️CHILONZOR_24
1.15K subscribers
35.3K photos
637 videos
10 files
274 links
🇺🇿Assalomu alaykum hurmatli vatandoshlar!

✔️Biz bilan birga ekanligingizdan g'oyat minnatdormiz!
Download Telegram
#Zakovatli_yoshlar_bir_stol_atrofida
/Chilonzor 25.02.2022

Bugun tumandagi 163-maktabda 2-Katta Chilonzor mahallasi yoshlari ishtirokida /Zakovat bilimdonlar bellashuvi tashkil etildi.
Yoshlar ishlari Agentligi, tuman Xalq ta’limi bo’limi, mahalla yoshlar yetakchisi hamkorligidagi tadbir bilimdon yoshlarni aql charxlash mashg’ulotiga aylandi.
/5_tashabbus_Chilonzorda_amalda
/Kitob, bilim, tafakkur
#marafon_5000
#Chilonzorda

Chilonzor tumani Bunyodkor stadionida bugun soat 9:00 da "Salomatligim uchun 5000 qadam" marafonimiz o'tkazildi.
🇺🇿Tuman mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi, tuman tibbiyot birlashmasi, Yoshlar ishlari Agentligi tuman bo’limi, tuman sport bo’limi, tuman madaniyat bo’limi hamkorligida Bunyodkor stadionida "Salomatligim uchun 5000 qadam" yurish marafoni tashkil etildi.
Yurish marafoni avvalida tashkilotchilar so’zga chiqib salomatlik sirlari to’g’risida ma’lumotlar berishdi.
Boshlang’ich badantarbiya mashg’ulotidan so’ng ishtirokchilar stadion bo’ylab 5000 qadam yurish mashg’ulotini bajarishdi.
Yurish marafonida 630 nafar tibbiyot xodimlari, mahalla raislari, xodimlari, fuqarolar, yoshlar yetakchilari, MTM xodimlari, tuman yoshlari ishtirok etishdi.
#5_tashabbus_amalda
/Sport_Salomatlik_demakdir

@chilonzor_tuman_hokimligi
#Harbiy_Vatanparvarlik
#Chilonzorda 25.02.2022

🇺🇿Bugun Tuman hokimligigi, Yoshlar Ishlari Agentligi, Milliy Gvardiya Chilonzor tuman bo’limi, tuman Xalq ta’limi bo’limi hamkorligida 81140-sonli harbiy qisim xududida mahalla yoshlari uchun #Vatanparvarlik_kuni doirasida ochiq eshiklar kuni tadbiri tashkil etildi.
💠Harbiy xizmatchilar tomonidan kuy-qo’shiqlar, ko’rgazmali chiqishlar, harbiy texnika va qurol-aslahalar ko’rgazmasi, kamondan o’q o’tish, arqon tortish, futbol, volleybol musobaqasi tahkil etildi.
Tashkil etilgan tadbirda tumandagi 300 yaqin mahalla yoshlari ishtirok etishdi.
#Vatanparvarlik_tinchliksevarlik
#Menham_Askar_bo’laman