sayyor qabullar o‘tkazildi.

Aholining sohaga doir muammolarini o‘rganish va ularga yechim topish maqsadida o‘tkazilgan sayyor qabullarda fuqarolarning kadastr hujjatini tayyorlash va  uy-joylariga egalik huquqi olish, yer ajratish, kadastr kodi bilan bog'liq holatlar yuzasidan qilgan murojaatlari o'rganildi va ularga mas'ullar huquqiy va amaliy yordamlar ko‘rsatishdi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladigan holatlar

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.09.2020-yildagi 535-son qarori bilan tasdiqlangan ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga muvofiq quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:

🔹 ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

🔹 ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

🔹 kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan);

❗️Eslatma: Ushbu hollarda kadastr pasporti uch ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Bugun, 2-iyul – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun

2 iyul – O‘zbekiston fuqarolari uchun qadrli va unutilmas kunlardan biri.

Bundan 32 yil muqaddam ayni shu kunda «O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi.

Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzidir.

Demak, Davlat gerbi – xalqning erki, baxti, g‘ururi, o‘zligi timsoli. Shunday timsolki, har qaraganda, xalq, Vatan tarixi, buguni, kelajagi bilan bog‘liq orzu-intilishlarimizga quvvat, qudrat beradi.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalari Davlat gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan yurtdoshlarimizni muborakbod etadi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Kadastr xodimlari mahallalarda

"Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida" tamoyili asosida Davlat kadastrlar palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Ko'kdala tumani filialida ham muntazam ravishda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Ko'kdala tumani filiali xodimlari tomonidan Guliston, Xo'jaobod va G'allakor mahallalarida aholi va tadbirkorlarning Kadastr bilan bog'liq murojaatlari qonuniy tartibda o‘rganib chiqilib, vakolat doirasidagi murojaatlar ijobiy hal etildi.

❗️Ma'lumot o'rnida, yil boshidan hozirgi kunga qadar Ko'kdala tuman filialiga 200 dan ziyod murojaatlar kelib tushgan.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook