Qashqadaryo kadastr_press
2.69K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.03K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
#hamkorlik_natijalari
▫️Kadastr sohasida korrupsiyaviy xavflarning oldini olish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Kadastr agentligi o‘rtasida tasdiqlangan 2023-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi ijrosi yuzasidan hamkorlikda quyidagi ishlar amalga oshirildi:

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini samarali joriy etish maqsadida 12 tadan ortiq ichki idoraviy hujjat qabul qilindi.

“Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” (ISO 37001:2016) joriy etildi hamda 22 nafar xodim xalqaro standart bo'yicha malaka sertifikatiga ega bo'ldi.

➡️Batafsil

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Kitobdagi yer nazorati tadbirlarida yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘i muhofaza maydoni ichidan o‘zboshimchalik bilan bino qurilganligi aniqlandi

Kadastr agentligining Kitob tumani bo'limi tomonidan "Paxtaobod" MFY hududida nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Unda fuqaro Primov tomonidan "Novqat" qishlog‘idan o‘tgan yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘i muhofaza maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, 16m/kv (4x4 metr) o‘lchamda savdo do‘koni qurganligi holati aniqlandi.

Aniqlangan yer qonunbuzilishi holati bo‘yicha Kadastr xodimlari tomonidan fuqaroga yer qonun buzilishi holatini 15 kunlik muddatda bartaraf etish bo'yicha yozma ko‘rsatma berildi.

Noqonuniy qurilma belgilangan muddatda bartaraf etildi.

Yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olishning huquqiy oqibatlaridan XABARDORMISIZ ?

🎥 Videoni tomosha qiling

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E’LON!

🗣 Hurmatli fuqarolar hamda tadbirkorlar!

🟦Sizning kadastr xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha savol va murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi mutasaddilari ishtirokida onlayn audio muloqot o‘tkaziladi.

👁Mavzu: "Kadastr xizmatlarini ko'rsatish tartibi"

Jonli efir TELEGRAM hamda FACEBOOK platformasi orqali o‘tkaziladi.

📆 Vaqti: 2023-yil 20-noyabr, soat 11:00 da

#Kadastr_agentligi #DavKadastrPalata #audio_muloqot

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from QARSHI SHAHRI HOKIMLIGI
Kadastr filiali arxivida saqlanayotgan 72 mingdan ziyod ko'chmas mulk hujjatlari raqamlashtirildi

Kadastr sohasini arxiv hujjatlarisiz tasavvur qilish qiyin

Har bir sohada bo'lgani kabi Kadastr sohasida ham raqamlashtirish jarayonlari izchillik bilan olib borilmoqda.

Hozirgi kunda Davlat kadastrlari palatasi Qarshi shahar filial arxivida 77 000 dan ziyod ko'chmas mulklarning kadastr hujjatlari saqlanmoqda.

Ularning 72 mingdan ziyod turar joy hujjatlari bo'lsa, 5.5 mingdan ziyodi noturar joylarning kadastr hujjatlaridir.

Quvonarlisi, bugungi kunda filialdagi ko'chmas mulkka oid 72 195 ta qog'oz ko'rinishidagi hujjatlar arxiv bazasiga kiritilib, hujjatlarning elektron ko‘rinishga o‘tishi ta'minlandi.

Bugungi kunda Davlat kadastrlari palatasi Qarshi shahri filialida 1937-yilga oid ko'chmas mulk obyektlarining arxiv hujjatlari ham mavjud.


Kanalga ulanish: @qarshishaharhokimligi
💠Kadastr atamalari

🗺Topografik xarita - asosiy tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy obyektlarni tasvirlovchi, mazmuni, bezagi va matematik asosi yagona boʻlgan mufassal umumgeografik xarita.

#Kadastr_agentligi #DavKadastrPalata #kadastr_atamalari

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Viloyat markazidan qariyb 100 kilometr olislikda joylashgan Kadastr idorasida targ'ibot tadbiri o'tkazildi

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Dehqonobod tumani bo'limi hamda filiali xodimlari uchun yig'ilish o'tkazildi.

