Qashqadaryo kadastr_press
2.69K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.03K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Kadastr agentligining Koson tumani boʼlimi tomonidan tuman markazida yer nazorati monitoringi oʼtkazildi

O'rganishlar davomida, fuqaro jami 100 kv. metr yer maydonini oʼzboshimchalik bilan egallab olib noqonuniy ravishda qurilish qilganligi holati aniqlandi.

Mazkur yer qonunbuzilishi holati yuzasidan hujjatlar tayyorlanib, qonunbuzar shaxsga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Fuqaroga mazkur qurilishlarni 15 kun muddatda o‘z hisobidan bartaraf etishi va noqonuniy qurilishlarning huquqiy oqibatlari tushuntirildi

Natijada qonunbuzarlik holati ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi mas'ullari tomonidan Yakkabog' tumani va Shahrisabz shahar filialida tadbir o‘tkazildi.

🔹 Har bir xodim bilan individual tarzda o‘tkazilgan suhbatda xodimlar o‘z vazifasiga vijdonan yondoshgan holda faoliyat yuritishi, vazifasini suisteʼmol qilmasligi uqtirildi.

Suhbatlar davomida xodimlarga o'z moddiy manfaatlarini ko‘zlab bu illatga qo‘l urmasligi qolaversa har bir jinoyat uchun jazo muqarrarligi tushuntirib borilmoqda.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
▪️Xush kelding, yangi kun, xush kelding, Navro‘z!▪️

☘️ Navro‘zi olam. Xalqimizning uzoq o‘tmishi, milliy qadriyatlari, asriy an’ana va urf-odatlarini o‘zida mujassam etgan boqiy va hamisha navqiron ushbu bayram barcha yurtdoshlarimiz uchun qadrlidir.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi JAMOASI yurtdoshlarimizni Navro'z ayyomi bilan samimiy muborakbod etadi!

#Kadastr #Navruz

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquq #bilasizmi

⚡️Nogironligi bo‘lgan shaxslarga elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlari qoplab beriladi

✔️ Nogironligi bo‘lgan shaxsning va tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlari qoplab berilishi belgilangan.

📌 Bunda yer uchastkasini auksion orqali sotib olish xarajatlaridan kelib chiqqan holda, oila tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxslar sonidan qatʼi nazar, BHMning 100 baravarigacha (34 mln so‘mgacha) miqdorda bir martalik to‘lov ajratiladi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
G’uzor tumanida o’tkazilgan sayyor qabulda aholining sohaga doir murojaatlariga e’tibor qaratildi

G’uzor tumanida Davlat kadastrlari palatasi G'uzor tumani filiali , tuman Adliya bo’limi, Davlat xizmatlari markazi, Xalq qabulxonasi va Avg’onbog’ MFY mas’ullari bilan birgalikda sayyor qabul o’tkazildi.

Unda ishtirokchilarning ko’chmas mulkka egalik huquqini olish, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish uchun bo’sh yer maydoni olish tartibi, Dehqon xo’jaligi yuritish uchun olingan yer maydoni yuzasidan va boshqa masalalarda qilgan murojaatlariga mas’ulllar huquqiy va amaliy yordamlar ko‘rsatishdi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎬🎬🎬🎬

🌟Kadastr agentligi xodimlari 🇰🇷Koreya Yer, infrastruktura va transport vazirligi Yer va fazoviy ma’lumotlarni axborotlashtirish (LX) korporatsiyasining Seuldagi Global markazida malaka oshirmoqda.

💬 Malaka oshirish davomida 🇰🇷Koreya manzillar reestri tizimi, Koreya yer siyosati va kadastr tizimi, Koreyaning geofazoviy axborot siyosatining joriy holati bilan tanishiladi, Geofazoviy axborot akademiyasi faoliyati o‘rganiladi.

➡️Batafsil: UZA.uz maqolasida

#Kadastr_agentligi #xalqaro

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bugun "Yer vaqti" kuni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi "Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-171-son qarori bilan tasdiqlangan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi masalalariga bag‘ishlangan muhim sanalar bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlar kalendar rejasining 5-bandiga muvofiq, 2024-yil 25-mart kuni respublikamizda "Yer vaqti" kuni nishonlanishi belgilangan.

Mazkur kun munosabati bilan, bugun "Sayyoramiz soati" respublika aksiyasi tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Aksiya respublikada, eng avvalo, barcha darajadagi vazirlik va idoralar, tashkilot va korxonalarning bino va inshootlarida bir soatga chiroq, kompyuter texnikasi, sovutish va isitish uskunalari hamda boshqa elektr energiyasi orqali foydalanish vositalarini tarmoqdan uzgan holda, rahbar va xodimlar, maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalari hamda oliy o‘quv yurtalarida tahsil olayotgan tarbiyalanuvchi-o‘quvchi-talabalarning ixtiyoriy ravishda bir soat muddatga ko‘chaga chiqib, sayr qilish maqsadida o‘tkaziladi.

📣Barchani mazkur aksiyada faollikka chorlaymiz !

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
"Yer vaqti" kuni munosabati bilan Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi ham “Sayyoramiz soati” respublika aksiyasida faol bo'ldi.

Aksiya doirasida Boshqarmaning bino va inshootlarida chiroq, kompyuter texnikalari, sovutish va isitish uskunalari bir soatga o'chirildi.

🔹Bu vaqt ichida barcha xodimlar yig‘ilib, hafta davomida amalga oshiriladigan ishlab chiqarish, ma’maviy-ma’rifiy va obodonlashtirish ishlarini muhokama qilib oldilar.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bosh mutaxassisi tomonidan G'uzor tumani bo'limida profilaktik tadbir tashkil etildi.

Unda yer nazorati inspektorlari bilan yer nazorati tadbirlarini amalga oshirishda, noqonuniy egallangan yerlar aniqlanganda vakolat doirasida ish tutish borasida suhbatlashildi.

Muloqot davomida xodimlarga yer bilan bog‘liq bo'lgan huquqbuzarlik va jinoyatlarga aralashib qolmaslik tushuntirildi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
⚡️Dehqon xo‘jaligi yeriga bino va inshoot qurish taqiqlanadi

Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasidan dehqon xo‘jaligining ixtisoslashuvi asosida faqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun foydalanilishi kerak.

Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasidan foydalanish shartlari yer uchastkasiga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatiladi.

Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasida binolar va inshootlarni, shu jumladan yer osti inshootlarini qurish taqiqlanadi.

⚠️Yengil konstruksiyali issiqxonalarni va boshqa imoratlarni, shuningdek sug‘orish inshootlarini qurish mustasno.

❗️Dehqon xo‘jaligi o‘z tasarrufidagi yer uchastkasini muhofaza qilishi (yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanishga yoki ularning yaroqsiz holga kelib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi), uning mahsuldorligini saqlashi va oshirishi shart.

Huquqiy asos: O‘RQ–680, 01.04.2021 y.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook