Qashqadaryo kadastr_press
2.68K subscribers
10.9K photos
1.53K videos
4 files
6.09K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastrda ta'limga e'tibor
kuchaytirilmoqda

⭐️🌟Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi hamda uning bir necha hududiy boshqarmalarida Oliy ta'lim muassasalari bilan o'zaro hamkorlik o'rnatilib, kelishuv shartnomalari tuzilayotgani haqida xabar bergan edik.

📃 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti bilan o'zaro hamkorlik o'rnatilib, kelishuv shartnomalari  tuzilgan. Shartnoma asosida endilikda Qashqadaryo viloyatida ham oliygoh talabalari aynan Kadastr boshqarmasida amaliyot o‘tashadi.

◼️ Bugungi kunda boshqarmada mazkur universitetning kafedrasi filiali yo‘lga qo‘yilib, o‘quv hamda amaliyot jarayonini sifatli tashkil etish maqsadida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yernazorati #ogohlik

QONUNCHILIKDAGI JAVOBGARLIKNI UNUTMANG !

Har bir qarich yerning hisobi bor. Nazorati ham kuchli
!

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Yer nazorati tadbirlarida aniqlangan noqonuniy qurilishlar bartaraf etilmoqda

Keyingi yillarda Qarshi shahrida bunyodkorlik ishlari ko‘lami kengayib, yangi qurilayotgan zamonaviy uy-joylar, ijtimoiy soha va ishlab chiqarish obyektlari aholi turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga Kadastr agentligining Qarshi shahar bo'limining o‘rganishlari davomida shaharsozlik normalari hamda qoidalariga javob bermaydigan noqonuniy qurilishlar yoki o‘zboshimchalik bilan o‘rnatib olingan qurilmalar ham uchrayotgani ayni haqiqat.

Bu kabi holatlarga barham berish maqsadida ishchi o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarida barpo etilgan noqonuniy qurilmalarni bartaraf qilish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Amalga oshirilayotgan ishlar natijasida shahar hududidagi turli noqonuniy qurilish hamda o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilgan qurilmalar bartaraf etilmoqda.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#diqqat

⚡️Davlat xizmatchilari uchun navbatdagi o‘quv soati boshlandi

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, barcha tuman, shahar hokimliklari rahbar va masʼul xodimlari diqqatiga!

Mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Kadastr boshqarmasida xodimlarga kitob ulashildi

“Xalqaro kitob ulashish kuni” munosabati bilan Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xodimlari o‘rtasida kitob ulashish aksiyasi tashkil etildi.

Albatta sovg‘aning katta kichigi bo‘lmaydi, ammo u kitob bo‘lsa undan zo‘ri bo‘lmaydi!

Insonga kitob sovg‘a qilib, uning dunyosini kengayishiga, teran fikrlashiga, ma’naviy ozuqa olishiga, shuningdek shaxsiy rivojlanishiga o‘z hissamizni qo‘shishimiz mumkin.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Endilikda davlat mulki to‘liq yoki qisman xususiylashtirilishi mumkin

🇺🇿“Davlat mulkini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-907-son, 14.02.2024 y.) ga
muvofiq, Davlat mulki, to‘liq yoki qisman xususiylashtirilishi mumkin. (Bundan davlat mulkini boshqarish to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan xususiylashtirilmaydigan davlat mulki mustasno).

📄Хususiylashtiriladigan davlat mulki obyektlari quyidagilardan iborat:

▪️davlat ko‘chmas mulk obyektlari;
▪️davlat ulushlari (aksiyalari, ulushlari);
▪️davlat unitar korxonalari va davlat muassasalari.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi davlat mulkini xususiylashtirish sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi.

🧑‍💻Xususiylashtiriladigan davlat mulkining boshlang‘ich narxi vakolatli davlat organi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan belgilanadi.

❗️Qonun rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🔺Abdushukur Abdullayev Kadastr sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha oliygoh mas'ullari bilan fikr almashdi🔺

🇺🇿Davlatimiz rahbari tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda kollej-texnikumlar va oliygohlarni ish beruvchilar bilan uzviy bog‘laydigan tizim yaratish bo‘yicha topshiriq berilgan edi.

Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida 🌟Kadastr agentligi tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

🌟Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari - “Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi direktori Abdushukur Abdullayev, Viloyat boshqarmalari boshliqlari va Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti rektori Orifjon Bozorov ishtirokida o'tkazilgan uchrashuvda sohada kadrlar tayyorlash bo'yicha fikrlar almashildi.

➡️Muloqot davomida ish beruvchilar bilan kadastr yo‘nalishi bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlarini yanada takomillashtirish, zamon talablariga mos chuqur bilim, malaka va ko‘nikmaga ega kadrlar tayyorlash bo‘yicha kelishib olindi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM