Qashqadaryo kadastr_press
2.7K subscribers
11K photos
1.53K videos
4 files
6.11K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
Download Telegram
Kadastr boshqarmasi mas'ullari Dehqonobodda sayyor qabul o'tkazishdi

Aholining Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Dehqonobod tumani aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi

Sayyor qabulda 10 ga yaqin mahallalar aholisi ishtirok etdi. Shu kuni jami 14 ta murojaat qabul qilindi va vakolat doirasidagi murojaatlarni ijobiy hal etish maqsadida boshqarma mas'ullarining nazoratiga olindi.

Jami murojaatlar soni 14 ta

🔹Mulkka egalik huquqini olish - 6 ta,

🔹kadastr hujjatini rasmiylashtirish - 4 ta,

🔹Yer maydonini zaxiraga qaytarish - 1 ta,

🔹qishloq xo‘jaligi yer maydoni masalasida-2 ta,

🔹nizoli yer uchastkasi masalasida 1 ta murojaat bo'ldi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#mini_futbol #kadastr

🏆 ⚽️ "MINI FUTBOL-2023" sport musobaqasi o'z nihoyasiga yetdi. 🏆

Musobaqaning yakuniy kuni natijalariga ko'ra:

1️⃣-o'rin- Andijon viloyati jamoasi;
2️⃣-o'rin- Qashqadaryo viloyati jamoasi;
3️⃣- o'rin- Sirdaryo viloyati jamoasi;
4️⃣-o'rin- Namangan viloyati jamoalariga nasib etdi.

➡️ Musobaqaning yakuniy kunida 🌟Kadastr agentligi tizim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o'rtasida ham turli xil sport musobaqalari o'tkazildi.

Ayollar o'rtasida o'tkazilgan musobaqa natijalariga ko'ra:

1️⃣-o'rin- Respublika aerogeodeziya markazi jamoasi;
2️⃣-o'rin- Surxondaryo viloyati jamoasi;
3️⃣- o'rin- Navoiy viloyati jamoasi;
4️⃣-o'rin- "Geoinfocom" DUK jamoasi egalladi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mini_futbol Faqatgina finalda "qoqildik". Munosib ishtirok uchun rahmat

🥈Qashqadaryo : Samarqand 3-1

🥈Qashqadaryo : Qoraqalpog'iston Respublikasi 4-1

🥈Qashqadaryo : Kadastr agentligi 5-1

🥈Qashqadaryo : Jizzax 4-3

🥈Qashqadaryo: Namangan 4-2

🥈Qashqadaryo: Andijon 0-4

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Huquqiy hujjatlar mavjud bo'lmaganda kadastr pasporti rasmiylashtiriladimi ?

Dehqonobodda kadastr xodimlari aholi murojaatlarini o'rganishmoqda.

Dehqonobod tumani "Mustaqillik" ko’chasida yashovchi Muqaddas opa uy-joyiga kadastr hujjatini rasmiylashtirib berishni so’rab murojaat qiladi.

O’rganishlar davomida ushbu turar-joyning huquqiy hujjatlari mavjud emasligi aniqlandi.

Turar-joyiga nisbatan mulkka oid huquqiy hujjatlar (yer ajratish qarori, oldi-sotdi shartnomasi, meros guvohnomasi, hadya shartnomasi) mavjud bo'lgan taqdirda Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali kadastr hujjatini rasmiylashtirish uchun murojaat yo'llash mumkinligi va kadastr hujjatini rasmiylashtirib, davlat ro’yxatidan o’tkazish kerakligi murojaatchiga tushuntirildi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#kadastr_agentligi #qaror #vm_424

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 🏙 "“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida” 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida"gi Qarori qabul qilindi (2023-yil 25-avgust 424-son).

📄 Qarorning 1-ilovasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

😎 ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish va yagona hujjatga birlashtirish;

😎jismoniy va yuridik shaxslarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlari yuzaga kelganligi, boshqa shaxsga o‘tganligi, cheklanganligi va bekor qilinganligi faktini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartib-taomili;

😎ko‘chmas mulkni bo‘lish, birlashtirish va ularning yangi chegaralarini belgilash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartib-taomili hamda ushbu xizmatlarni ko‘rsatganlik uchun undiriladigan to‘lovlar miqdori;

😎davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, bu haqda guvohnoma berilgan ko‘chmas mulklarni elektron tarzda davlat reyestriga kiritish va undan ko‘chirma berish, shu jumladan mazkur xizmatlarni bepul amalga oshirish.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Bu muhim!▪️

▶️ Xabaringiz bor, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda kelib tushgan arizalar orasida respublika bo‘yicha to‘lovini kutayotgan murojaatlar juda ko‘pligi haqida ma’lum qilgan edik.

📃 Qonunchilikka ko'ra, belgilangan vaqt ichida haq to‘lanmasligi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etilishiga asos bo'lishini yana bir bor eslatib o'tamiz.

◼️ Shu munosabati bilan, fuqarolarimizdan ariza ijobiy xulosa olgan kundan boshlab 30 ish kuni ichida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to'lovlarini amalga oshirishlari so'raladi.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🕊 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'tgan haftada Koson tumanidagi 20 gektardan ziyod fermer xo'jaligi yer maydonlari davlat ro'yxatidan o'tkazildi

Davlat kadastrlari palatasi Koson tumani filialiga 21-25 avgust kunlari oralig'ida kadastr hujjati tayyorlash bo'yicha jami 26 ta murojaat kelib tushgan. Mazkur arizalar asosida 14 ta ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti rasmiylashtirilib, Davlat xizmatlari markazlari orqali mulkdorlarga taqdim qilindi.

Shuningdek, filalimiz tomonidan 0,4 gektarga teng 2 ta bo‘sh yer uchastkalari xatlov natijasida aniqlanib, “YERELEKTRON” tizimiga kiritildi.

Bundan tashqari,bir hafta ichida Uz kad dasturiga tumandagi 85,90 gektar yer maydoni hisobga olindi. Hisobga olingan 20,50 gektar yer maydoni davlat ro’yxatidan o’tkazildi.

BATAFSIL BU YERDA👇👇👇
https://telegra.ph/Otgan-haftada-Koson-tumanidagi-20-gektardan-ziyod-fermer-xojaligi-yer-maydonlari-davlat-royxatidan-otkazildi-08-28

🇺🇿 telegram | instagram | facebook