Qaraqalpaqstan Respublikası Awıl xojalıģı ministrligi.
2.08K subscribers
10.8K photos
1.76K videos
4 files
4.3K links
Қорақалпоғистон Республикаси Қишлоқ хўжалиги вазирлиги Матбуот хизмати


Веб-сайт
https://qqragro.uz
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“AGRAR SOHA YOSHLARI” RESPUBLIKA FORUMI BO‘LIB O‘TDI

📚Bugun 24-iyun kuni Toshkent shahrida “Agrar soha yoshlari” respublika forumi doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

30-iyun — Yoshlar kuniga bag‘ishlab, vazirlik va "Zakovat intellektual klubi" NNT hamkorligida tashkil etilgan o‘yinda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining yosh davlat xizmatchilari va iqtidorli talabalari ishtirok etishdi.

👥Intellektual o‘yinda 36 ta jamoa tarkibida 216 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Forumga Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ham tashrif buyurib, yoshlarni bayram bilan tabriklab, ularga samimiy tilaklarini bildirdi:
"Hurmatli forum ishtirokchilari! Sir emas, qishloq xo‘jaligida yoshlarimiz juda faol, aqlli va dono. Men buni bir necha bor taʼkidlab o‘tganman. Хususan agrar sohaning 40 foizi siz aziz yoshlardan iborat. Bugun yuz-ko‘zingizdagi qatʼiyatdan, ishonchdan ko‘rinib turibdiki, sizlar bilan hali ko‘p yangi maqsadlarni, rejalarni birgalikda amalga oshiramiz!"

hundan so‘ng forumning kulminatsion nuqtasiga yetib kelindi. Yaʼni bahslarda o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etib, g‘oliblik shohsupasiga yetib kelgan jamoalarni Aziz Voitov va vazir maslahatchisi Eshmirza Abdualimov qutlashdi.

🥇1-o‘rin — “Termiz forever” jamoasi;
🥈2-o‘rin — “ISKAD” jamoasi;
🥉3-o‘rin — “Sigma” jamoasiga nasib etdi.

G‘olib va sovrindorlar kubok, medal, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

#vazir #agrar_soha_yoshlari #zakovat #intellektual_oyin

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2