Tadbirda Kadastr boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassislari Alisher Jo'rayev va Bahrom Kulmuratov firibgarlik, poraxo‘rlik, mansab vakolatini suiste’mol qilish hamda boshqa shu kabi illatlarning ijtimoiy va huquqiy oqibatlari haqida kadastr xodimlariga ma'lumot berishdi.

Suhbat davomida xodimlarining ijro intizomi, odob-axloq qoidalariga rioya qilishi, kelib tushgan murojaatlarni oʻz vaqtida sifatli bajarishi yuzasidan ham fikr almashildi.

Boshqarma ma'sullari tomonidan bu kabi tadbirlar har bir Kadastr bo'limlari va filiallarida o'tkazib borilmoqda.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Yer - umummilliy boylik. Keyingi yillarda ushbu resursdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish, yer munosabatlari sohasida qonuniylikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🔹Qashqadaryo viloyatida ham yerlarni noqonuniy egallab olish holatlarining oldini olishda Prokuratura va Kadastr xodimlari tomonidan o'tkazib kelinayotgan tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugun Viloyat prokuraturasi bo'limi boshlig'i Shohruxmirzo Faxriddinov, Kadastr boshqarmasi boshlig'i Jasur Usmonov va bo'limlar mas'ullari ishtirokida tashkil etilgan yig'ilishda ham yer nazorati sohasi amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi.

🔹Unda yerga oid qonunbuzarlik holatlarining oldini olish maqsadida nazorat tadbirlarini yanada kuchaytirish kerakligi ta'kidlandi.

Sohada Qonun ustuvorligini ta’minlash kerakligiga yana bir bor urg‘u berilib, noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish bo'yicha Sudga da'vo arizalarini o'z muddatida kiritib borish yuzasidan mas'ullarga topshiriqlar berildi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Kadastr filiali rahbari ham o'zi o'qigan maktabda daraxt ekdi

🌳Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida rahbar xodimlar shaxsiy tashabbus ko'rsatishmoqda.

Davlat kadastr palatasi Qarshi tumani filiali rahbari Jamoliddin Primov o'zi tahsil olgan Qarshi tumanidagi 38-maktabga 100 dan ziyod mevali va manzarali daraxtlarni taqdim etdi va ko'chatlarni ekish jarayonlarida faol qatnashdi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

OAV biz haqimizda

🌟Avvalroq, Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi hamda tuman (shahar) filiallarida faoliyat yurituvchi xotin-qizlar uchun “JAMOADA MEHNAT SAMARADORLIGINI OSHIRISH” mavzusida seminar-trening o'tkazilganligi haqida xabar bergan edik.

▶️Mazkur tadbir tafsilotlari haqida "Qashqadaryo MTRK" ning "Tafsilot" ko'rsatuvida so'z bordi.

#Kadastr_agentligi #DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda #xotin_qizlar

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Dehqonobodda Kadastr xodimlari tomonidan o'tkazilgan nazorat tadbirlarida o‘rmon fondi yerlarini noqonuniy egallashga oid 60 ga yaqin holatni aniqlangan

Kadastr agentligining Dehqonobod tumani bo'limi tomonidan Beliboyli massivi Chambil MFY hududidagi To’rtko’l o’rmon bo’limi, Oqbosh o’rmon bo’limi, Duob o’rmon bo’limi hamda Ibn Sino massivi Janggalsoy o’rmon bo’limi hududlarida nazorat monitoringi o’tkazilgan.

Tadbirlarda 58 nafar fuqarolar O'rmon bo'limlariga tegishli 0,1377 gektar yer maydonini egallab, noqonuniy ravishda mavsumiy uy qurilganligi aniqlangan.

Yerga oid qonunchilik talabining tushuntirilishi natijasida 39 nafar fuqarolar tomonidan noqonuniy ravishda egallangan 0,1068 gektar yer maydonidagi qonunbuzarlik holarlari ixtiyoriy bartaraf etilgan.

19 nafar fuqarolarga esa O'rmon xo'jaligi yer maydonida qurilgan noqonuniy qurilishlarni 15 kun muddat oralig’ida bartaraf etiish yuzasidan yozma ko’rsatmalar berilib, ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook