Qashqadaryo kadastr_press
2.7K subscribers
11K photos
1.53K videos
4 files
6.11K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiyaga YO'Q DENG !

Agarda Sizdan katta miqdorda pul talab qilib, hech bir hujjati mavjud bo’lmagan yer maydonini ko’rsatib, “uy-joy quraver keyinchalik kadastr hujjatlaringni rasmiylashtirib beraman” deyishsa bilingki, siz firibgarlar tuzog’idasiz.

YER va kadastr hujjatlari bilan bog'liq korrupsiya va ta'magirlik holatlariga duch kelsangiz Kadastr agentligining 1097 QISQA RAQAMIGA yoki Kadastr boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurash bo’limi mas’ullarining 88-639-70-00, 97-578-81-06 telefon raqamlariga MUROJAAT QILING!

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Ko'chmas mulk tarixi to'g'risidagi ma'lumotlarni olish uchun qayerga murojaat qilish kerak ?
Anonymous Quiz
30%
Kadastr idoralariga
69%
Davlat xizmatlari markaziga
1%
Mahalla fuqarolar yig'iniga
Noqonuniy qurilishlarni bartaraf qilish choralari ko‘rilmoqda

Qarshi shahar hududida olib borilayotgan o‘rganishlar jarayonida shaharsozlik normalariga javob bermaydigan noqonuniy qurilgan qurilishlar aniqlanib, ularga nisbatan tegishli choralar qo‘llanilmoqda.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Chiroqchida yer va kadastr sohasiga oid murojaatlar o'rganib borilmoqda

Chiroqchida kadastr sohasiga oid 20 ga yaqin murojaatlar kelib tushgan

Bu haqda Kadastr filialining Murojaatlar bilan ishlashga mas'ul bosh mutaxassisi Feruza Ravshanova ma'lum qildi.

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasida  "Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak" shiori ostida amaliy ishlar yo'lga qo‘yilgan.

Jumladan, viloyatning Chiroqchi tumanida ham aholining kadastr bilan bog‘liq muammolarini hal etish yuzasidan  mahallabay, xonadonbay o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

"Xodimlarimiz tomonidan Galabek, Choshtepa,  Soxil va Obod mahallalari aholisining murojaatlari o‘rganilib,ularga tegishli huquqiy tushunchalar berib kelinmoqda" — deydi mutaxassis.

Bugungi kungacha Chiroqchi tumani filialiga yer va ko'chmas mulk masalasida 17 ta murojaatlar yo'llangan va mazkur murojaatlarning 5 tasi o'rganish jarayonida

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Kadastr boshqarmasi yaqinida aniqlangan yerga oid qonunbuzarlik holatiga o'z vaqtida barham berildi

Kadastr agentligining Qarshi shahar bo'limi tomonidan "Sho'rtangaz" MFY hududida nazorat tadbiri o’tkazildi.

Monitoring davomida fuqaro Xusanov 30 kv metr yer maydoniga somsaxona qurish maqsadida yengil tipda tandir va boshqa yordamchi qurilmalar o'rnatayotganligi aniqlandi.

Bo'lim xodimlari tomonidan yer maydonini o’zboshimchalik bilan egallab olishning huquqiy oqibatlari tushuntirilganidan so’ng yerga oid qonunbuzarlik holati fuqaro tomonidan o'z vaqtida bartaraf etildi

Unutmang, yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh barobari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#Huquqiy_malumot
#Kadastr

🏠Ko‘chmas mulkni bo‘lish uning mulkdorining arizasiga yoki sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi.

▪️Bo‘lish natijasida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqning yuzaga kelganligi yoki bekor qilinganligi shartnoma yoki sud qarori bilan tasdiqlanadi. Ko‘chmas mulkni bo‘lish uchun bo‘linayotgan ko‘chmas mulkka ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi va kadastr pasporti shakllantiriladi.

