Qashqadaryo kadastr_press
2.95K subscribers
12K photos
1.67K videos
4 files
6.75K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
#kadastr_xizmati

🔹Turar-joy obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi

🔹Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

🔹Arizaga ro'yxatdan o'tkazish uchun huquqiy asos bo'lgan hujjatning skan nusxasi (notarial shartnoma, sud qarori va boshqalar) ilova qilinadi;

🔹Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi ko‘chmas mulk obyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va yig‘im summasi ko‘rsatilgan xabarnomani arizachiga yuboradi;

🔹 Arizachi yig‘imni to‘laydi va reyestrdan ko‘chirmani yuklab oladi.

Xizmat ko‘rsatish muddati - 2 ish kuni

❗️Xizmat narxi - umumiy maydon o‘lchamiga qarab individual hisoblanadi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAVDA_KADASTR #Nasaf_tv

Kadastr xodimlariga yer nazorstida foydalanish uchun maxsus planshetlar berildi

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Kadastr pasportini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish va meros masalasi. Qarshi tumanida aholining Kadastr sohasiga oid murojaatlari tinglandi

Qarshi tumanida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi mas'ullari ishtirokida aholining Kadastrga oid murojaatlarini koʻrib chiqish maqsadida sayyor qabul oʻtkazildi.

🔷 Unda fuqarolarning kadastr raqami borasida, kadastr pasportini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish, meros hamda yerni xususiylashtirishga doir savol va muammolari tinglandi.

Qabul davomida murojaat mualliflariga tegishli yechim va huquqiy tushunchalar berildi.

🔷 O‘rganilishi vaqt talab etgan murojaatlar yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
16−18-mart kunlari O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

Bu yilgi tadbirlar “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkaziladi.

Undan ko‘zlangan maqsad mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, istirohat bog‘lari, ziyoratgohlar va qabristonlar va boshqa joylarni obodonlashtirishdan iborat.

Bundan tashqari, shu kuni aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga yordam ko‘rsatiladi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
📣Eʼlon!

❗️my.gov.uz portali server qurilmalari koʻchirilmoqda

📱21 – 24-mart kunlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) server qurilmalarini Raqamli hukumat markazining Maʼlumotlarni qayta ishlash markaziga koʻchirish boʻyicha tashkiliy-texnik ishlar amalga oshiriladi.

⚙️ Shu munosabat bilan my.gov.uz portali va uning xizmatlarini koʻrsatishga ixtisoslashgan barcha modullar, xususan, Davlat xizmatlari markazlari tomonidan xizmat koʻrsatishda foydalaniladigan dxa.gov.uz axborot tizimi faoliyati cheklanadi.

🟡 Sizga bayram kunlarini maroqli oʻtkazishni tilaymiz! Bu vaqt ichida biz elektron davlat xizmatlarining ishlashini yanada yaxshilashga intilamiz!

📱Qoʻshimcha savollar boʻlsa, 1242 raqamiga murojaat qiling.

my.gov.uz egov.uz
🕊Telegram 📱Facebook 📺YouTube 📱instagram
#Amal_qiling

🇺🇿 Qonunchilikka ko‘ra, sug‘oriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga bo‘lgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda o‘zga shaxsga berish:

🔹BHMning 400 baravaridan 500 baravarigacha (132 mln so‘mdan 165 mln so‘mgacha) miqdorda jarima;

🔹muayyan huquqdan mahrum qilib, 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;

🔹5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

❗️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Kadastr boshqarmasi boshliqlari umumxalq  hasharida ishtirok etishmoqda

Xabaringiz bor, bugundan mamlakatimiz bo'ylab, “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hasharlari boshlandi.

Mazkur jarayonlarda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshliqlari ham faol ishtirok etishdi.

🌳Rahbarlar bugun erta tongdan Qarshi shahridagi sohil hiyobonida manzarali ko'chatlarni ekishdi

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Yaxshidan bog' qoladi. Kadastr xodimlari ko'chat ekish jarayonlarida faol bo'lishdi

🌳Mamlakatimiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki" shiori ostida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur jarayonlardan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xodimlari ham chetda turgani yo'q.

Bugun boshqarma xodimlari Qarshi shahridagi Sohil xiyobonida manzarali va mevali daraxt ko'chatlarini ekkan holda atrofni yashillikka burkanishida o'z hissalarini qo'shishdi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook