✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda qishloq xo‘jaligidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Bugungi kungacha paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan sohaga 5 milliard 300 million dollar investitsiya kiritilgan, ularga 3 milliard dollar imtiyozli kreditlar ajratilgan. Klasterlar tomonidan 4 milliard dollarlik 265 ta loyiha ishga tushirilib, 300 mingta yangi ish o‘rni yaratilgan. Natijada, paxta hosildorligi 30 foizga oshib, 26 sentnerdan 34 sentnerga yetdi.
Joriy yida qishloq xo‘jaligida, jumladan, 400 million dollarlik 600 ta loyiha ishga tushirilishi, qo‘shimcha 185 ming tonna saqlash va qayta ishlash quvvatlari hamda 33 ta tumanda agroxizmat markazlari tashkil etilishi aytildi.
Mutasaddilarga klaster va fermerlar o‘rtasidagi shartnomalarni tartibga solish hamda hisob-kitoblarni joyiga qo‘yish, paxta va g‘alla yetishtirishni muvofiqlashtirib borish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun fermer xo‘jaliklariga hisoblangan penyalar, istisno tariqasida, hisobdan chiqarilishi belgilandi.
Shuningdek, yurtimizda oziq-ovqat sanoatida oliy va o‘rta bo‘g‘in mutaxassislariga ehtiyoj katta. Shuning uchun xorijiy davlatlar tajribasi asosida bu sohada yangi institut tashkil etish taklifi ma’qullandi.
👉Batafsil
#Prezident #yigilish #qishloq_xojaligi #klaster #investitsiya #fermer #paxta #galla #oziq_ovqat
WWW • TELEGRAM • FACEBOOK • YOUTUBE • INSTAGRAM

QORAQALPOG‘ISTONNING AGRAR SOHADAGI IMKONIYATLARI O‘RGANILMOQDA
🔰O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan islohotlarni ko‘zdan kechirish, joylarda amalga oshirilayotgan loyihalarning izchilligini ta’minlash maqsadida ishchi tashrif bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasiga keldi.
Dastavval vazir Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi – AKISning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi filiali uchun foydalanishga taklif etilgan binosi bilan tanishdi.
Shundan so‘ng Aziz Voitov boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari Xo‘jayli tumaniga yo‘l oldi. Tumandagi “Mild Asia tekstile” MChJning 45,8 gektar yer maydoniga paxta ekilgan. 90 gektar yerga tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy qilingan.
Mazkur klasterning hududiga yondosh 8 gektar yer maydonida yangi intensiv bog‘ barpo qilish rejasi aynan shu yerda ma’lum qilindi. Yangi loyiha muhokamasi chog‘ida eng so‘nggi zamonaviy texnologiyalar asosida barpo etiladigan bog‘ning Qoraqalpog‘iston iqlim sharoitiga mos bo‘lishi nuqtai-nazaridan fikrlar bildirildi.
#vazir #tashrif #AKIS #intensiv_bog #paxta #Qoraqalpogiston
Vebsayt • Telegram • Facebook • YouTube • Instagram