Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internat.
1.49K subscribers
4.4K photos
388 videos
23 files
1.03K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining rasmiy Telegram sahifasi.
Download Telegram
#Mehr_muruvvat
#Nogironlarni_himoya_qilish_kuni

🏢 Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining bir guruh o'quvchilari "3- dekabr - Nogironlarni himoya qilish kuni" munosabati bilan Qarshi shahrida joylashgan "Muruvvat" bolalar uyida bo'lib bolalajonlarga o'zlari yaxshi ko'rgan kitoblarni sovg'a qilishdi.

Maqsad O'quvchilarda mehr-muruvvat, saxovatpeshalik, g'amxorlik va xayrixohlik tuyg'ularini rivojlantirishdan iborat.

🏢Maktabning rasmiy telegram sahifasiga aʼzo bo‘ling 👉https://t.iss.one/Qarshi1son
#TIMSS_2023

TIMSS 2023: oʻzbekistonlik oʻquvchilar qanday natijalar qayd etdi?

Hozirgina taʼlimdagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan TIMSS 2023 xalqaro baholash dasturi natijalari e'lon qilindi.

2023-yil aprel-may oylarida Oʻzbekistonda oʻtkazilgan ushbu tadqiqotda barcha hududlaridan tanlab olingan 166 ta maktabdan jami 8800 nafar oʻquvchilar (shundan, 4450 nafar 4-sinf va 4350 nafar 8-sinf) ishtirok etdi.

Shuningdek, mazkur maktablarning 166 nafar direktorlari hamda 1035 nafar matematika va tabiiy fanlar boʻyicha oʻqituvchilar soʻrovnomalarda qatnashgan.

8-sinf oʻquvchilari natijalari:

Xalqaro hisobot tahlil natijalariga koʻra, Oʻzbekistondagi 8-sinf oʻquvchilarining matematik savodxonlik boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkichi 421 ball boʻlib, qatnashuvchi 44 ta davlatdan 32-oʻrinni egallagan. 8-sinf tabiiy fanlar (Science) savodxonligi boʻyicha esa qatnashgan 44 ta davlat orasidan 396 ball bilan 39-oʻrinni egalladi.

4-sinf oʻquvchilari natijalari:

Tadqiqotda qatnashgan o‘zbekistonlik 4-sinf o‘quvchilari tabiiy fanlar (Science) savodxonligi boʻyicha 412 ball toʻplagan va ishtirokchi 58 ta davlat ichida 54-oʻrinni egalladi. Matematika savodxonligi boʻyicha esa qatnashuvchi 58 ta davlat ichida 443 ball bilan 50-oʻrinni egalladi.

❗️Oʻzbekistonda 4-sinflardagi qizlar (446 ball) matematika yoʻnalishida oʻgʻil bolalardan (440 ball) yaxshiroq natija qayd etgan boʻlsa, tabiiy fanlar yoʻnalishida ham xuddi shunday farq saqlanib qolgan (qizlar 414 ball, oʻgʻil bolalar 409 ball).

Tabiiy fanlar yoʻnalishida
8-sinflardagi qizlar (395 ball) va oʻgʻil bolalar (396 ball) deyarli bir xil natija qayd etgan boʻlsa, matematika yoʻnalishida oʻgʻil bolalar (426 ball) qizlardan (416 ball) koʻra yuqoriroq natija qayd etgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston ushbu tadqiqotda ilk marotaba ishtirok etdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#PQ_IJROSI

Prezident qarori ijrosi yuzasidan targ'ibot jarayonlari davom etmoqda — QASHQADARYO

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-noyabrdagi "O‘quvchi yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘grisida"gi PQ-393-sonli qarori mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish, hududlarda "Jasorat maktablari" tashkil etish maqsadida Qashqadaryo viloyatiga Maktabgacha va maktab ta'limi, Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Milliy gvardiya mas'ullari ishtirokida targ'ibot jarayonlari o'tkazilmoqda.
(+video)

Mavzuga doir: 👉(batafsil) 👈
(batafsil)

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_MMTB
#konstitutsiya_32_yil

Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 6-"Alfa" sinfida sinf soati darsi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32-yilligi munosabati bilan  "Konstitutsiya-kelajagim mash'ali"
mavzusida m'lumotlar berildi.

O‘quvchilarga yangilangan Konstitutsiyaning tuzilishi haqida tushunchalar berildi, shu bilan birgalikda o‘quvchilarning Konstitutsiya haqida bilimlari yana bir bor mustahkamlandi.

🏢Maktabning rasmiy telegram sahifasiga aʼzo bo‘ling 👉https://t.iss.one/Qarshi1son
#Yosh_Akademiklar_klubi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 1-apreldagi PF-55-son farmoni ijrosi amalda.

Akademik Anatoliy Sagdullayevich Sagdullayev va Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgn maktab-internatining «Yosh Akademiklar» klubi a’zo o’quvchi yoshlar ishtirokida Zoom platformasi orqali ilmiy-ma’rifiy suhbat o'tkazildi.

Subat davomida klub a'zolariga ilmiy unvonlar, ilmiy darajalar, ular orasidagi farqli tomonlar, hamda xalqaro tan olingan jurnallarda ilmiy maqolalar chop etish bo’yich ako’rsatmalar va yo’nalishlar berildi.

Takidlab o’tish joizki Anatoliy Sagdullayevich Sagdullayev arxeolog, tarixchi; tarix fanlari doktori, professor; Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi hisoblanadi.

🏢Maktabning rasmiy telegram sahifasiga aʼzo bo‘ling 👉https://t.iss.one/Qarshi1son
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#konstitutsiya_32_yil

Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining tarbiyachi pedagoglar tomonidan yotoqxonada turuvchi o'quvchilar o'rtasida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32-yilligi munosabati “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi" mavzusida rasmlar tanlovi tashkil etildi.

Tanlovning yakuniy natijalari koʻra:
1-o'rin 5-sinf oʻquvchisi O'ralov Elnur
2-o'rin 8-sinf oʻquvchisi O'sarov Shodiyor
3-o'rin 7-sinf oʻquvchisi Oltinboyov Elnurjonlar gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar.

♻️Gʻoliblar diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

🏢Maktabning rasmiy telegram sahifasiga aʼzo bo‘ling 👉https://t.iss.one/Qarshi1son