Qashqadaryo kadastr_press
2.68K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.04K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Viloyat markazidan qariyb 100 kilometr olislikda joylashgan Kadastr idorasida targ'ibot tadbiri o'tkazildi

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Dehqonobod tumani bo'limi hamda filiali xodimlari uchun yig'ilish o'tkazildi.

Tadbirda Kadastr boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassislari Alisher Jo'rayev va Bahrom Kulmuratov firibgarlik, poraxo‘rlik, mansab vakolatini suiste’mol qilish hamda boshqa shu kabi illatlarning ijtimoiy va huquqiy oqibatlari haqida kadastr xodimlariga ma'lumot berishdi.

Suhbat davomida xodimlarining ijro intizomi, odob-axloq qoidalariga rioya qilishi, kelib tushgan murojaatlarni oʻz vaqtida sifatli bajarishi yuzasidan ham fikr almashildi.

Boshqarma ma'sullari tomonidan bu kabi tadbirlar har bir Kadastr bo'limlari va filiallarida o'tkazib borilmoqda.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Yer - umummilliy boylik. Keyingi yillarda ushbu resursdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish, yer munosabatlari sohasida qonuniylikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🔹Qashqadaryo viloyatida ham yerlarni noqonuniy egallab olish holatlarining oldini olishda Prokuratura va Kadastr xodimlari tomonidan o'tkazib kelinayotgan tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugun Viloyat prokuraturasi bo'limi boshlig'i Shohruxmirzo Faxriddinov, Kadastr boshqarmasi boshlig'i Jasur Usmonov va bo'limlar mas'ullari ishtirokida tashkil etilgan yig'ilishda ham yer nazorati sohasi amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi.

🔹Unda yerga oid qonunbuzarlik holatlarining oldini olish maqsadida nazorat tadbirlarini yanada kuchaytirish kerakligi ta'kidlandi.

Sohada Qonun ustuvorligini ta’minlash kerakligiga yana bir bor urg‘u berilib, noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish bo'yicha Sudga da'vo arizalarini o'z muddatida kiritib borish yuzasidan mas'ullarga topshiriqlar berildi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Kadastr filiali rahbari ham o'zi o'qigan maktabda daraxt ekdi

🌳Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida rahbar xodimlar shaxsiy tashabbus ko'rsatishmoqda.

Davlat kadastr palatasi Qarshi tumani filiali rahbari Jamoliddin Primov o'zi tahsil olgan Qarshi tumanidagi 38-maktabga 100 dan ziyod mevali va manzarali daraxtlarni taqdim etdi va ko'chatlarni ekish jarayonlarida faol qatnashdi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

OAV biz haqimizda

🌟Avvalroq, Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi hamda tuman (shahar) filiallarida faoliyat yurituvchi xotin-qizlar uchun “JAMOADA MEHNAT SAMARADORLIGINI OSHIRISH” mavzusida seminar-trening o'tkazilganligi haqida xabar bergan edik.

▶️Mazkur tadbir tafsilotlari haqida "Qashqadaryo MTRK" ning "Tafsilot" ko'rsatuvida so'z bordi.

#Kadastr_agentligi #DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda #xotin_qizlar

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Dehqonobodda Kadastr xodimlari tomonidan o'tkazilgan nazorat tadbirlarida o‘rmon fondi yerlarini noqonuniy egallashga oid 60 ga yaqin holatni aniqlangan

Kadastr agentligining Dehqonobod tumani bo'limi tomonidan Beliboyli massivi Chambil MFY hududidagi To’rtko’l o’rmon bo’limi, Oqbosh o’rmon bo’limi, Duob o’rmon bo’limi hamda Ibn Sino massivi Janggalsoy o’rmon bo’limi hududlarida nazorat monitoringi o’tkazilgan.

Tadbirlarda 58 nafar fuqarolar O'rmon bo'limlariga tegishli 0,1377 gektar yer maydonini egallab, noqonuniy ravishda mavsumiy uy qurilganligi aniqlangan.

Yerga oid qonunchilik talabining tushuntirilishi natijasida 39 nafar fuqarolar tomonidan noqonuniy ravishda egallangan 0,1068 gektar yer maydonidagi qonunbuzarlik holarlari ixtiyoriy bartaraf etilgan.

19 nafar fuqarolarga esa O'rmon xo'jaligi yer maydonida qurilgan noqonuniy qurilishlarni 15 kun muddat oralig’ida bartaraf etiish yuzasidan yozma ko’rsatmalar berilib, ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
1 декабрдан иш ҳақи, пенсиялар ва ижтимоий нафақалар оширилади

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2023 йил 17 ноябрдаги “Иш ҳақи, пенсиялар ва нафақалар миқдорини ошириш тўғрисида”ги 196-сонли фармонига кўра, жорий йил 1 декабрдан иш ҳақи, пенсиялар ва ижтимоий нафақалар 7% га оширилмоқда.

Батафсил: https://uza.uz/posts/539552

📱Мобил илова 👉 iOS | Android

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе