Qashqadaryo kadastr_press
3.31K subscribers
11.3K photos
1.58K videos
4 files
6.34K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
⚡️Қашқадарёда 600 ўринли вилоят кўп тармоқли тиббиёт маркази қурилади

Муҳтарам Президентимизнинг саъйи-ҳаракатлари билан юртимизда тиббиёт соҳаси янада ривожланиб, аҳолига хизмат кўрсатиш сифати ошиб бормоқда.

Айни кунларда Қарши шаҳридаги "Янги Ўзбекистон" массиви ҳудудида 7 гектарлик майдонда қурилаётган 600 ўринли замонавий вилоят кўп тармоқли тиббиёт маркази лойиҳаси ишлаб чиқилмоқда.

Бугун масъуллар вилоят ҳокими Муротжон Азимовга ушбу лойиҳани бошланғич ҳолатини тақдимот қилишди.

Шунингдек, Муротжон Азимов Қарши туманидаги ўрганишлари давомида туман тиббиёт бирлашмасида амалга оширилаётган бунёдкорлик ишлари билан ҳам танишди.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
Xodimlarimiz Toshkent shahrida malaka oshirishmoqda

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Murojaatlar bilan ishlash sho'basi bosh mutaxassisi va Qamashi tumani filiali bosh mutaxassi Toshkent shahridagi malaka oshirish kurslarida ishtirok etishmoqda.

Bundan tashqari G'uzor, Ko'kdala, Yakkabog', Qarshi va Nishon tumani filiallarining jami 8 nafar mutaxassislari ham o'quv kurslari davomida malaka oshirishadi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
🔹Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari tomonidan Yakkabog' va Qamashi tumanlarida tadbir o‘tkazildi.

🔹 Har bir xodim bilan individual tarzda o‘tkazilgan suhbatda xodimlar o‘z vazifasiga vijdonan yondoshgan holda faoliyat yuritishi, vazifasini suiisteʼmol qilmasligi uqtirildi. 

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAVDA_KADASTR

Kadastr xodimlari tomonidan olib borilgan o'rganishlar jarayonida Qarshi tumanidagi “Saidov Iskandar Soxib o‘g‘li” fermer xo‘jaligiga tegishli bo’lgan qishloq xo‘jaligi xaritasining 268q-konturidagi  0,82 gektar sug‘oriladigan yer maydonida uy-joy qurish maqsadida 124 kv.metr o’lchamda qurilish ishlari amalga oshirilganligi ma’lum bo’ldi.

Holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan edi

Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi, Viloyat prokuraturasi va MIB xodimlari bilan hamkorlikda o'tkazilgan tadbirda Sud qaroriga ko'ra, fermer xo'jaligi yerida qurilgan noqonuniy qurilmalar bartaraf etildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Hududlarda aholining ko'chmas mulkka oid murojaatlari o'rganib borilmoqda

"Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida" tamoyili asosida  Davlat kadastrlar palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi shahar tuman filiallarida muntazam ravishda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, Qarshi tuman filiali xodimlari tomonidan Kat, Omontepa va Qovchin mahallalarida aholi va tadbirkorlarning kadastr bilan bog'liq murojaatlari qonuniy tartibda o‘rganib chiqilib vakolat doirasidagi murojaatlar ijobiy hal etildi.

❗️Ma'lumot o'rnida, yil boshidan hozirgi kunga qadar Qarshi tumani filialiga 180 dan ziyod murojaatlar kelib tushgan.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nishon tumanida ham noqonuniy qurilma bartaraf etildi

Kadastr agentligining Nishon tumani bo'limi tomonidan "Samarqand" MFY hududida nazorat monitoringi o'tkazildi.

Tadbir davomida fuqaro 0,02 ga yer maydonini  huquqiy hujjatlarsiz noqonuniy egallab olib, uy-joy qilish maqsadida 39 kv metr yerga noqonuniy qurilish qilgani holati aniqlandi.

Huquqbuzarga nisbatan MJTKning 60-moddasi 3-qismiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 51 million so'm miqdorida jarima jazosi belgilandi.

Fuqaroga mazkur yer maydonini o'zboshimchalik bilan egallab olishning huquqiy oqibatlari Kadastr inspektorilari tomonidan  tushuntirildi.

Qonunbuzarlikning huquqiy oqibatini to'g'ri anglanishi natijasida holat ixtiyoriy bartaraf etildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Qarshi shahrida dronlardan foydalangan holda Qavali mahallasida yer nazorati tadbiri o'tkazildi

Aniqlangan holatlar yuzasidan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib tegishli choralar ko'rilmoqda.

🔶 Hurmatli fuqarolar!

⚠️ Siz yerga oid qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish orqali o‘zingizni turli asabbuzarlik, ortiqcha xarajat, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikdan asragan bo'lasiz.

Ze'ro yer doim nazoratda !

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan quyidagi huquqlar yoki cheklovlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim:

▫️mulk huquqi;
▫️doimiy egalik qilish huquqi;
▫️doimiy foydalanish huquqi;
▫️meros qilib qoldiriladigan
▫️umrbod egalik qilish huquqi;
▫️ijara huquqi;
▫️ikkilamchi ijara huquqi;
▫️xo‘jalik yuritish huquqi;
▫️operativ boshqarish huquqi;
▫️ko‘chmas mulkni ishonchli boshqarish
▫️huquqi;
▫️bepul foydalanish huquqi;
▫️renta;
▫️ipoteka;
▫️servitut;
▫️ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarga nisbatan qonundan kelib chiqadigan yoki vakolatli davlat organlari tomonidan qo‘yilgan (belgilangan) cheklovlar.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook