Qashqadaryo kadastr_press
2.69K subscribers
10.9K photos
1.53K videos
4 files
6.09K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Qarshi tumanida o'tkazilgan yer nazorati tadbirlarida noqonuniy qurilish qilinayotganligi aniqlandi

Kadastr agentligining Qarshi tumani bo'limi tomonidan Y. Omonov hududida yer nazorati tadbiri o'tkazildi.

Unda hududdagi  600 kv metr yer maydoni fuqaro tomonidan o’zboshimchalik bilan egallab olingani va 8 kv metr yer maydonida noqonuniy qurilish ishlarini amalga oshirayotgani holati aniqlandi.

Holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, noqonuniy qurilish qilgan shaxsga jarima qo'llanildi.Olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida mazkur yer maydonidagi qonunbuzarlik holati fuqaro tomonidan ixtiyoriy bartaraf etildi.

Qonunchilikka ko'ra, o'zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari, mansabdor shaxslarga esa — uch yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
5 кундан 25 кунгача. Кадастр паспортини тайёрлаш муддатлари ҳақида маълумот берилди

"Ариза берувчи кадастр паспортини олиш учун Давлат хизматлари марказига боради ёки ЯИДХПдан рўйхатдан ўтади" дейди Давлат кадастрлари палатаси Қашқадарё вилояти бошқармаси масъули Номоз Чориев.

Масъулнинг билдиришича кадастр паспортини тайёрлаш кўп қаватли уйдаги квартиралар учун 3 иш кунигача, якка тартибдаги турар жойлар учун эса 5 иш кунигача бўлган муддатда амалга оширилади.

Нотурар жойларнинг кадастр паспорти эса 5 иш кунидан 25 иш кунигача тайёрлаб берилади.

🔷умумий майдони 100 кв.м. гача - 5 иш кунигача;
🔷100 кв.м. дан 1000 кв.м. гача - 7 иш кунигача;
🔷 1000 кв.м. дан 5000 кв.м. гача - 10 иш кунигача;
🔷 5000 кв.м. дан 15000 кв.м. гача - 15 иш кунигача;
🔷15000 кв.м. дан 50000 кв.м. гача - 20 иш кунигача;
🔷умумий майдони 50000 кв.м. дан ортиқ нотурар жойларга кадастр паспорти 25 иш кунигача бўлган муддатда тайёрланади

🇺🇿ҚАШҚАДАРЁ ХАЛҚИ учун ташкил этилган махсус канал!👇
https://t.iss.one/+UjOf6LoeHTEyZWQy
Qarshi tumanida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik holatlari o'rganilmoqda

Kadastr agentligining Qarshi tumani bo'limi tomonidan Shodlik va Yertepa mahallalari hududida nazorat tadbirlari o'tkazilmoqda.

Unda Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik holatlari o'rganilmoqda.

Ma'lumot uchun, tegishli huquq paydo bo‘lgandan keyin 1 oy ichida ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.

🖥 Ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga murojaat qilinadi.

❗️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik

fuqarolarga BHMning 10 baravari (3,4 mln so‘m),

mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (5,1 mln so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAVDA_KADASTR #Nasaf_tv

Endi Kadastr xodimlari yer nazoratini amalga oshirishda maxsus planshetlardan foydalanishadi

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Korrupsiya- taraqqiyot kushandasi. Kadastr bo'limlari va filiallarida profilaktik tadbirlar o'tkazilmoqda

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisilari tomonidan Qarshi tumani bo‘limi hamda filiali xodimlari uchun tadbir o‘tkazildi.

Har bir xodim bilan individual tarzda o‘tkazilgan suhbatlarda xodimlar o‘z vazifasiga vijdonan yondoshgan holda faoliyat yuritishini, vazifasini suisteʼmol qilmasligi uqtirildi.

Tadbir davomida xodimlar o'z moddiy manfaatlarini ko‘zlab qonunbuzarlik holatiga yo'l qo'ymasligi qolaversa har bir jinoyat uchun jazo muqarrarligi tushuntirildi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#kadastr_xizmati

KADASTRDA YANGI XIZMAT !

