️CHILONZOR_24
1.13K subscribers
35.3K photos
640 videos
11 files
276 links
🇺🇿Assalomu alaykum hurmatli vatandoshlar!

✔️Biz bilan birga ekanligingizdan g'oyat minnatdormiz!
Download Telegram
#Osh_2022
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentli Hududiy va mahalliy boʻlim rahbarlari uchun 2022-yilning 7-11-yanvar kunlari tashkil etilgan “Zamonaviy rahbar kompetensiyalarini rivojlantirish” mavzusida malaka oshirish oʻquv-trening doirasida bo'lib o'tgan "Respublika osh chempionati"da Qoraqalpog’iston respublikasi va 12 ta viloyatlar orasidan #Toshkent shahar jamoasi FAHRLI 1-O'RINNI EGALLADI!

💠Toshkent shahar Jamoa oshpazlari:
Bosh oshpaz: Yoshlar Ishlari Agentligi #Chilonzor tuman bo’limi boshlig’i Baxodir Ziyaviddinov.
Yordamchi oshpaz: Yoshlar Ishlari Agentligi #Shayxontohur tuman bo’limi boshlig’i Sherzod Normatov
Уйланганлар: "Қанийди уйланмаган бўлсам", дейди.

💠Бўйдоқлар: "Қачон уйланиб, тинчир эканман", дейди.

Бойлар: "Қанийди тинч, хотиржам бўлсам", дейди.

Камбағаллар: "Қанийди бой-бадавлат яшасам", дейди.

💠Кексалар: "Қанийди ёшлик бир кунгинага қайтиб келса", дейди.

Ёшлар: "Қанийди ёш бола бўлиб қолсам-да, ғамим фақат ўйнаш бўлса", дейди.

Болалар: "Қачон улғаяр эканман", дейди.

Айрим Тириклар: "Қани эди ўлиб, бу дунёнинг ғам-ташвишларидан қутулсам", дейди.

Ўлганлар: "Қанийди яна хаётга қайтиб, қўлдан бой берган нарсамни тўлдирсам", дейди.

🕘Кечирасиз-у, биродарлар, қачон қаноат қиламиз?
#Yoshlar_yetakchisiga_ko’makchi
#Chilonzorda 22.01.2022
#Prezident qarori amalda

Tuman hokimligi binosida Toshkent shaxar IIBB raxbariyati bilan mahallalarda o’z faoliyatini boshlagan #Yoshlar_yetakchilari ichtirokida amaliy uchrashuv tashkil etildi.
💠Uchrashuv davomida Yoshlar yetakchilariga prezidentimizning 2022 yil 19 yanvar sanasidagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 92-sonli qarorlarining mazmun mohiyati va qarorda belgilab berilgan vazifalar, imtiyoz va imkoniyatlar to’g’risida batafsil ma’lumot berib o’tildi.
💠Endilikda 20nafar Toshkent shaxar IIBB ning mas’ul xodimlari Chilonzorlik yoshlar yetakchilari bilan mahallada yoshlarni bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi harakat va tashabbuslarni ijrosi bo’yicha hamkorlikda ko’makchi bo’lib ishlarni tashkil etishlari belgilab olindi.
#Chilonzor_yoshlari
#Yoshlar_yetakchisi
#Mahalla_islohotchisi.
#Islohotlar_amalda
#Chilonzorda
#Bugun
🇺🇿Tuman hokimligi binosida Yoshlar Ishlari Agentligining Toshkent shaxar xududiy boshqarmasi boshlig’i Abdulaziz Nazirovning Chilonzorlik mahalla yoshlar yetakchilari bilan uchrashuvi tashkil etildi.
Samimiy ruhda tashkil etilgan uchraahuv davomida yoshlar yetakchilarining tashabbus va takliflari tinglandi.
💠Mahallada yoshlar bilan ishlashda zaruriy bilom, ko’nikma va maslahatlar berildi.
💠Uchrashuv yakunida davlatimiz rahbarining Chilonzorlik mahalla raislari, hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari bilan uchrashuvda yoshlar yetakchilari bilan tushgan estalik suratlari o’z egalriga taqdim etildi.
#Chilonzor_yoshlari
#Yoshlar_yetakchisi
#Mahallada_islohotchi