️CHILONZOR_24
1.38K subscribers
35.1K photos
611 videos
10 files
274 links
🇺🇿Assalomu alaykum hurmatli vatandoshlar!

✔️Biz bilan birga ekanligingizdan g'oyat minnatdormiz!
Download Telegram
Yoshlar yetakchilari 🌳"Yashil makon" umummilliy loyihasida!

🌟Prezidentimiz tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilgan 🌿 "Yashil makon" umummilliy dasturi doirasida "dolzarb qirq kun" loyihasiga start berildi.
Unda turli 🌳mevali va 🪴🪴manzarali ko'chatlar ekilmoqda.

Loyiha doirasida tumanimiz yoshlar yetakchilari bugun tuman faollari bilan bir safda manzarali ko’chat ekish ishlarida faol ishtirok etishdi

🤗 Sizni ham safimizda kutib qolamiz!
#Chilonzor_yoshlari!
#Hokim_va_yoshlar uchrashuvi

Bugun 1-sektor raxbari, tumanimiz hokimi #Saidqaxxor_Muxammadkarimovichning 1-sektorda joylashgan 14 ta mahallalarda istiqomat qilayotgan yoshlar bilan samimiy muloqotlari rejalashtirilgan.
🔉Muammolar, tashabbus va takliflarni tinglashga va ijobiy yechim berishga qaratilgan uchrashuv qiziqarli va do’stona ruhda o’tishi uchun yoshlar maskani maktab tanlandi.
#Chilonzor_yoshlari!
#Yoshlar_ligasi musobaqalari
#Volleybol_maydonda_qizlar!
#4_Sektor

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida"gi PQ 92-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida

Mahallalardagi vaqtincha band bo’lmagan qizlar o'rtasida sportning #Volleybol turi bo’yicha #yoshlar_ ligasi musobaqalari bo’lib o’tdi.
❇️ #Zarqo’rg’on hamda #Botirma mahallalri ortasida bo’lib o’tgan birinchi o’yin qiziqarli va murosali o’tdi.
🟨Bugunning o’zida 4 -sektorda joylashgan boshqa mahalla yoshlar jamoalariham musobaqada o’zaro bellashishdi.
Musobaqalar tasdiqlangan jadval asosida mahallalar va sektorlar kesimida davom etmoqda.
#Chilonzor_yoshlari!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_ligasi_Volleybol
/Chilonzor_3_sektor

🟪Bugun tumandagi 3-sektorda joylashgan #Bog’zor hamda #Ko’tarma mahallasi qizlar jamoalari o’rtasida sportning #Volleybol turi bo’yicha #Yoshlar_ligasi musobaqalarining saralash bosqichi bo’lib o’tdi.
🟨Shuningdek bugungi reja asosida sektordagi boshqa mahalla qizlar jamoalariham musobaqalarning saralash bosqichida ishtirok etishdi.
#Chilonzor_yodhlari!
#Ёшлар_билан_учрашув

Туманимиздаги 126-сонли умумтаълим мактабида биринчи секторга қарашли 14 та маҳалла ёшлари билан туман ҳокимлиги мутасаддиларининг учрашуви бўлиб ўтди.

Учрашувда туман ҳокимининг ўринбосари Алишер Хатамов, туман прокурори Жаҳонгир Муродов, Туман ДСИ раҳбари Акмал Раҳимов, Ёшлар ишлари агентлиги туман бўлими бошлиғи Баҳодир Зиёвуддинов, туман Халқ таълими бўлими раҳбари Собиржон Мамадалиев ва бошқа масъуллар иштирок этиб, ёшларни қизиқтирга барча саволларга батафсил жавоб беришди ва ёшларнинг креатив таклифларини ўрганди.

Учрашув жараёнида ёшларнинг муаммолар юзасидан қилган мурожаатларига ҳам ечим топиш чоралари кўрилди.

👉👉👉Учрашув сўнгида фаол ёшларга китоблар жамланмаси совға қилинди.

🔵#Chilonzor_yoshlari!