Kadastr sohasiga doir yana bir yangi xizmat, “Ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash” davlat xizmati my.gov.uz portalida ishga tushirildi.

❗️ Bu esa fuqarolarga onlayn ariza berish orqali ko‘chmas mulkni birlashtirish va birlashtirilishi natijasida hosil bo‘lgan mulkning yangi chegaralari belgilanganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma olish imkoniyatini beradi

✔️Ushbu xizmatdan barcha yuridik va jismoniy shaxslar foydalanishi mumkin.

Mazkur xizmatdan foydalanish uchun qo‘shimcha hujjatlar talab qilinmaydi!

Xizmat narxi BHMning 1 baravar miqdorida.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Forwarded from Qashqadaryo yangiliklari
Қарши туманидаги Кадастр филиали масъуллари 2 ой ичида кадастр паспортини тайёрлаш борасида йўлланган 900 га яқин мурожаатларни ижобий ҳал этишди

Малика Соҳибова Қарши туманидаги Ғубдин маҳалласида истиқомат қилади.

Соҳиба опанинг Давлат хизматлари маркази орқали кадастр паспортини тайёрлаш борасида йўллаган мурожаати Давлат кадастрлари палатаси Қарши тумани филиали ходимлари томонидан тез фурсатларда ижобий ҳал этилди.

Турар жой обьекти ва унга тегишли бўган ҳуқуқий ҳужжатлар масъуллар томонидан ўрганиб чиқилиб, ўлчов ишлари амалга оширилгач кадастр паспорти беш иш куни ичида тайёрлаб берилди.

"Ҳужжатларимни овворагарчиликсиз қабул қилиб олдим. Тўловларимни амалга оширганимдан сўнг кадастр паспортини 5 кун ичида тайёрлаб беришди"—дейди Кадастр хизматларидан миннатдорлигини баён этган мурожаатчи.

Маълумот учун, Филиал томонидан январ-феврал ойларида 897 та кадастр паспорти тайёрланган.

🇺🇿 ҚАШҚАДАРЁДАГИ энг тезкор хабарлар👇
‌‌https://telegram.me/joinchat/ONEMPSv_7tk4ZTQy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Аҳолига кадастр хизматларини кўрсатишда муддатлар бузилмаслигига алоҳида эътибор қилинмоқда

Видеода мурожаатчининг кадастр хизматлари ҳақида фикрлари келтирилган

🇺🇿ҚАШҚАДАРЁ ХАЛҚИ учун ташкил этилган махсус канал!👇
https://t.iss.one/+UjOf6LoeHTEyZWQy
#qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️Yetim bolalar kadastr xizmatlari uchun davlat bojidan ozod etiladi

Qonunchilikka ko‘ra, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar ularga davlat tomonidan ikkilamchi bozordan olib berilgan uy-joylarni mulkka egalik qilish huquqi asosida o‘z nomiga rasmiylashtirishda notarius va kadastr xizmatlari uchun (oldi-sotdi shartnomasi va ko‘chmas mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish) davlat boji to‘lashdan ozod etilishi belgilangan.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Nishon tumanida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan targ'ibot tadbiri o'tkazildi

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bosh mutaxassislari tomonidan Nishon tumani bo'limi hamda filialida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida soha xodimlariga  korrupsiya illatiga yo‘l qo‘ymaslik, yerlarni noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanishni o‘ziga kasb qilib olgan turli nopok shaxslarning nayrangiga uchmaslik to'g'risida so'z bordi.

Shuningdek, xodimlarning ish joyiga vaqtida kelib ketishlarini nazorat qilish, xodimlarni funksional vazifalarini to'liq bajarishlari, ichki mehnat tartib qoidalari va obob-axloq qoidalariga rioya qilishlari, kiyinish madaniyati va boshqa masalalar haqida batafsil gaplashib olindi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook