Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internat.
1.81K subscribers
4.97K photos
420 videos
25 files
1.16K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining rasmiy Telegram sahifasi.
Download Telegram
Forwarded from Уткирбек Рустамов
🟢#LIVE
#SEAMO
#xalqaro_olimpiada

Xalqaro Janubiy-Sharqiy Osiyo matematika olimpiadasining hududiy bosqichi Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo'lib o'tmoqda

🌐Janubiy-Sharqiy Osiyo matematika olimpiadasi (SEAMO)
- bu Matematika xalqaro olimpiadasi bo'lib, Singapur davlati Terri Chew akademyasi tomonidan tashkil etilgan. Akademya tomonidan dunyo bo'yicha eng ko'p sotib olinuvchi matematika olimpiada kitoblari chiqariladi.

💫SEAMO boshqa matematik musobaqalardan juda farq qiladi:

🔎Bu matematikaning texnik ko'nikmalaridan farqli o'laroq ijodiy va ixtirochilik fikrlashga katta e'tibor beradi.
🪄 Nomzodlar Gonkong, Tailand, Indoneziya, Avstraliya va AQSh singari 18 ta mamlakatning eng yorqin onglariga qarshi kurashmoqda
🪄Akkreditatsiyadan o'tgan SEAMO g'oliblari eng yaxshi Singapur va Xalqaro maktablarda o'z o'rinlarini egallashga ega bo'lishidir.

🎗Barcha ishtirokchilarga omad yor bo'lsin!

🏢Maktabning rasmiy telegram sahifasiga aʼzo bo‘ling 👉https://t.iss.one/Qarshi1son
👍8🔥31👏1
#LIVE

Qashqadaryoda o'qituvchilar qurultoyi o'tkazilmoqda

Ayni vaqtda Qarshi shahridagi Prezident maktabida "O'qituvchilar qurultoyi" start oldi.  

Bunda ta’lim islohotlarini birgalikda amalga oshirish, o‘qituvchilarni yagona kuchga aylantirish hamda mavjud muammolarni muhokama qilish va ularni yechimi bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish yuzasidan fikrlar mulohaza etilmoqda.

Ma'lumot uchun: Qurultoyda 200 nafarga yaqin o'qituvchilar ishtirok etmoqda hamda Prezident maktabining xorijiy o'qituvchilari va mahalliy o'qituvchilar tomonidan trening mashg'ulotlari olib borilmoqda.

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_vxtb
👍1
🟢 #LIVE_

Ayni daqiqalarda hududlarda "ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI"ning "o‘quvchilar" va "talaba-o‘quvchilar" ligasining qishki mavsum 1-turi bo'lib o'tmoqda


Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchilaridan tashkil topga "Osmondagi bolalar" jamoasi 1-saralash bosqich natijalariga ko'ra peshqadam bo'lib turipti.

🎗O‘quvchilarimizga omad tilab, yuksak marralarni zabt etishiga ishonamiz!

🏢Maktabning rasmiy telegram sahifasiga aʼzo bo‘ling 👉https://t.iss.one/Qarshi1son
👍11🔥61
🟢 #LIVE_

Ayni daqiqalarda Qarshi shahar 1-son Ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI" kordinatorlari tomonida maktab-internati yotoqxonasida turuvchi o'quvchilar o'rtasida zakovat ligasining qishki mavsum 1-turi bo'lib o'tmoqda.

Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati

🏢Maktabning rasmiy telegram sahifasiga aʼzo bo‘ling 👉https://t.iss.one/Qarshi1son
👍20
#Xalqaro_forum
#live

Markaziy Osiyo Universitetlar forumining xorijiy tashkilotlar vakillari ishtirokidagi ochiq muloqot tadbiri boshlandi


🔴 Ayni vaqtda Yangi O‘zbekiston Universitetida Markaziy Osiyo Universitetlari Forumining muhim uchrashuvlaridan biri boshlandi.

📍 Unda Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy kabi nufuzli davlatlarda joylashgan va ta’lim rivoji uchun dunyo miqyosida ish olib borayotgan 60 dan ortiq xalqaro tashkilotlar, shuningdek, yuzga yaqin xorijiy oliygohlar hamda yurtimizdagi qator oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etmoqda.

Tadbirni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova kirish so‘zi bilan ochib berdi hamda bugungi nufuzli uchrashuvning ahamiyati, ta’lim rivojining dunyo xalqlari hayotidagi muhim o‘rni haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tantanali tadbirda “Times Higher Education” tashkiloti xalqaro ishlar rahbari Phil Baty, Massachusets texnologiya universiteti vakili Anjali Shastry, Obuda universiteti rektori Levente Kovachs, Abu Dabidagi Nyu-York universiteti dotsenti Behzod Xoshimov, “Montfort Eurasia” boshqaruvchi direktori Eleanor Kramers va ko‘plab xorijiy tashkilotlar vakillarining mavzuga doir chiqishlari ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, tadbir doirasida “Times Higher Education” reytingida tan olingan universitetlarni taqdirlash marosimi, xalqaro nufuzli mehmonlar bilan muhokama va uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

👉🏻Tadbirni jonli efirda tomosha qiling:
https://youtube.com/live/jHaykjkCsZc?feature=share

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎
Veb-sayt 😄 Linkedin
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Live
#Жараён

🔴Ayni vaqtda poytaxtimizdagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 2023-2024-oʻquv yili davomida xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimiga tayyorgarlik jarayonlari boʻlib oʻtmiqda.
👍8
#Ixtirochilikka_qadam
#Respublika_bosqichi
#LIVE

⚡️“IXTIROCHILIKKA QADAM” TANLOVINING RESPUBLIKA BOSQICHI BOSHLANDI

🤩 Bugun, 1-iyul kuni Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan, davlat va nodavlat umumta’lim maktablarining 5–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasidagi “Ixtirochilikka qadam” tanlovining Respublika bosqichiga start berildi.

Mazkur tanlov iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni o‘zlari qiziqqan sohalarga yo‘naltirish, ilmiy-texnik ijodkorligi va ixtirochiligini rag‘batlantirish, innovatsion faolligini oshirish va qo‘llab-quvvatlashni ko'zda tutadi.


📝Ma’lumot o‘rnida, 2024/2025-o‘quv yilida “Ixtirochilikka qadam” tanlovida ishtirok etish uchun umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridan jami 8 319 ta loyiha ishlari ixtirochi.piima.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tkazildi. Tanlovning hududiy bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 42 ta loyiha ishlariga Respublika bosqichiga yo‘llanma berildi.

📆 Ertaga, 2-iyul kuni tanlovning yopilish marosimida Respublika bosqichida eng yuqori natija ko‘rsatgan 1-, 2-, 3-o‘rin egalari e’lon qilinadi.

💫Tanlovda eng yaxshi deb topilgan 10 ta loyiha ishi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amaliyotga tatbiq etish uchun tavsiya etiladi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
4👍3