▪️Ko‘chmas mulkni bo‘lish chog‘ida bu ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va ularga oid cheklov yangidan tashkil etilgan ko‘chmas mulkka o‘tadi.

▪️Ko‘chmas mulkni bo‘lish chog‘ida huquqlarning va ularga oid cheklovlarning boshqa shaxsga o‘tishi bo‘linayotgan ko‘chmas mulkka nisbatan ushbu huquqlar va cheklovlarning bekor bo‘lishini hamda ularning yangidan vujudga kelgan ko‘chmas mulkka nisbatan yuzaga kelishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.

‼️Ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar va qurilishi tugallanmagan obyektlar bo‘linmaydi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#Bilasizmi
#Huquqiy_malumot #Kadastr

📝 Mulkdor o'ziga tegishli mol-mulkdan o'z xohishicha foydalanadi.

Ammo, mol-mulkdan foydalanish atrof-muhitga zarar yetkazmasligi, boshqa shaxslarning, jamiyat va davlatning huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak.

❗️Shuningdek, fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdir.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yanvar oyida Kadastr idoralari tomonidan qanday ishlar amalga oshirildi ?

📊1971 ta bino inshootlarga kadastr pasportlari shakllantirildi.

📋 19 mingdan ziyod yer va bino inshootlarga bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi ta’minlandi

🌐 9 gektardan ziyod bo'lgan jami 262 ta bo'sh yer maydonlari aniqlandi

📔O'rganib chiqilgan murojaatlarning 61 tasi kadastr xodimlari tomonidan ijobiy hal etildi

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#Yer_nazorati

Kadastr agentligining Qarshi shahar bo'limi tomonidan "G'ofur G'ulom" va "Gungon" MFY larida yer nazorati tadbirlari o'tkazildi.

O'rganishlar davomida yerga oid qonunbuzilishi holatlari aniqlanmoqda.

Tadbirlar davomida qonunbuzar shaxslarga yer maydonini o'zboshimchalik bilan egallab olish va noqonuniy qurilish qilishning huquqiy oqibatlari tushuntirilmoqda.

Olib borilayotgan ishlar natijasida qonunbuzilishi holatlariga barham berilmoqda.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Shahrisabzda o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonida qurilgan noqonuniy qurilish Sudning qaroriga ko'ra bartaraf etildi

Kadastr agentligining Shahrisabz shahar bo'limi xodimlari tomonidan "Pillakashlik" MFY hududida nazorat tadbiri o'tkazilgan.

O'rganishlar davomida mazkur hududda fuqaro o’ziga tegishli bo’lmagan 86,4 kv.metr yer maydonida noqonuniy ravishda 14,4 metrga x 6,0 metr o’lchamda yopma (naves) qurilmasini qurayotganligi holati aniqlangan.

Holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, bo'lim tomonidan sudga da'vo arizasi kiritilgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shahrisabz tumanlararo sudining qaroriga ko'ra, yer maydonini dastlabki holatga keltirish maqsadida noqonuniy qurilmani bartaraf etish ishlari amalga oshirildi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Endilikda yer hisobini yuritish yangi tartibda amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 578-sonli qarori asosida «Yer hisobot” AAT dasturi ishga tushirilishi munosabati bilan Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Shahrisabz shahri va Yakkabog' tumani filiallarida amaliy ishlar tashkil etilgan.

Hozirgi kunda viloyat bo'yicha Shahrisabz shahri va Yakkabog' tumani namuna sifatida tanlab olinib, filiallar mas'ullari tomonidan maʼlumotlar asosida belgilangan shakllar to‘ldirilishi hamda tahlil jarayonlari olib borilmoqda.

Qarorga ko'ra, Davlat kadastrlari palatasi “Yer hisobot” AAT operatori hisoblanadi.

Yer hisobotiga o‘zgartirishlar kiritish, yerlarni toifalarga ajratish va bir toifadan boshqasiga o‘tkazish natijalari vakolatli davlat organlarining qarorlari asosida “Yer hisobot” AATga kiritiladi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook