Qashqadaryo kadastr_press
2.69K subscribers
10.9K photos
1.52K videos
4 files
6.02K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
#Kadastr_agentligi #UzDKP #Ustozlar_kuni

Faxriylar doimo e'tiborimizda!

🔸Har bir insonning komil shaxs bo’lib voyaga yetishida, yetuk kasb egasi bo’lib jamiyatda o’z o’rnini topishida ustoz – muallimlarning o’rni juda muhim. Fidoyi, zahmatkash ustozlar o’z shogirdlariga bilim berish barobarida ular qalbiga insonga xos eng go’zal ezgu xislatlarni, mehr - oqibat va odamiylik tuyg’ularini singdirib boradi.

🏛Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasida 1-oktabr "Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

▫️Sana munosabati bilan Kadastr sohasini yanada rivojlantirishga o'z hissasini qo'shgan, "Ustoz-shogirt" an'analari asosida ko'plab yosh kadastrchilarni yetishtirishda ulkan xizmat ko'rsatib Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va tuman (shahar) filiallarida ko’p yillar davomida samarali faoliyat yuritib, bugungi kunda nafaqada bo'lgan 14 nafar faxriy xodimlar e'tirof etildi.

🔗Shuningdek, Dehqonobot tumani filiali rahbari Ashur Laliyev hamda Qamashi tumani filiali bosh muhandisi Zoir Jo'rayevlar Davlat kadastrlari palatasining faxriy yorlig'i bilan taqdirlandi.

💐Bayramingiz muborak bo'lsin aziz Ustozlar!

🇺🇿
telegram | instagram | facebook
#kadastr #e_lon

💠DIQQAT E’LON!💠

🔰Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!

Rejadan tashqari texnik ishlar tufayli Toshkent shahri hududidagi obyektlar bo'yicha Kadastr Agentligi tomonidan ko'rsatiladigan davlat xizmatlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilmoqda.

Ushbu vaqtinchalik uzilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha barcha ishlar amalga oshirilayotganini ma’lum qilamiz.

◼️Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik

⚜️1 oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni

Aziz ustozlar!
Qadrli o‘qituvchi va murabbiylar!

Sizlarni, 1 oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz.

Ustozlik maqomi juda ham oliy saodat. Bizga saboq bergan, hayotda o‘z o‘rnimizni topishimizga ko‘mak bergan muhtaram ustozlarimizni doimo e’zozlaymiz.

Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilaymiz. Doimo sog‘-omon bo‘ling, aziz ustozlar!

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Bizni Instagram va facebookda ham kuzatib borasizmi ?
Anonymous Poll
50%
Ha, kuzataman
36%
Yo'q
16%
Instagram va facebookda Kadastrni sahifasi borligini bilmasdim.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Biz har ikkisida ham bormiz...

📲 INSTAGRAM
📲 FACEBOOK

Yer, ko'chmas mulk va kadastrga doir ma'lumotlarni biz bilan kuzating

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#Kadastr #murojaat

🟢Fuqaro hamda tadbirkorlarga 🌟Kadastr agentligi rahbariyati murojaati.

➡️ Batafsil o'qish uchun

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish tartibi qanday amalga oshiriladi?

▫️Turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarori asosida amalga oshiriladi.

▫️Ariza beruvchilar bino va inshoot tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza yuboriladi.

▫️Arizaga bino va inshoot fasadining elektron ko‘rinishdagi eskiz loyihasi ilova qilinadi.

▫️Arizada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi va davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamaslik davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.

▫️Xizmat ko‘rsatish muddati 5 ish kuni.

🇺🇿
telegram | instagram | facebook
Mirishkorda o'tkazilgan sayyor qabulda aholining kadastrga doir murojaatlari ijobiy hal etildi

Mirishkor tumanining  “Gulshanbog’” mahallasida ommaviy sayyor qabul o’tkazildi.

Sayyor qabullar aholi murojaatlarini yechishda muhim omil hisoblanadi.

Quvonarlisi tumanda o'tkazilgan qabulda Davlat kadastrlari palatasi Mirishkor tumani filiali mas'ullari ham ishtirok etib, vakolat doirasidagi murojaatlarni ijobiy hal etishdi.

"Kadastr hujjatini rasmiylashtirish va auksion masalalaridagi jami 6 ta murojaatdan 2 tasi joyning o'zida ijobiy hal etildi. To'rt nafar murojaatchiarga esa qonuniy yo'l-yo'riqlar ko'rsatildi"— deydi Mirishkor tumani filiali rahbari Murodullo Tursunov.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Tadbirkorlik va shaharsozlik uchun 3 282 dan ortiq yer uchastkalarini mulk huquqida sotib oling!

▫️G'uzor tumani 272 ta (ko'rish)
▫️Dehqonobod tumani 457 ta (ko'rish)
▫️Qamashi tumani 478 ta (ko'rish)
▫️Qarshi tumani 101 ta (ko'rish)
▫️Koson tumani 202 ta (ko'rish)
▫️Kitob tumani 112 ta (ko'rish)
▫️Mirishkor tumani 341 ta (ko'rish)
▫️Muborak tumani 232 ta (ko'rish)
▫️Nishon tumani 286 ta (ko'rish)
▫️Kasbi tumani 142 ta (ko'rish)
▫️Ko'kdala tumani 86 ta (ko'rish)
▫️Chiroqchi tumani 149 ta (ko'rish)
▫️Shahrisabz tumani 77 ta (ko'rish)
▫️Yakkabog' tumani 225 ta (ko'rish)
▫️Qarshi shahri 30 ta (ko'rish)
▫️Shahrisabz shahri 92 ta (ko'rish)

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#Huquqiy_malumot

Ipotekani, shuningdek, ijara huquqini, yer uchastkasi boʻyicha servitutni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda garov xatini rasmiylashtirish uchun toʻlov miqdori qancha?

🔸Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-avgustdagi 424-son Qarorga muvofiq, ipotekani, shuningdek, ijara huquqini (yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqi bundan mustasno), yer uchastkasi boʻyicha servitutni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda garov xatini rasmiylashtirish uchun toʻlov miqdori Bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari etib belgilandi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Kasbi tuman filiali xodimlari tomonidan yanvar-sentabr oylari davomida 89 ta murojaat ijobiy hal etildi.

🏛Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Kasbi tuman filialiga o'tgan 9 oy davomida jami 290 ta murojaatlar kelib tushgan.

🔸Kasbi tuman filialiga kelgan murojaatlarning 12 tasi yer ajratish masalasida bo'lsa, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bo'yicha 48 ta, mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo'yicha 69 ta, nizoli masalalar yuzasidan 17 ta, so'rovnomalar 27 ta va boshqa masalalar yuzasidan 117 tani tashkil etadi.

🔗"Murojaatlarning 89 tasi filial xodimlari tomonidan ijobiy hal etilgan" - deydi murojaatlar bilan ishlash bo'yicha mas'ul xodim Zebo Miraliyeva.

#Kadastr_agentligi #Dav_Kadastr_Palata #Kasbi_tumani

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚖️ Notariuslar va 🌟Kadastr organlarining idoralararo hamkorligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko'ra:

notariuslar bilan ma’lumot almashinuvida yer uchastkalari va ko‘p yillik dov-daraxtlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ham taqdim etish;

🏠turar joy oldi-sotdi shartnomasini notarial tasdiqlashda notariusga ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini taqdim etish amaliyotini bekor qilish;

⚙️notariuslar va kadastr organlarining o‘zaro hamkorligini “Elektron hukumat” tizimi orqali amalga oshirish;

🌳ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda kadastr pasportini tayyorlashning aniq muddatlarini belgilash kabi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

Asos: VM-470,14.09.2023

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ALBATTA QATNASHING!

KADASTR AGENTLIGINING RASMIY SAHIFASINI QAYSI HUDUDDAN KUZATIB BORASIZ?
Anonymous Poll
9%
Samarqand viloyati
24%
Qashqadaryo viloyati
38%
Surxondaryo viloyati
4%
Buxoro viloyati
4%
Navoiy viloyati
5%
Xorazm viloyati
17%
Toshkent shahar
Qashqadaryoda 9 oy davomida 72085 ta ko'chmas mulkga bo'lgan huquqlari davlat ro'yxatidan o'tkazilgan.

🔸Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilning yanvar-sentabr oylari davomida 72085 ta ko'chmas mulkga bo'lgan huquqlari davlat ro'yxatidan o'tkazilgan.

🔗Shundan, 58000 tasi turar joy obyektlari bo'lsa, 14085 tasi notutar joy obyektlarini tashkil etadi.

▪️Ushbu ko'rsatgich tuman (shahar)lar kesimida quyidagicha tashkil etadi:

▫️Chiroqchi tumani 2065 ta;
▫️Dehqonobod tumani 2361 ta;
▫️G'uzor tumani 3587 ta;
▫️Kasbi tumani 2865 ta;
▫️Kitob tumani 8775 ta;
▫️Ko'kdala tumani 924 ta;
▫️Koson tumani 3063 ta;
▫️Mirishkor tumani 2198 ta;
▫️Muborak tumani 3234 ta;
▫️Nishon tumani 3564 ta;
▫️Qamashi tumani 2974 ta;
▫️Qarshi shahri 13452 ta;
▫️Qarshi tumani 8225 ta;
▫️Shahrisabz tumani 4336 ta;
▫️Shahrisabz shahri 6332 ta;
▫️Yakkabog' tumani 4130 ta.

#Kadastr_agentligi #Dav_Kadastr_Palata #Davlat_ruyxatidan_utkazish

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#Kadastr_agentligi #imtiyoz

⚡️Yetim bolalar kadastr xizmatlari uchun davlat bojidan ozod etilgan.

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar
ularga davlat tomonidan ikkilamchi bozordan olib berilgan uy-joylarni mulkka egalik qilish huquqi asosida o‘z nomiga rasmiylashtirishda notarius va kadastr xizmatlari uchun (oldi-sotdi shartnomasi va ko‘chmas mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish) davlat boji to‘lashdan ozod etilgan.

Bu norma 🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-apreldagi "Ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga ko‘ra belgilangan.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM