️CHILONZOR_24
1.14K subscribers
35.3K photos
640 videos
11 files
276 links
🇺🇿Assalomu alaykum hurmatli vatandoshlar!

✔️Biz bilan birga ekanligingizdan g'oyat minnatdormiz!
Download Telegram
#Insondagi_mukammal_kuch_bu_ISHONCHDIR

Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va inson salomatligini mustahkamlash yiliga bag'ishlanadi.

🇺🇿Bilim shunday cheksiz ummonki-unda faqat Aqldan kema yasab suzish mumkin.

🔴 Bilim ummonida Aqldan kema yasab suzishni istagan bolajonlar uchun qisqa muddatli o'quv dasturimiz #Chilonzorlik 10-14 yoshli bolajonlar uchun.

☎️Sizning qo'ng'irogingiz va to'g'ri qaroringiz bizni quvontiradi.

🔵 #Yoshlar Ishlari Agentligining Chilonzor bo'limi va Agentlik qoshidagi #Yoshlar_koworking_markazi Sizning Xizmatingizda.
Bugun 25.01.2021
🇺🇿Chilonzorda

🔴Tuman hokimligi, Yoshlar ishlari Agentligi tuman bo'limi, Yoshlar Ittifoqi tuman Kengashi hamkorligida mamalakatimiz rahbarining Oliy majlisga va xalqimizga qilgan Murojaatnomalari mazmun-mohiyatini yoshlarga yetkazish maqsadida targ'ibot tadbiri tashkil etildi.
🔵Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutu anjumanlar saroyida o'tgan tadbirda tuman yoshlari ishtirok etishdi.
Tadbirda tuman hokimi ishtirok etib yoshlarning taklif va tashabbuslarini qo'llab-quvvatladi.


#Chilonzor_imkoniyatlar_manzili
🇺🇿👌👌🇺🇿👌👌🇺🇿👌👌🇺🇿👌👌🇺🇿👌

🇺🇿Yoshlar Ishlari Agentligi Chilonzor bo'limi
#Чилонзорда_бугун
🇺🇿26.01.2021
ЁШЛАР ҚАЛБИДА СПОРТ

Бугунги кунда юртимизда, давлатимиз раҳбари томонидан ёшларни ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш, уларнинг хохиш-истакларини амалга ошириш, ўз иқтидорларини намоён этишда муносиб шарт-шароитлар яратиш борасида қатор ислоҳотлар олиб борилмоқда.
Мазкур йўналишдаги ишларни амалга ошириш мақсадида жорий йилнинг 25 январь куни Чилонзор туманидаги 101-сонли умумтаълим мактабида Миллий гвардия 81140-сонли ҳарбий қисм томонидан “Қувноқ стартлар” спорт мусобақаси ташкиллаштирилди. Жамоаларга бўлинган ўғил-қизлар ўз истеъдодлари ва жисмоний қобилиятларини синовдан ўтказдилар. Ўтказилган тадбирда, ёшларнинг бўш вақтларини мароқли ўтказишларини таъминлаш ҳамда уларнинг ҳарбий хизматга бўлган қизиқишларини оширишга алоҳида эътибор қаратилди.
Тадбир сўнгида, ҳарбий хизматчилари томонидан қўл жанги усуллари бўйича саҳна кўринишлари ҳамда ҳарбий қурол-аслаҳалар кўргазмаси ташкил этилди. Бу эса ўғил-қизлар қалбида катта таассурот қолдирди.
#Olov_bilan_O'ynashmang
Bugun 27.01.2021 Chilonzorda

🇺🇿 Favqulotda Vaziyatlar Vazirligi Chilonzor tuman bo'limi tashabbusi bilan Milliy Gvardiya tuman bo'limi, Yoshlar Ishlari Agentligi, tuman Xalq ta'limi bo'limi, Yoshlar Ittifoqi tuman Kengashi hamkorligida tuman yoshlari uchun amaliy tadbir tashkil etildi.

🔵 Tadbirning ochilich marosimida FVV tuman bo'limi rahbari yoshlarga yong'in xavfsiligi qoidalari, yong'inlarni tezkor bartaraf etish usullari, texnika xavfsizligi qoidalari to'g'risida ma'lumot berdi.
🔴Ko'rgazmali chiqishlar, texnikalar namoyishi yoshlarda katta ta'surot qoldirdi.
🚨Tadbir yakunida yoshlar o'rtasida olovni xafsiz va tezkor o'chirish bo'yicha kichik musobaqa tashkil etildi, G'olib yoshlarga estalik sovg'asi topshirildi.