Qashqadaryo kadastr_press
2.75K subscribers
11.1K photos
1.55K videos
4 files
6.2K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
🔹Kadastrchilar Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida 🔹

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xodimlari Qarshi shahridagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida bo'lishdi.

Xodimlar sayohat davomida maktab muzeyidagi eksponatlarni tomosha qilib, Abdulla Oripovning hayoti va ijodi, aynan davlatimiz madhiyasining yaratilishi tarixi bilan yaqindan tanishishdi.

O'zbekiston Qahrаmoni, O'zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov 1941-yil 21-martda Qashqadaryo viloyati, Koson tumani, Neko‘z qishlog‘ida tug‘ilgan.

Abdulla Oripovning «Tilla baliqcha», «Men nechun sevaman O‘zbekistonni» singari dastlabki she'rlari talabalik yillarida yozilgan va o‘zbek she'riyatiga yangi, iste'dodli, o‘ziga xos ovozga ega shoirning kirib kelayotganidan darak bergan.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Dehqonobodda o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonida noqonuniy qurilish qilgan shaxsga chora ko'rildi

Kadastr agentligining Dehqonobod tumani bo'limi tomonidan "Istiqlol" MFY hududida yer nazorati tadbiri o'tkazildi.

O'rganishlar davomida mazkur hududda yashovchi fuqaro yer maydoniga nisbatan hech qanday huquqiy hujjatlari mavjud bo'lmasada, o'zboshimchalik bilan noturar joy obyekti qurib olganligi holati aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJTKning 60-moddasi 3-qismiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHM ning 150 baravari miqdorida jarima jazosi belgilandi.

Ushbu noqonuniy qurilishni 15 kun muddat ichida o'z hisobidan bartaraf etishi fuqaroga tushuntirildi va yozma ko'rsatma berildi.

Bugungi kunda yer maydonidagi noqonuniy qurilish holati fuqaro tomonidan ixtiyoriy bartaraf etilgan.

Yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olish javobgarlikka sabab bo'ladi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Qashqadaryoning yana beshta hududida aholining Kadastr sohasiga doir murojaatlari o'rganildi

Kecha Shahrisabz shahri,Mirishkor,Qarshi,Koson va Ko'kdala tumanlarida Kadastr filiallari rahbarlari tomonidan sayyor qabullar o'tkazildi.

Sayyor qabullarda uy-joy qurish uchun yer maydoni olish, kadastr hujjatini tayyorlash, uy- joyga egalik huquqini olish, soliq to'lovlari bilan bog'liq holatlar, meros ishi va boshqa masalalar yuzasidan jami 40 ga yaqin murojaatlar yo'llangan.

O'tkazilayotgan tadbirlarda mas'ullar tomonidan murojaatchilarga haquqiy va amaliy yordamlar ko’rsatildi.

Bundan tashqari, sohaga doir Qonunchilikdagi  o'zgarishlar haqida ishtirokchilarga batafsil ma'lumot berilishi ta'minlandi.

Hududlarda aholining sohaga doir murojaatlarini o'rganish ishlari davom etmoqda

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi topografik o'lchov vositalaridan foydalanish bo'yicha amaliy seminar o'tkazildi

Davlat kadastrlari palatasi ma'sulllari topograflarga o'lchov vositalaridan foydalanib, ishlarini sifatli amalga oshirish bo'yicha amaliy ko'nikmalar berishdi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#huquqiy_axborot

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarini yer egasiga qaytarish tartibi

O'zbekiston Respublikasi yer kodeksi 91-modda

🟢 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga g‘ayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga ko‘ra qaytariladi.

🟢 Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.

🟢 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Kadastr – aholi manfaatlari yo‘lida

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan “Kadastr – aholi manfaatlari yo‘lida” tamoyili asosida, "mahallabay", "xonadonbay" murojaatlarni o'rganish ishlari davom etmoqda.

Xususan, Koson,Qarshi,Muborak tumanlari va Qarshi shahri filiali xodimlari tomonidan aholining sohaga doir murojaatlari hududlarga chiqqan holda o'rganilmoqda.

O'rganishlar davomida bugungi kunda Hukumatimiz tomonidan kadastr sohasiga oid qabul qilinayotgan Qaror va Farmonlarning mazmun-mohiyati bo'yicha huquqiy tushunchalar berilishi taminlanib, qo‘shimcha vaqt talab qiladigan masalalar malakali mutaxassislar tomonidan nazoratga olib borilmoqda.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook