Qashqadaryo kadastr_press
2.69K subscribers
10.9K photos
1.53K videos
4 files
6.09K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Kadastr agentligining Shahrisabz tumani bo'limi tomonidan "Uloch" MFY hududida yer nazorati tadbiri o'tkazildi.

O'rganishlar davomida fuqaro tomonidan 115 metr kv yer maydoniga uy-joy qurish maqsadida yerni o'zboshimchalik bilan egallab olib, noqonuniy qurilish qilgani holati aniqlandi.

Huquqbuzarga nisbatan MJTKning 60-moddasi 3-qismiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 51 million so'm miqdorida jarima jazosi belgilandi.

Ushbu noqonuniy qurilishni 15 kun muddat ichida o'z hisobidan bartaraf etishi fuqaroga tushuntirildi va  yozma ko'rsatma berildi.

Qonunbuzarlikning huquqiy oqibatini to'g'ri anglab yetgan shaxs noqonuniy qurilish holatini ixtiyoriy bartaraf etdi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
#Bilasizmi
#Foydali #Kadastr

Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘lovlari

◾️ Umumiy maydoni 100 kv.metrgacha bo‘lgan turarjoy ko‘chmas mulk obyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat reyestridan ko‘chirma olish— BHMning 1,25 baravari (425,000 so‘m)

◾️ Umumiy maydoni 101 kv.metrdan 300 kv.metrgacha bo‘lgan turarjoy ko‘chmas mulk obyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat reyestridan ko‘chirma olish— BHMning 2 baravari (680,000 so‘m)

◾️ Jismoniy shaxslarning umumiy maydoni 301 kv.metrdan ortiq bo‘lgan turar-joy ko‘chmas mulk obyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat reyestridan ko‘chirma olish— BHMning 3 baravari (1020,000 so‘m) miqdorida belgilangan.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiyaga YO'Q DENG !

Agarda Sizdan katta miqdorda pul talab qilib, hech bir hujjati mavjud bo’lmagan yer maydonini ko’rsatib, “uy-joy quraver keyinchalik kadastr hujjatlaringni rasmiylashtirib beraman” deyishsa bilingki, siz firibgarlar tuzog’idasiz.

YER va kadastr hujjatlari bilan bog'liq korrupsiya va ta'magirlik holatlariga duch kelsangiz Kadastr agentligining 1097 QISQA RAQAMIGA yoki Kadastr boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurash bo’limi mas’ullarining 88-639-70-00, 97-578-81-06 telefon raqamlariga MUROJAAT QILING!

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi.

📌Tegishli huquq paydo bo'lgandan keyin 1 oy ichida ko'chmas mulk davlat ro'yxatidan o'tkazilishi kerak.

🔹Ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
(my.gov.uz) orqali yoxud ko'chmas mulk obyektiga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organga murojaat qilinadi.

Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun o'z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (3,4 mln. so'm), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (5 mln. 10 ming so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
VIDEO: Qarshi tumanida maktab binosi qurish uchun ajratilgan yer uchastkasida sodir etilgan qonunbuzarlik holati bartaraf etildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAVDA_KADASTR_Nasaf_TV

Qashqadaryo viloyatida kuchaytirilgan yer nazorati tadbirlari davom etmoqda

Nazorat tadbirlarida aniqlangan yana bir qonunbuzarlik holati olib borilgan targ'ibot ishlari natijasida bartaraf etildi.

Batafsil Nasaf telekanalining "XABARLAR" informatsion dasturi lavhasida

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirkor ayolning kadastr masalasida qilgan murojaati boshqarma boshlig'ining nazoratiga olindi

Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov vohalik tadbirkor xotin-qizlar bilan muloqot qilmoqda.

Ularning murojaatlarini joyida hal qilish maqsadida Viloyat hokimi rahbarlarga telefon orqali topshiriqlar ham bermoqda.

Muloqot davomida yakkabog'lik Norxol Mo'minovaning kadastr masalasida qilgan murojaati Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i G'ayrat Hamroyev tomonidan nazoratga olindi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
#Kadastr #Sayyor_qabul

DIQQAT EʼLON

Hurmatli Ko'kdala tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari


Aholining Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Ko'kdala tumani aholisi uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

Kadastr hujjatini tayyorlash, ko'chmas mulkka oid huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish bo‘yicha va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 31-may kuni soat 11:30 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

Sayyor qabul Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i G'ayrat Hamroyev boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Ko'kdala tumani, Zum mfy, 72-maktab binosi

☎️ Murojaat uchun telefon: 75-227-51-13

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘chmas mulkka egalik huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi haqida bilasizmi?

Ko‘chmas mulkka nisbatan tegishli huquq paydo bo‘lgach uni 1 oy ichida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kerak.

‼️ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari, mansabdor shaxslarga esa 15 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📣📣📣📣

🖍 DIQQAT E’LON! 🖍

🧷 Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!

Rejadan tashqari texnik ishlar tufayli Toshkent shahri hududidagi obyektlar bo'yicha Kadastr Agentligi tomonidan ko'rsatiladigan davlat xizmatlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilmoqda.

❗️ Ushbu vaqtinchalik uzilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha barcha ishlar amalga oshirilayotganini ma’lum qilamiz.

🟢Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

#kadastr #e_lon #texnik_ishlar

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE #sayyor_qabul

Ayni damda Ko'kdala tumani Zum mfy hududidagi 72-sonli maktabda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan sayyor qabul o'tkazilmoqda

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📣📣📣📣

🖍 DIQQAT E’LON! 🖍

🧷 Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!

🟢 Oldin xabar berganimizdek Toshkent shahrida joylashgan serverlarda rejadan tashqari texnik ishlar olib borilayotganligi sababli faqatgina Toshkent shahri hududidagi obyektlar bo'yicha 🌟Kadastr agentligi tomonidan ko'rsatiladigan davlat xizmatlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilayotgan edi.

Hozirda barcha kamchiliklar bartaraf etilgan bo'lib 🌟 Kadastr xizmatlaridan onlayn foydalanishingiz mumkin.

🟢Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

#kadastr #e_lon #texnik_ishlar

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi tomonidan korrupsiyani oldini olishga qaratilgan tadbirlar va xodimlar bilan individual tartibda profilaktik suhbatlar olib borilmoqda.

Kuni kecha ana shunday tadbirlar viloyatning Shahrisabz, Kitob va Nishon tuman filiallarida o‘tkazildi.

Shuningdek, mas'ullar Shahrisabz tumanidagi Istiqbol mahallasida bo'lib, qonunchilikdagi o'zgarishlar haqida aholiga ma'lumot berishdi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook