️CHILONZOR_24
1.28K subscribers
35.3K photos
622 videos
10 files
274 links
🇺🇿Assalomu alaykum hurmatli vatandoshlar!

✔️Biz bilan birga ekanligingizdan g'oyat minnatdormiz!
Download Telegram
#Maqsadimiz qizlarimiz bandligini ta’minlash

🇺🇿Bugun tumanimizning #Ko‘rkam mahallasida o’z ish faoliyatini boshlagan #FARDIM_TEXTILE tikuvchilik korxonasi bilan mahalla yoshlar yetakchisining hamkorligi natijasi o’laroq yoshlar yetakchisi #Shukurillo_Qorirov tashabbusi bilan mahalla xududida joylashgan 173-maktabning 11-sinf bitiruvchi qizlarini kasb-hunarga o’rgatish orqali bandligini ta’minlash maqsadida korxonaga #biznes_sayohati tashkil etdi.
#Chilonzor_yoshlari!
🇺🇿#Deputat_tashabbusi
#Tadbirkorlikga_ilk_qadam
#Chilonzorda

Kuni kecha O’zLIDEP Chilonzor tuman Kengashi raisi o’rinbosari, tuman Kengashi deputati
/Baxodir_Ziyoviddinov tashabbusi bilan yoshlarni biznesga jalb etish va tadbirkorlik ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilgan amaliy tadbir tashkil etildi.
#Tabbirkorlikka ilk qadam deb nomlangan tadbir davomida yoshlarga Xalq deputatlari Toshkent shahar deputati /Rasulev_Bobir Atxamovich biznes ko’nikmalari hamada bilimlarini ulashdilar.
➡️Davra suxbati shaklida o’tgan tadbir savol-javoblarga boy bo’ldi.
#Chilonzor_yoshlari!
🇺🇿”Биргаликда биз кучмиз!” Депутат ташаббуси.
Бошланғич партия ташкилоти очилди.

🇺🇿O'zLiDeP Чилонзор туман Кенгаши вакиллари жойларда тарғибот ишларини фаол олиб бормоқдалар.
Туман депутати, Ёшлар ишлари агентлиги Чилонзор туман бўлими бошлиғи Баходир Зиявиддинов ташаббуси билан партиянинг туман бўлими ҳамкорлигида бўлиб ўтган навбатдаги учрашувда Депутатлар, партия фаоллари иштирок этишиб, тарғибот учрашуви якунида янги бошланғич партия ташкилоти очилди. O`zLiDeP Тошкент шаҳар Кенгаши аппаратининг Ташкилий-партиявий ишлар бўлими бош консультанти – БПТлар билан ишлаш гуруҳи раҳбари Музаффаржон Муродов Ёшлар ишлари агентлиги Чилонзор туман бўлими вакилига тантанали равишда Бошланғич партия ташкилоти гувохномасини топширди.
Олиб борилаётган ишларнинг муваффақияти, авваламбор, партия фаолларимизнинг етуклик даражасига, уларнинг масъулиятни ўз зиммасига олишга қай даражада тайёр эканига бевосита боғлиқдир.
🌐Тарғибот тадбирлари жойларда давом этмоқда.
#Yangi_loyiha boshlanmoqda
/Fresh_mahalla
#mahallabizbilanobod

🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi tomonidan e’lon qilingan tashabbus asosida har haftaning #shanba kuni mahalladagi yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan tanlab olingan maydonda faol va ko’ngilli yoshlar ishtirokida tor doiradagi obodonlashtitish (hashar) ishlari amalga oshiriladi.
Ertaga 04 fevral sanasidan boshlanadigan loyihamizga barcha yoshlarimizni bugundan chorlab qolamiz.
Toza va ozoda joyda baraka bo’ladi deyishadi ko’pni ko’rgan nuroniylarimiz!
#Chilonzor_yoshlari!
#Toshkent_tarixini o’rganamiz
/Chilonzorda

🇺🇿Bugun yoshlar ishlari agentligi tuman bo’limi tashabbusi bilan tasdiqlangan reja asosida tumandagi
/2_Qatortol mahallasi yoshlar yetakchisi mahalla yoshlarini tumanda joylashgan #Toshkent_tarixi muzeyiga sayohatini tashkil etdi.
Mahalla yoshlari muzeyda Toshkentimizning qadimgi tarixi bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo’lish bilan bir qatorda, poytaxtning kechasi va buguni to’g’risida ma’lumotlarni olishdi.
#Chilonzor_yoshlari.