Qashqadaryo kadastr_press
2.75K subscribers
11.2K photos
1.57K videos
4 files
6.27K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Boshqarma boshlig'i Kadastr xodimlarini Butunjahon yer kuni munosabati bilan tabrikladi

Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i Jasur Usmonov sohada faoliyat olib borayotgan xodimlar bilan muloqot qilib, ularni bugungi kun bilan samimiy qutladi.

Yer onaga qiyoslanadi. Uni asrab-avaylash har birimizning vazifamiz bo'lishi kerak. Kadastr inspektori yerning haqiqiy "qo'riqchilari" bo'lib hududlarda nazorat tadbirlarini yanada kuchaytiradi. Mehnat qilgan esa elda albatta e'zoz topadi " deydi boshqarma boshlig'i.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
TALABA YOSHLAR BILAN UCHRASHUV

🔹 "22-aprel - Butunjahon Yer kuni" munosabati bilan Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti talabalari ishtirokida tadbir o‘tkazildi.

🔹Talabalarning kadastr sohasidagi qiziqishlarini bilish va yoshlar orasidan iqtidorlilarini tanlab olish, kelajakda ish bilan taʼminlash maqsadida Rahbar va Yoshlar uchrashuvini tashkil etilishi yaxshi ana'naga aylangani ta'kidlab o'tildi.

Shu kuni o'tkazilgan tanlovlarda faol ishtirok etib, g'olib bo'lgan talabalarga Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Ot izini toy bosar"

Bejizga ushbu maqolni keltirib o‘tmadik.

Chunki, bugun ota kasbini davom ettirayotgan kadastr topografi haqida hikoya qilamiz.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#Kadastr #Sayyor_qabul

DIQQAT EʼLON

Hurmatli Dehqonobod tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari


Aholining Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Dehqonobod tumani aholisi uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

Kadastr hujjatini tayyorlash, ko'chmas mulkka oid huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish bo‘yicha va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 24-aprel kuni soat 13:00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

Sayyor qabul Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i G'ayrat Hamroyev boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil:Dehqonobod tumani, Beliboyli mfy, 2-sonli Kasb-hunar maktabi

☎️ Murojaat uchun telefon: 75-227-51-13

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining tuman-shahar bo'limlari va filiallari xodimlari o‘rtasida muntazam ravishda profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

◾️ Navbatdagi davra suhbati Muborak tumanida tashkil etildi.

O'tkazilgan yig‘ilishda Kadastr tizimida korrupsiyaga qarshi kurash yo‘nalishida joriy qilinayotgan ta’sirchan choralar xususida ma'lumot berildi. 

📝 Shuningdek, xodimlarga mehnat va ijro intizomi, odob-axloq qoidalariga rioya qilish, tizimda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, aholi murojaatlariga mas’uliyat bilan yondashish yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Davlat tashkilotlari faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashda ishtirok eting!

Davlat rahbarining 2022-yil 11-maydagi PQ-240-sonli qaroriga muvofiq, joriy yilning mart-aprel oylarida “E-anticor.uz” elektron platformasida davlat tashkilotlar tomonidan o‘z faoliyatidagi funksiyalarda korrupsiyaviy xavflarni aniqlash ishlari amalga oshirildi.

Unga ko‘ra, 7 mingdan ortiq funksiyalarda korrupsiyaviy xavflar “yuqori”, “o‘rta” va “past” darajalarda baholandi va Korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar elektron reyestri loyihasi (Reyestr loyihasi) shakllantirildi.

Reyestr loyihasi Agentlik tomonidan jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish uchun "E-antikorrupsiya" elektron tizimiga joylashtirildi.

Keng jamoatchilik ushbu havola orqali davlat tashkilotlari tomonidan funksiyalardagi korrupsiyaviy xavflar qay darajada xolis baholanganligi, qanchalik samarali va manzilli choralar belgilanganligi yuzasidan fikr-mulohaza va takliflarini onlayn rejimda yuborish imkoniga ega.

Agentlik va jamoatchilik tomonidan berilgan takliflar asosida davlat tashkilotining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dasturlari shakllantirilib, davlat tashkiloti birinchi rahbari tomonidan tasdiqlanadi va yil yakuniga qadar belgilangan choralar amalga oshiriladi.
——————————————
Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Kadastr boshqarmasida o'tkazilgan darslarda talabalarga "UZKAD" tizimi haqida ma'lumot berildi

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti talabalarining dars soatlari Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasida tashkil etildi.

Dars davomida kadastr mas'ullari talabalarga "UZKAD" tizimi va unga o'tish jarayonlari, imkoniyatlar, afzalliklari haqida so'zlab berishdi.

Bundan tashqari, olib borilayotgan yer va kadastr nazorati yo'nalishidagi ishlar batafsil tushuntirildi.

Aytish kerakki, Kadastr boshqarmasida o‘quv mashg‘ulotlari uchun alohida xona ajratilib, kerakli jihozlar bilan ta’minlangan.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
📝 Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish, xuddi shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, 229-modda.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook