Qashqadaryo kadastr_press
2.69K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.03K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Mirishkorda aholining kadastrga doir murojaatlari ijobiy hal etilmoqda

Kadastr sohasi boʻyicha kelib tushayotgan murojaatlarni tezkor hal etish boʻyicha Davlat kadastrlar palatasi Mirishkor tuman filiali tomonidan ham qator amaliy ishlar bajarilmoqda.

Xususan, uzoq vaqtdan buyon yashash xonadonida kadastr hujjatlariga ega boʻlmagan Adjamyan Olya Yevgenyevna va 2-guruh nogironi Aminova Toshlarga mulkiy kadastr hujjatlari topshirildi. 

"Muammolarni tezkor amaliy yechimini topib, murojaatlarni ijobiy hal etish jarayonida tumandagi besh yoʻl chorrahasi hududida yashil makon qilish istagini bildirgan fuqarolar O.Muminov va A.Bernayevlarga auksion uchun lotlarga ajratilayotgan yer maydonlari tanishtirildi"— deydi Kadastr filiali rahbari Murodullo Tursunov.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Korrupsiyaga qarshi kurashish – davr talabi

Kadastr agentligi Koson tumani bo'limi hamda Davlat kadastrlari palatasi Koson tumani filiali xodimlari uchun davra suhbati tashkil etildi.

💼 Tadbirda korrupsiyani oldini olish, korrupsion holatlar vujudga kelganda qanday choralar ko‘rish hamda huquqiy hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha tushunchalar berildi.

📌 Yig'ilishda, xodimlarni o‘z xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarilishiga alohida to‘xtalib, huquqbuzarliklarni oldini olish, ularni keltirib chiqaradigan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, uning oqibatlari tizim  xodimlariga salbiy taʼsir yetkazishi alohida ta'kidlandi.

Boshqarma ma'sullari tomonidan bu kabi tadbirlar har bir Kadastr bo'limlari va filiallarida o'tkazib borilmoqda.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Forwarded from Мuborak tumani hokimligi (Muborak tuman hokimligi)
Kadastr xodimlari Muborak tumanidagi 95 foiz yerlarning elektron xaritasini yaratishdi

Muborak tumanining umumiy yer maydoni 307 013 gektarni tashkil etadi.

Davlat kadastrlari palatasi Muborak tuman filiali tomonidan tumanning 290 298 gektar ya'ni 95 foiz yer maydonlari Uzkad tizimida hisobga olindi va davlat ro'yxatidan o’tkazilib, yerlarning elektron xaritasi yaratildi.

Kadastr xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar natijasida, yer maydonlari haqidagi maʼlumotlar UZKAD tizimi orqali yuritiladi hamda maʼlumotlarining haqiqiyligi va ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadi.

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring!
Теlegram|Facebook|Instagram|YouTube
Forwarded from Qarshi tumani hokimligi | Rasmiy kanal (To`lqin Turdiyev)
Kadastr filiali arxivida saqlanayotgan 70 mingga yaqin ko'chmas mulk hujjatlari raqamlashtirildi

Kadastr sohasini arxiv hujjatlarisiz tasavvur qilish qiyin.

Har bir sohada bo'lgani kabi Kadastr sohasida ham raqamlashtirish jarayonlari izchilik bilan olib borilmoqda.

Hozirgi kunda Davlat kadastrlari palatasi Qarshi tuman filial arxivida 70 000 dan ziyod ko'chmas mulklarning kadastr hujjatlari saqlanmoqda.

Ularning 68 mingga yaqini turar joy hujjatlari bo'lsa, 3 mingdan ziyodi noturar joylarning kadastr hujjatlaridir.

Quvonarlisi, bugungi kunda filialdagi ko'chmas mulkka oid 70 mingga yaqin qog'oz ko'rinishidagi hujjatlar arxiv bazasiga kiritilib, hujjatlarning elektron ko‘rinishga o‘tishi ta'minlandi.

Bugungi kunda Davlat kadastrlari palatasi Qarshi tumani filialida 1963-yilga oid ko'chmas mulk obyektlarining arxiv hujjatlari ham mavjud.

t.iss.one/qarshitumaniuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qarshi shahrida kadastr sohasidagi xotin-qizlarning  bilim va tajribalarini yanada oshirish, ish tizimida va oiladagi o‘rnini yanada yaxshilash maqsadida “JAMOADA MEHNAT SAMARADORLIGINI OSHIRISH” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

📍Seminarda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i bilan birgalikda hududiy Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i, IIB mas'uli, psixolog va huquqshunoslar ishtirok etishdi.

Unda tizimda xotin-qizlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, ularni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan amalga oshiralayotgan tadbirlar, oilada va ish faoliyatida ma'naviy-axloqiy muhitini yanada yaxshilash mavzularida suhbatlashildi.

Bundan tashqari shu kuni tizim xotin-qizlari uchun sayyor qabul o'tkazildi.

📑 Qabulda sohada faoliyat yuritayotgan ayollarimiz muammolari yaqindan o'rganilib, ularga huquqiy yechimlar berildi hamda ayrim murojaatlarga vakolat va imkoniyat doirasida ko'maklashishga kelishildi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
💠DXMdagi xizmatlarimiz

Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish tartibi qanday amalga oshiriladi?

▶️Siz onlayn tarzda – YIDXP (my.gov.uz) yoki oflayn tarzda – Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilib, Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnoma olishingiz mumkin.

📃Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnomada quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:

bino va inshootlarning joylashgan manzili, kadastr raqami, turar joy yoki noturar joyligi, umumiy maydoni, umumiy yashash maydoni, huquq egasi (egalari), bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlar turi, bino va inshootlarga bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjat nomi, raqami, sanasi, cheklanish mavjudligi, kadastr qiymati.

🗣Xizmatdan foydalanish uchun faqatgina ko'chmas mulk obyektining kadastr raqami kerak bo'ladi.

◾️Xizmat narxi - 16 500 so'm (BHMning 5 foizi) miqdorida

🕔Xizmat ko'rsatish muddati – realvaqt rejimida

#Kadastr_agentligi #DavKadastrPalata #DXM #xizmatlar

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik_natijalari
▫️Kadastr sohasida korrupsiyaviy xavflarning oldini olish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Kadastr agentligi o‘rtasida tasdiqlangan 2023-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi ijrosi yuzasidan hamkorlikda quyidagi ishlar amalga oshirildi:

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini samarali joriy etish maqsadida 12 tadan ortiq ichki idoraviy hujjat qabul qilindi.

“Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” (ISO 37001:2016) joriy etildi hamda 22 nafar xodim xalqaro standart bo'yicha malaka sertifikatiga ega bo'ldi.

➡️Batafsil

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Kitobdagi yer nazorati tadbirlarida yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘i muhofaza maydoni ichidan o‘zboshimchalik bilan bino qurilganligi aniqlandi

Kadastr agentligining Kitob tumani bo'limi tomonidan "Paxtaobod" MFY hududida nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Unda fuqaro Primov tomonidan "Novqat" qishlog‘idan o‘tgan yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘i muhofaza maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, 16m/kv (4x4 metr) o‘lchamda savdo do‘koni qurganligi holati aniqlandi.

Aniqlangan yer qonunbuzilishi holati bo‘yicha Kadastr xodimlari tomonidan fuqaroga yer qonun buzilishi holatini 15 kunlik muddatda bartaraf etish bo'yicha yozma ko‘rsatma berildi.

Noqonuniy qurilma belgilangan muddatda bartaraf etildi.

Yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olishning huquqiy oqibatlaridan XABARDORMISIZ ?

🎥 Videoni tomosha qiling

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E’LON!

🗣 Hurmatli fuqarolar hamda tadbirkorlar!

🟦Sizning kadastr xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha savol va murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi mutasaddilari ishtirokida onlayn audio muloqot o‘tkaziladi.

👁Mavzu: "Kadastr xizmatlarini ko'rsatish tartibi"

Jonli efir TELEGRAM hamda FACEBOOK platformasi orqali o‘tkaziladi.

📆 Vaqti: 2023-yil 20-noyabr, soat 11:00 da

#Kadastr_agentligi #DavKadastrPalata #audio_muloqot

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from QARSHI SHAHRI HOKIMLIGI
Kadastr filiali arxivida saqlanayotgan 72 mingdan ziyod ko'chmas mulk hujjatlari raqamlashtirildi

Kadastr sohasini arxiv hujjatlarisiz tasavvur qilish qiyin

Har bir sohada bo'lgani kabi Kadastr sohasida ham raqamlashtirish jarayonlari izchillik bilan olib borilmoqda.

Hozirgi kunda Davlat kadastrlari palatasi Qarshi shahar filial arxivida 77 000 dan ziyod ko'chmas mulklarning kadastr hujjatlari saqlanmoqda.

Ularning 72 mingdan ziyod turar joy hujjatlari bo'lsa, 5.5 mingdan ziyodi noturar joylarning kadastr hujjatlaridir.

Quvonarlisi, bugungi kunda filialdagi ko'chmas mulkka oid 72 195 ta qog'oz ko'rinishidagi hujjatlar arxiv bazasiga kiritilib, hujjatlarning elektron ko‘rinishga o‘tishi ta'minlandi.

Bugungi kunda Davlat kadastrlari palatasi Qarshi shahri filialida 1937-yilga oid ko'chmas mulk obyektlarining arxiv hujjatlari ham mavjud.


Kanalga ulanish: @qarshishaharhokimligi
💠Kadastr atamalari

🗺Topografik xarita - asosiy tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy obyektlarni tasvirlovchi, mazmuni, bezagi va matematik asosi yagona boʻlgan mufassal umumgeografik xarita.

#Kadastr_agentligi #DavKadastrPalata #kadastr_atamalari

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Viloyat markazidan qariyb 100 kilometr olislikda joylashgan Kadastr idorasida targ'ibot tadbiri o'tkazildi

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Dehqonobod tumani bo'limi hamda filiali xodimlari uchun yig'ilish o'tkazildi.

Tadbirda Kadastr boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassislari Alisher Jo'rayev va Bahrom Kulmuratov firibgarlik, poraxo‘rlik, mansab vakolatini suiste’mol qilish hamda boshqa shu kabi illatlarning ijtimoiy va huquqiy oqibatlari haqida kadastr xodimlariga ma'lumot berishdi.

Suhbat davomida xodimlarining ijro intizomi, odob-axloq qoidalariga rioya qilishi, kelib tushgan murojaatlarni oʻz vaqtida sifatli bajarishi yuzasidan ham fikr almashildi.

Boshqarma ma'sullari tomonidan bu kabi tadbirlar har bir Kadastr bo'limlari va filiallarida o'tkazib borilmoqda.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook