Qashqadaryo kadastr_press
2.95K subscribers
12.2K photos
1.72K videos
4 files
6.92K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
#Yashil_makon #Qashqadaryo_Kadastr

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshliqlari Jasur Usmonov va G'ayrat Hamroyev "yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko'chat ekish jarayonlarida ishtirok etishdi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
👍3
Davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi bo‘yicha ishlar Qashqadaryo viloyati bo'ylab ham jadal sur'atlarda davom etmoqda.

Xususan, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xodimlari ham Qarshi-G’uzor yo'lida daraxt ko'chatlari ekib bog' barpo etishdi.

“Yashil makon” - vijdonimiz, boʻlajak hayotimiz, farzandlarimiz oldidagi masʼuliyatimiz.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
👍7🤩1
#Qashqadaryo_yer_nazorati

Kadastr agentligining Chiroqchi tumani bo'limi tomonidan "Oqchova" MFY hududida yer nazorati tadbiri o'tkazildi.

O'rganishlar davomida Galabek hududida yashovchi fuqaro 40,0 kv. metr yer maydoniga nisbatan hech qanday huquqiy hujjatlari mavjud bo'lmasada, o'zboshimchalik bilan noturar joy obyekti qurib olganligi holati aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJTKning 60-moddasi 3-qismiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHM ning 150 baravari miqdorida jarima jazosi belgilandi.

Ushbu noqonuniy qurilishni 15 kun muddat ichida o'z hisobidan bartaraf etishi fuqaroga tushuntirildi va  yozma ko'rsatma berildi.

Bugungi kunda yer maydonidagi noqonuniy qurilish holati fuqaro tomonidan ixtiyoriy bartaraf etilgan.

Yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olish javobgarlikka sabab bo'ladi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
👍5
Shahrisabz va Dehqonobod tumanlarida aholining Kadastrga doir murojaatlari o'rganildi

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Shahrisabz va Dehqonobod tumani filiallari mas'ullari tomonidan sayyor qabullar o'tkazildi.

O'tkazilgan tadbirlarda filiallar mas'ullariga 10 dan ziyod murojaatlar kelib tushdi.

Sayyor qabullarda uy-joy qurish uchun yer maydoni olish, kadastr hujjatini tayyorlash, uy- joyga egalik huquqini olish, dehqon xo'jaligi uchun yer maydoni olish meros ishi va boshqa masalalar yuzasidan jami 11 ta murojaatlar ko'rib chiqildi.

Shu kuni mas'ullar tomonidan murojaatchilarga huquqiy va amaliy yordamlar ko’rsatildi.

Bundan tashqari, sohaga doir Qonunchilikdagi  o'zgarishlar haqida ishtirokchilarga batafsil ma'lumot berilishi ta'minlandi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
👍5
#kadastr #nazorat

Geodezik punktlarni va cheklov belgilarini yo‘q qilish yoki shikastlantirish javobgarlikka sabab bo'ladi.

🇺🇿Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik Toʼgʼrisidagi Kodeksining 69-moddasiga asosan.

Egalikdagi, foydalanishdagi yerlarning chegara belgilarini, geodezik punktlarni va o‘rmonlardagi cheklov belgilarini yo‘q qilish yoki shikastlantirish:

🔹 Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha;

🔹 Mansabdor shaxslarga besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook