Qashqadaryo kadastr_press
2.77K subscribers
11.2K photos
1.57K videos
4 files
6.29K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Forwarded from QARSHI SHAHRI HOKIMLIGI
🔘Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Qarshi shahar filialiga yanvar-mart oylarida jami 76 ta murojaatlar kelib tushgan

Kelib tushgan murojaatlar o'rganilib, murojaatchilarga huquqiy va amaliy yordamlar ko'rsatib kelinmoqda.

☑️Murojaatlardan;

25 tasi SO’ROVNOMALAR
                                              
🔹51 tasi ko'chmas mulkka oid boshqa masalalar yuzasidan

💼 71 ta murojaatlarning ijrosi o'z vaqtida ta'minlangan bo'lsa, 5 ta murojaat ayni paytda mutaxassislar tomonidan o'rganib chiqilmoqda.

@qarshishaharhokimligi
Yer uchastkasini xususiylashtirish uchun viloyat markazlarida to'lov miqdori qancha?
Anonymous Quiz
40%
Yer solig'ining 10 baravari miqdorida
45%
Yer solig'ining 5 baravari miqdorida
16%
Yer solig'ining 15 baravari miqdorida
Qarshi tumanida sug'oriladigan yerda noqonuniy qurilish qilingani holati aniqlandi

Kadastr agentligining Qarshi tumani bo'limi tomonidan yer nazorati tadbiri o'tkazildi.

Unda "Guliston" hududidagi sug'oriladigan 0,10 gektar yer maydoni o'zboshimchalik bilan egallab olingani holati aniqlandi.

O'rganishlar davomida, fuqaro sug'oriladigan yerning 208 kv metr qismiga qurilish qilganligi ma'lum bo'ldi. Holat yuzasidan ogohlatirish xati berilib, huquqiy baho berish uchun hujjatlar Viloyat prokuraturasiga yuborilgan.

Qonunchilikka ko'ra, sug‘oriladigan yer uchastkalarini ularda qurilish ishlarini amalga oshirgan holda o‘zboshimchalik bilan egallab olish, —
🔹bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Kadastr aholi manfaatlari yo'lida

Qashqadaryoda Kadastr filiallari tomonidan  aholi hamda tadbirkorlarni qiynab kelayotgan sohaga doir muammolari vakolat doirasida o'rganib kelinadi.

◼️Filial xodimlari ishtirokidagi "Mahallabay", "Xonadonbay" o'rganish ishlari Boshqarmaning rasmiy sahifalarida va mahalliy hokimliklarning telegram kanallarida hamkorlik asosida muntazam ravishda yoritib kelinmoqda.

Jumladan Kadastr xodimlari tomonidan aholi orasida amalga oshirilayotgan ishlar quyidagi manbaalar orqali yoritildi:

🔹Qarshi shahri hokimligi
🔹Kasbi tumani hokimligi
🔹Qarshi tumani hokimligi
🔹Mirishkor tumani hokimligi
🔹Dehqonobod tumani hokimligi
🔹Muborak tumani hokimligi

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash ishlari


🇺🇿 Davlat kadastrlari palatasi hamda yurtimizdagi viloyat hokimliklari huzuridagi Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomalash masalasi bo‘yicha komissiya tomonidan koʻcha-yoʻl tarmogʻi elementlarining xaritalarini shakllantirish, xatlovdan o‘tkazish hamda nomlash va qayta nomalash ishlari olib borilmoqda.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Geografik obyektlar davlat ekspertizasi bo'limi mas'ullari Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida bo'lib, mazkur yo'nalishda faoliyat yurituvchi xodimlar uchun tashkil etilgan amaliy seminarlarda zaruriy bilimlarni berishdi. Mazkur hafta Navoiy, Samarqand va Buxoro viloyatlari mutaxassislari uchun ham seminarlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

#DavKadastrPalata #toponimika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savol: Bizni uyimiz kadastr qilinganidan so‘ng yana yoniga qo‘shimcha qurilishlar qilingan. Bu holatda kadastr hujjatlarimga qo‘shimcha kiritamanmi?

Bu holatda Sizda mavjud bo‘lgan kadastr pasportiga o‘zgartirish kiritib, yangilab beriladi.

Kadastr xizmatlariga to‘lanadigan belgilangan xizmat haqqi faqat qo‘shimcha qurilgan (kadastr hujjatida mavjud bo‘lmagan) binolarning maydonidan kelib chiqib hisoblanadi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalari tizimda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashni kuchaytirish maqsadida joylarda targ'ibot-tashviqot ishlari davom etmoqda.

📍Mirishkor tumanida tashkil etilgan tadbirda sohada faoliyat yuritayotgan xodimlarga korrupsiyaga oid moddalar va uning oqibatlari, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda e‘tiborli bo‘lish, yerlarning noqonuniy savdosi bilan bog‘liq ishlarga aralashmasliklari alohida tushuntirildi.

Shuningdek, mehnat va ijro intizomi, odob-axloq qoidalariga rioya qilish, tizimda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, aholi murojaatlariga mas’uliyat bilan yondashish yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#OAV_VA_KADASTR

A'zam Nevarayev qariyb 20 yildan buyon Kadastr sohasida faoliyat yuritadi.

💼 Ayni paytda u Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasida Bosh mutaxassis vazifasida mehnat qilmoqda.

Oltin voha radiosining "Nuqtai nazar" dasturida tajribali xodimimiz sohadagi o'zgarishlar, yaratilayotgan sharoitlar, orttirilgan tajriba va natijalari haqida so'zlab berdi.

Tez orada efirga uzatiladigan eshittirishni rasmiy sahifalarimizda e'lon qilamiz.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Kadastr filiali rahbarlari o'ziga biriktirilgan yoshlar bilan muloqot qildi

Xabaringiz bor, Prezidentimizning 2023-yil 11-aprelda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlarni 3 toifaga (“yaxshi” — “o‘rta” — “og‘ir”) ajratgan holda, ular bilan individual ishlash va muammolarini hal etish maqsadida rahbarlarga biriktirish tizimi joriy etilgan edi.

Davlat kadastrlari palatasi Mirishkor, Ko'kdala,Qamashi,Shahrisabz va Kasbi tumani filiali rahbarlari o’ziga biriktirilgan "og'ir" toifadagi yoshlar va ularning oila a'zolari bilan uchrashib, muammolarini tinglashdi.

Uchrashuvlarda yoshlar uchun belgilangan imtiyozlar haqida batafsil tushunchalar berildi.

Yoshlarning muammo va takliflari tinglanib, chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook