Qashqadaryo kadastr_press
3.3K subscribers
11.3K photos
1.57K videos
4 files
6.32K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Kosonda Kadastr filiali mas'ullari aholining sohaga doir murojaatlariga e'tibor qaratishdi

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Koson tumani filiali tomonidan tumandagi Arabxona mahallasida aholi murojaatlarini o‘rganish yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi.

Aholining sohaga doir muammolarini o‘rganish va ularga yechim topish maqsadida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqarolarning kadastr hujjatini tayyorlash, uy- joyga egalik huquqini olish va boshqa masalalar yuzasidan qilgan murojaatlariga mas’ullar huquqiy va amaliy yordamlar ko‘rsatishdi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#Yer_nazorati #Kadastr #Nishon_tumani

Kadastr agentligining Nishon tumani bo‘limi tomonidan "Katta anhor" MFY, Guliston hududida nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida fuqaro tomonidan qishloq xo‘jaligiga tegishli bo'lgan 0,06 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingani va 120 kv.metr o‘lchamda beton poydevor qurilgani holati aniqlandi.

Olib borilgan profilaktik tadbirlar natijasida o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilma fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#Kadastr #Sayyor_qabul

DIQQAT EʼLON

Hurmatli Qamashi tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari


Aholining Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Qamashi tumani aholisi uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

Kadastr hujjatini tayyorlash, ko'chmas mulkka oid huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish bo‘yicha va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 29-fevral kuni soat 11:00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

Sayyor qabul Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i G'ayrat Hamroyev boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil:Qamashi tumani, 58-umumiy o'rta ta'lim maktabi binosi

☎️ Murojaat uchun telefon: 75 227-51-13

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Xabaringiz bor, “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi qizg‘in muhokama qilinmoqda.

Qonun loyihasining maqsadi o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Bugun O‘zbekiston XDP viloyat kengashi hamda Davlat Kadastrlar palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi hamkorligida soha vakillari, deputatlar ishtirokida qonun loyihasidagi yangiliklarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda qonun loyihasi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi va ishtirokchilarning fikrlari eshitilib, takliflari olindi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Qashqadaryoda Kadastr filiallari mas'ullari aholi bilan uchrashib, sohaga doir murojaatlarga e'tibor qaratishmoqda

Aholining sohaga doir muammolarini o'rganish va ularga yechim topish maqsadida Qashqadaryo viloyatida Kadastr filiallari mas'ullari hududlarda aholi bilan uchrashib, muloqot qilishmoqda.

Kuni-kecha Kasbi, Ko'kdala va Qamashi tumanida Kadastr filiallari tomonidan joylarda sayyor qabullar o'tkazildi.

Sayyor qabullarda auksionda tadbirkorlik uchun yer uchastkasi olish, kadastr hujjatini tayyorlash, uy- joyga egalik huquqini olish va boshqa masalalar yuzasidan jami 20 dan ziyod murojaatlar yo'llangan.

Mas'ul tomonidan murojaatchilarga haquqiy va amaliy yordamlar ko’rsatildi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#Onlayn

Kadastr sohasidagi imtiyozlar va yerga oid qonunbuzarliklarning huquqiy oqibatlari: Jonli efirda muloqot

Ayni paytda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi mas'ullari "Oltin voha" radioisida tashkil etilgan radio eshittirishda ishtirok etishmoqda.

Mas'ullar Kadastr sohasidagi imtiyozlar va yerga oid qonunbuzarliklarning huquqiy oqibatlari, sohaga oid murojaatlar borasida jonli efirda ma'lumot berishadi.

Jurnalist— Barno Haqnazarova

🇺🇿 telegram | instagram | facebook