Qashqadaryo kadastr_press
2.69K subscribers
10.9K photos
1.53K videos
4 files
6.1K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Yaxshidan bog' qoladi. Kadastr xodimlari ko'chat ekish jarayonlarida faol bo'lishdi

🌳Mamlakatimiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki" shiori ostida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur jarayonlardan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xodimlari ham chetda turgani yo'q.

Bugun boshqarma xodimlari Qarshi shahridagi Sohil xiyobonida manzarali va mevali daraxt ko'chatlarini ekkan holda atrofni yashillikka burkanishida o'z hissalarini qo'shishdi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#Hashar #Kadastr_filiallar

Qashqadaryodagi Kadastr filiallari xodimlari ham bugungi tadbirlarda faol ishtirok etdi

🔹Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining tuman, shahar filiallarida faoliyat yuritayotgan xodimlar ham hasharlar davomida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirishdi.

Bundan tashqari mamlakatimizda keng quloch yozgan🌳“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda koʻplab gul va manzarali daraxt koʻchatlarini ekishdi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
RASMIY MUNOSABAT

"Facebook" ijtimoiy tarmog'ida fuqaro murojaati e'lon qilingan.

Murojaatda fuqaro hovlisining old qismidan yengil tipdagi ko'chma savdo do'koni qurgani va bu uchun ruxsatnoma olgan bo'lsada, Kadastr agentligining Qarshi shahar bo'limi mazkur savdo do'konini "noqonuniy qurilgan" deya topayotganligini bildirgan.

Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan mazkur holat bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.

O'rganishlar davomida “Mahallot” MFY Olimlar koʻchasida yashovchi Fayziyevaga(murojaatchining onasi) tegishli boʻlgan 600 kv.metr shundan 109,98 kv.metr boʻlgan  bino inoshootning o’ziga tegishli turar-joy binosining bir qismi oldi tomonidan  vaqtinchlik savdo pavelioni oʻrnatish va turar-joy toifasidan noturar joy toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisida Qarshi shahar qurilish boʻlimi tomonidan ruxsatnoma berilgan.

Biroq, fuqaro berilgan ruxsatnomada belgilangan yer maydonidan tashqari ortiqcha  30,0 kv.metr yer maydoniga ayvon va savdo doʻkoni qurib foydalanib kelayotganligi ma'lum bo'ldi.

Bu esa yerga oid qonunbuzarlik holati hisoblanadi va shaharsozlik normalariga zid xatti-harakatdir.

Shu sababli aniqlangan holat bo'yicha noqonuniy qurilishni 15 kun muddatda bartaraf etish toʻgʻrisida yozma koʻrsatma berilib, huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan vakolat doirasida maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Qonunchilikka ko'ra, noqonuniy qurilish holati fuqaroning o'zi tomonindan belgilangan muddatda bartaraf etilmasa, Kadastr agentligining Qarshi shahar bo'limi tomonidan Sudga da'vo arizasi kiritiladi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Uy-joyga muhtoj fuqarolarga beriladigan uy-joy maydonining normasi qanday ?

Vazirlar Mahkamasining 11.03.2024-yildagi 124-sonli qaroriga muvofiq, munitsipial, idoraviy va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi turar joylar fuqarolarga uy-joy maydoni ijtimoiy normasiga muvofiq beriladi.

Uy-joy maydoni ijtimoiy normasi Qoraqalpog‘iston respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan

🔹bir kishi hisobiga 16 kv.metrdan kam bo‘lmagan umumiy maydon hajmida

🔹kreslo-aravachada harakatlanadigan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 23 kv.metrdan kam bo‘lmagan hajmda belgilanadi.


❗️Er-xotindan tashqari turli jinsga mansub shaxslarni bir xonaga yoki bir xonali kvartiraga joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida uy-joy maydoni ijtimoiy normasidan ortiqcha turar joy berilishi mumkin.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Huquqiy hujjatlar mavjud bo'lmaganda kadastr pasporti rasmiylashtiriladimi?

‼️ Yo‘q

Ko‘chmas mulk obyektiga nisbatan mazkur mulkka oid huquqiy hujjatlar (yer ajratish qarori, oldi-sotdi shartnomasi, meros guvohnomasi, hadya shartnomasi) mavjud bo'lgan taqdirda Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali kadastr hujjatini rasmiylashtirish uchun murojaat yo'llash mumkin.

Murojaat yuborilgach ko‘chmas mulk obyektining kadastr hujjatlari rasmiylashtirib, davlat ro’yxatidan o’tkaziladi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#kadastr_xizmati

Kadastr xizmatlaridan onlayn foydalaning!

Xizmat turi: Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish
.

Bu qanday ishlaydi?

🔹Ariza beruvchi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro‘yxatdan yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi (obyektni kadastr raqamini kiritiladi hamda arifmetik amal javobini yozib, tekshirish tugmasi bosiladi).

🔹Xizmatdan foydalanuvchilar - jismoniy va yuridik shaxslar;

🔹Xizmatni ko'rsatish muddati - avtomatik tarzda;

🔹Xizmat narxi - bepul;

🔹Xizmatni ko'rsatish uchun kerak bo'ladigan hujjatlar - talab etilmaydi

👉Xizmatdan onlayn foydalanish👈

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Shahrisabzdagi Kadastr filialida saqlanayotgan qariyb 5 mingta ko'chmas mulkka oid hujjatlar to'liq o'rganib chiqildi

Davlat kadastrlari palatasi raisining tegishli buyrug'iga asosan, Qashqadaryo viloyatida arxiv hujjatlarining mavjudlik holatini o'rganish va raqamlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Shahrisabz shahar filialida ham saqlovda bo'lgan mavjud arxiv hujjatlarining hisobi olinib, hujjatlarning elektron bazasi shakllantirilmoqda.

Hozirgi kunda ishchi guruh tomonidan 4 896 ta ko'chmas mulk obyektlarining kadastr hujjatlari qayta o'rganib chiqildi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
🔺Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining G'uzor tumani bo'limi va filiali xodimlari bilan “Korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaga yo‘l qo‘yganlik uchun javobgarlik” mavzusida davra suhbati  o‘tkazildi.

🔹 Tadbirda, mas'ullar xodimlarni o‘z xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarilishiga alohida to‘xtalib, huquqbuzarliklarni oldini olish, ularni keltirib chiqaradigan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, uning huquqiy oqibatlari alohida misollar bilan tushuntirildi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook