️CHILONZOR_24
1.38K subscribers
35.2K photos
613 videos
10 files
274 links
🇺🇿Assalomu alaykum hurmatli vatandoshlar!

✔️Biz bilan birga ekanligingizdan g'oyat minnatdormiz!
Download Telegram
#2_nafar_yoshni_ish_bilan_band
qilgan_yosh_tadbirkor_huzurida

🇺🇿Bugun Yoshlar ishlari Agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig’i Abdulaziz Nazirov #Chilonzorlik yosh tarbirkor Izzatilla Boboyev bilan uchrashdi.
Izatilla #Yoshlar_daftari jamg’armasi orqali 2 dona salqin ichimliklar muzlatgichini Subsidiya asosida qabul qilib olganidan so’ng ukasi va jiyanini ish bilan ta’minlagan yosh #Chilonzorlik tadbirkorlardan biri hisoblanadi.

#Chilonzor_yoshlari
#Yoshlar_daftari_amalda
#Yoshlar_kelajagimiz
#Kredit_asosida_o’quv_markazi
#Yoshlar_daftari_amalda

🇺🇿Yoshlar Ishlari Agentligi Toshkent shahar Boshqarmasi boshlig’i Abdulaziz Nazirovning Chilonzor tumanidagi tashrifining navbatdagi manzili #General_study o’quv markazi bo’ldi.
Yoshlar daftari asosidagi 48 soatlik o’quv kursini tugatib 62 million so’m imtiyozli kredit olib o’quv markaz faoliyatini yo’lga qo’ygan Sardor Qoraboyevham #Chilonzorlik yosh tadbirkorlardan biri. Ushbu o’quv markazda 140 dan ortiq yoshlar 10ga yaqin yo’nalishlarda taxsil olishmoqda.
💠Yosh tadbirkor Sardor Qoraboyev va Dilnoza opalar bigungi kunda 10 dan ortiq o’qituvchilarni ish bilan ta’minlagan yosh zamonaviy tadbirkorlardan hisoblanishadi.

#Chilonzor_yoshlari
#Yoshlar_kelajagimiz
#Bitirivchilar_taqdiriga_befarq_emasmiz.
#Chilonzorda_bugun

🇺🇿Bugun tumandagi 164-maktab binosida #Chilonzorlik maktab bitiruvchilarining Yoshlar ishlari Agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig’i Abdulaziz Nazirov bilan uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda tuman Xalq ta’limi bo’limi, 4-sektor, Bandlikka ko’maklashish markazi, Yoshlar ishlari Agentligining tuman bo’limi raxbariyati ishtirok etishdi.
💠Uchrashuv davomida yoshlarning kontrakt-to’lovi, kasb-hunar egallashlari, haydovchilik va SMM o’quv kurslarida taxsil olishlari uchun imkoniyatlar yaratib berildi.

#Chilonzor_yoshlari
#Yoshlar_kelajagimiz
#19_yoshida_yosh_tadbirkor
#Chilonzor_yoshlari

🇺🇿Bugun Poytaxt yoshlar raxbari Abdulaziz Nazirovning Chilonzorlik yoshlar bilan bir kunlik uchrashuv dasturi doirasida navbatdagi manzil 19 yoshli yosh tadbirkor faoliyat yuritayotgan kichik korxona bo’ldi.
💠Erkinov Toxir Yoshlar Agentligi tuman bo’limi qoshida tashkil etilgan 48 soatlik #Tadbirkorlik_asoslari o’quv kursini tugatib 33 mln. so’m imtiyozli kredit olib matoga gul bosish faoliyatini yo’lga qo’ygan yosh tadbirkorlardan biri.
Ibroxim bugun o’zidan tashqari tengdoshlari Aziz hamda Akbarlarniham ish bilan ta’minlashga ulgurdi. Uch og’ayni botirlar 2 ta dastgohda bir kunda 1 000 yagacha liboslarga turli xil ko’rinishdagi bezaklarni bosishga ulgurishmoqda.
#Yoshlar_kelajagimiz
#Chilonzor_yoshlari